Reja: kirish. Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir



Yüklə 54,64 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü54,64 Kb.
#206099
6.o\'quv dasturi va darsliklar.o\'quv dasturi va darsliklarning tahlilini bajarish


O'QUVCHISINING DARSLIKLAR VA O'QUV QO'LLANMALAR BILAN ISHLASHI.
Reja:
KIRISH.
1. Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir.
2. Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi.
3. Ma'lumni no'malumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boglanishni ochish - bu eng muhim masalalardan biri
4. Xulosa.

KIRISH
"Biz o'z iste'dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarinizabt etishiuchun qanotberishimizkerak" "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov"


Bu fikrlarni amalga oshirish uchun esa biz, boshlang'ich sinf o'qituvchilari zimmasiga nihoyatda og'ir va murakkab vazifalar yuklangan desam mubolag'a bo'lmaydi. Endigina o'sib kelayotgan yosh avlodni qay darajada tarbiyalash bizning qo'Iimizda. Yosh avlodni qay darajada tarbiyalasak ular bizning kelajagimizni yaratib beruvchi yoshlar hisoblanadi. Bu o'rinda Ya.Raynisning quyidagi fikr mulohazalari yordamga keladi.
"Awaliga biz bolalarimizga o'rgatamiz, so'ngra o'zimiz ulardan o'rganamiz.
Kimki buni xohlamas ekan, o'z davridan orqaga qoladi"
Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarga har tomonlama bilim berishni o'z oldimizga maqsad qilmog'imiz darkor. Ayniqsa hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'qituvchilari bolalarga matematika o'qitish metodikasi fanini, yaxshi bilmasdan dars jarayonini tashkil qilib bo'lmaydi.
Biz bilamizki dunyo bo'ylab hozirgi kunda jahon mohyaviy inqirozi bo'lib o'tmoqda. Bunday vaziyatlarda o'quvchilarga pul va puldan qanday foydalanish, qolaversa kundalik hayotimizda juda ko'p ishlatiladigan miqdor o'lchovlari haqida kengroq tushunchalar berilishi lozim. Chunki yoshlarga berilayotgan ilm haqida quyidagi maqolda ham yosh o'z aksini topgan. Yoshlikda olinga ilm, toshga o'yilgan naqsh misolidir. Chindan ham yosh avlodga ezgulik haqidagi fikrlarni aytsangiz unda ezgulikka intilish kuchayadi.
Buning teskarisi bo'lsa, undan yomon axloqsiz insonlar sonini ko'paytirgan bo'ladi. Shu o'rinda ular o'sib tarbiyalanayotgan maktabning o'rni ham benihoyatda katta. Bu haqida quyidagilarga suyanamiz. "Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo'ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo'lda mustahkam tumiog'ing lozim. (A.Barbyus)
Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma'nosini bilgan millatlar jonlari, mollari ila himmat va g’ayratlarim sarf etib, millatning taraqqiyoti rivojiga hissa qo'shurlar. (Maxmudxo’ja Behbudiy).
Bundan ko'rinadiki ikki muhitda yashagan ikki insonlar ham bir yo'nalish maktabning inson qolaversa millat xalq oldidagi vazifasi qanchalik ekanligini o'z fikr mulohazalarida bayon etgan.
Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ta'lim sohasiga katta e'tibor berila boshladi. Bunga "Ta'lim to’g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash millliy dasturi"ni ko'rsatishimiz mumkin. Bu islohotlarning boshida yurtboshimiz I.Karimovning o'zlari tashabbus ko'rsatib shunday dedilar, Ta'lim va uni isloh etishga sarflangan mablag' zil ketmaydi, aksincha, jamiyatimizni muvaffaqiyatli va izchil isloh etish uchun qudratli ta'sirchan omil bo'ladi, pirovardida "portlash effekti"ni beradi deganlarida torn ma'noda ma'no bor edi. Bunga misol qilib matematika yonalishi bo'yicha qo'lga kiritayotgan yoshlarimizning yutuqlarini ko'rsatishimiz mumkin. Jahon shaxmat qiroli hisoblanmish Rustam Qosimjonov 2008-yil 14-iyuldagi g'alabasining zaminida ham matematika fani yotadi. Bundan tashqari matematika olimpiyadalaridan olib kelingan metodlar ham bunda yorqin misol boTadi. Shunday ekan ushbu asosda boshlang'ich sinflarda o'quvchilaraing umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan soglom bo’lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'ziga singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi.
Boshlang'ich ta'lim bosqichi oldiga qo'yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qiiish orqali amalga oshiriladi. Ta'lim standarti asosida boshlang'ich sinf o'quvchilardan standartda belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlarga erishishni taiab qiladi va navbatida, bu ko'rsatkichlarga erishish uchun zarar bo'lgan ta'limiy xizmatlar va vositalar bilan ta'minlaydi.
Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7 (6)11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi. Ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan, ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichida ta'lim mazmunini kolamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi Davlat ta'lim standartini qo'llash boshlang'ich ta'lim mazmunini konsipmal asosga tayangan holda modernizatsiyalashni ko'zda tutadi.



 
Har darsda o‘quvchilarini kitob o‘qishga undab, ularni mutolaaga jalb etayotgan o‘qituvchi uchun Ruhshonaning tanlovda qatnashishi chindan hayajonli voqeadir. Shu sabab Nozima Ismoilova adabiyot darsini boshlar ekan, o‘quvchisiga ich-ichidan omad tiladi... 
– O‘quvchilarning ma’naviy komillikka erishishida adabiyot fani alohida o‘rin egallaydi, – deydi u. – Chunki adabiyotga qiziqqan bolaning qalbi ezgulikka to‘lib ulg‘ayadi. Yigirma yildan ortiq pedagoglik faoliyatim va maktabda metod birlashmaning raisi sifatida aytishim mumkinki, har bir o‘qituvchi avval o‘quvchilarning psixologiyasini yaxshi bilishi, kezi kelsa, ular bilan birma-bir suhbatlashishi zarur. Bunday suhbat ustoz uchun mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etishda foyda beradi. Bunga qo‘shimcha ularni fan to‘garaklariga jalb etilsa, nur ustiga nur. 

Shunday talab va ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur o‘quv dargohida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va malakali pedagoglar bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar, yuzga yaqin sinf, ikkita sport zal, 400 o‘rinli oshxona va ikkita tibbiy yordam xonasining mavjudligi navqiron avlodning mustahkam bilim olishida katta imkoniyatdir. 
Bundan tashqari, maktabda joylashgan Mirobod tumani axborot-resurs markazi 16 mingdan oshiq kitob, 200 dan ortiq elektron adabiyot fondiga ega. Shu bois, ushbu ziyo maskani hamisha o‘quvchilar bilan gavjum. Unda tashkil etilayotgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar o‘quvchilarning har tomonlama yetuk, bilimdon va zukko bo‘lishida hamda ular qalbida ona zaminga mehr-muhabbat o‘yg‘otish, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. 
– Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosiga alohida ahamiyat qaratilmoqda, – deydi umumta’lim maktabi direktori Umida Rashidova. – Bunday tizimli tadbirlar asosida maktabimiz ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga aylantirildi. Ixtisoslashtirilgan sinflarda o‘quvchilar matematika, fizika, informatika va chet tillari chuqur o‘qitilmoqda. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yurtimizda ma'naviyatni yuksaltirishga juda katta e'tibor bеrilishi bеjiz emas, iqtisodiyotni rivojlantirish, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni jarayon siyosati saqnasiga olib chiqish kabi vazifalarni ma'naviyatni yuksaltirmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Ma'naviyatni yuksaltirish sohada muayyan muvafaqqiyatlarga eishilgach, jumladan, milliy tariximizni, xalqimizning g’ururi bo’lgan o’nlab va yuzlab allomalar xotirasini qayta tiklash, milliy an'ana va marosimlarni el-yurtimizga qaytarish kabi xayrli ishlar amalga oshirilgach, milliy mafkura va milliy istiqlol g’oyasi va mafkura masalalarini kun tartibiga qo’yish uchun ma'naviy asos yaratildi. Ana shu ma'naviy asos mamlakat taraqqiyotini ta'minlovchi yosh avlodni ma'naviy kamol toptirish, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalash jarayonida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish komil insonni tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanamiz.
Prеzidеntimiz Islom Karimovning ta'lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo’yicha muhim dusturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi.
Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftixor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi”dеgan edi.
Jamiyatda layoqatli, ishbilarmon, yеtuk kadrlarga hamisha zarurat tug’iladi. Insoniyat rivojining tarixi uning talablarini qondirish va mavjud muammolarni hal etishga qodir munosib kadrlarga ehtiyoj sеzib kеlganidan guvohlik bеradi. Bu jamiyatning hozirgi taraqqiyot bosqichida ham dolzarb masalalardan biri bo’lib kеlmoqda. Buning uchun esa kadrlar siyosati nеgizida ma'naviyat va ma'rifat, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish talab etiladi. Komil inson dеganda biz, avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz.
Inson yaralibdiki, hamisha erkin, ozod hayot kechirishni, yaratish, ijod qilishni risoladagidek hayot tarzi sifatida qadrlab kelgan. Unga daxl qilinganda, hamisha qarshi kurashib, erkka erishmoqni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo’ygan. Zero har bir inson qachonki, erki o’z qo’lida bo’lsagina, o’z qadrini o’zi belgilashga avlodlari uchun munosib kelajak barpo etishga imkoniyat topa oladi. Aks holda, ushbu maqsadlar bo’lmasa kyechilgan hayot oxir- oqibatda sarob singari izsiz yo’qolib ketaveradi. 1991- yil 31- avgustda jonajon O’zbekistonda Mustaqillik e’lon qilinib, u qonun bilan mustahkamlanib qo’yilgan onlarda har bir vatandoshimiz ongidan joy olgan ozodlik, istiqlol, hurlik kabi tushunchalar yildan-yilga teranlashib, o’z maqsaddaligini to’la ma’noda namoyon etib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda “Mustaqil O’zbekiston kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi”. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda eng muhim hisoblangan tizim xalq ta’limi sohasiga e’tibor qaratishi unda faoliyat ko’rsataoyotgan o’qituvchilarga g’amxo’rlik qilish birinchi galdagi yumush sifatida amalda bajarila boshladi. Zero, yangilanayotgan jamiyatga hur fikrli, erkin fikrli zamonaviy qarashlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlar suv va havodek zarur edi. Chunki ularning hali zaharlanib ulgirmagan onglarini o’zlari tug’ilib o’sayotgan yurtga uning o’tmishi-yu, kelajagiga hurmatli hamda xayrixoh qilib shakllantirish bir tomondan oson bo’lsa, ikkinchi tomondan hiyla eski tushunchalar hamda yot maqsadlarga yo’naltirilgan davr mazmuni bilan bunga erishish amri mahol edi. Ushbu omillar ta’lim tizimida to’laqonli islohotlar olib borishni taqozo etdi. Istiqlolning birinchi o’quv yili 1991-1992-yillar aynan ushbu jihatlar bilan, qolaversa, boshlangan ulkan ishlarning barchasi sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Yoshlarni ajdodlarimiz ma’naviy merosi, xalqimizning tarbiyashunoslikdagi an’ana va urf –odatlar asosida, yurt uchun fidoyi farzandlar qilib tarbiyalash, zamonaviy kadrlar yaratish zarur .
O’zbekiston chuqur isloxotlar davrida yashar ekan, o’z istiqbolini erishib kelayotgan yosh avlod timsolida ko’radi. Dunyo hamjamiyatida munosib o’rin egallash uchun mamlakatda nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ma’naviy –ma’rifiy yuksalish ham extiyojga aylandi . Xususan, yoshlar taqdiri butun xalqning o’y-hayollarini band etdi. 1997-yil 29-avgustda Oliy Majlis tamonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ning hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyon o’tgan yillar davomida yoshlarning ongidan joy ola boshlagan bilim olishga , hayotda o’z o’rnini topishga bo’lgan ishtiyoq, intilishning ortganligi, o’qituvchilarda ta’lim berishga fidoiylarcha munosabatini yo’lga qo’ya boshlashi, umuman olganda jamoatchilikda ta’lim –tarbiya sohasiga belgilovchi omil sifatida qarashning vujudga kelganligi eng katta yutuqlarimiz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi o’ziga xos ta’lim tizimi, milliy mafkurasi, umumbashariy tamoyillari, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari hamda mustaqillik davrida vujudga kelgan va shakllangan ijtimoiy –iqtisodiy o’zgarishlar bu boradagi xalqaro tajribalar inobatga olinib yaratilgan umumiy o’rta ta’lim DTS va o’quv dasturlari kelajak avlodlarni kamol topishiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimiga amal qilish bo’lib hisoblanadi .
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunining tub islohotlari ko’zda tutiladi .
Mavjud ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ijtimoiy tajribaga tayangan holda, uzluksiz ta’lim tizimini barcha shakldagi ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ta’minlovchi ilg`or ilmiy –metodik texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Mamlakatimizda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish umuman maktab matematika kursini o’zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi .
Shu sababli boshlang’ich sinflarda ishlashda o’rta maktabda matematika o’qitishda ko’zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang’ich ta’limning ahamiyatini to’g’ri baholash kerak.
Maktabning boshlang’ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o’quvlar va ko’niqmalarining ma’lum xajmini ongli ravishda va mustaham egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o’tilgan mulohazalarini hisobga olish kerak.
O’quvchilarga egallangan bilim, o’quv va malakalarini turli xil sharoitlarda qo’llanishga o’rgatish o’qitishning maxsus masalasi sifatida qarash kerak. Shu bilan birga bilimlarning qo’llanishi ham bolalarning o’quv ishlari samaradorligini oshirishning muhim vositalaridan biridir.  Bilim, o’quv va malakalarining to’la qiymatli o’zlashtirilishiga ularning o’zgaruvchi sharoitlarda mustaqil qo’llanishi natijasida erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda boshlang’ich sinflardan keyingi sinfga o’tishida albatta vujudga keladigan ko’p darajada aynan shu asosida bartaraf etilishi mumkin. Bu sohada o’qituvchidan ko’p narsa talab qilinadi. Bunda bolalarda uzviy ravishda mustaqillikni o’stirish o’qitish jarayonida ularning mustaqil ishlariga bo’lgan talabni asta-sekin ortira borish zarur.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun masalalar yechish matematika o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur ham qilib bo'lmaydi.
Matematikani masalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo tabiiy yo'lidir.
Masalalar yechishning boshlang`ich sinflarda o'rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o'zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta'kidlab, dasturda shunday deyiladi. Natural sonlar arifmetikasi va nolni o'rganish maqsadga muvofiq masalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so'z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo'llanilishi talab qilinadigan masalani yechish bilan boglanadi.
Arifmetika amallarning mazmuni, amallar orasidagi boglanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi boglanishlarni ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi boglanishlar bilan tanishtirishda mos sodda masalarlardan foydalaniladi. Sodda masalalar o'quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishda muhim vositalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Sodda masalalardan ulushlar qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o'rganishda ham foydalaniladi.
Sodda masalalar o'quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni tarkib toptirish uchun asos bo'ladi. Bir nechta o'zaro bogliq amallarni bajarish talab qilinadigan masala murakkab masala deyiladi. Sodda masalalar kabi, murakkab masalar ham bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini o'rgatish matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Psixologiya kursidan ma'lumki, tafakkurining rivojlanishi shaxsning ijodiy aktivligi orqali aniqlanadi. Chunonchi, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish o'qituvchiga o'quvchilarning mumkin bo'lgan aqliy qobiliyatlari zahiralaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan masalalarning yana bitta, favqulodda muhim funksiyasi kelib chiqadi. Masalalarni yechishda predmetga bo'lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, meqnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi.
Masalalar o’quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o'z shahrining, qishloqining qayoti bilan, kishilarni ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligidagi mehnatlari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mehnatni yaxshi tashkil qilish hisobiga mehnat unumdorligini oshirish, hukumatimizning bolalar haqida, ularning o'qishlari va dam olishlari borasidagi g’amxo'rligi kabi muhim vazifalarni ularning kuchlari yetadigan materiallarda tushuntiradi.
Masalalar ustida shishalar ekan, sistemali ravishda va rejali asosda o’quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o'ylab ko'rish kerak, chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab malakasi tarkib topgan.
Masalalar yechish orqali o’quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmogi lozim.
1. Masalani tinglashni o'rganish va uni mustaqil o'qiy olish.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar ham o'qish malakasiga ega bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarish ajratishga o'rganish lozim. Masalani ifodali o’qishda sonli ma'lumotlar va masalani yechish uchun ma'lum va muhim ahamiyatga ega bo'lgan elementlari tovush bilan masala matni o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan bir-ikki marta o’qiladi, ammo bunda bolalarni masala tekstini bir marta o’qishdayoq uning mazmunining tushunib olishga asta sekin o'rgata borish kerak.
Buning uchun esa bolalar masala matnini diqqat bilan tinglashlari va birinchii o’qishdan keyin uning mazmunini tushuntirib olishlari uchun ular oldiga masala o’qishdan ilgari u yoki bu bilimga oid maqsadni qo'yish kerak. O’qituvchi "diqqat bilan tinglang" degan ko'rsatmani berish bilan cheklanib qolmay, balki o’quvchilarga bilish ahamiyatiga ega bo'lgan aniq qo'shimcha topshiriq berishi kerak. Metodik adabiyotda quyidagi tartibda qiyinlanib boradigan topshiriqlar sistemasini berish tavsiya etiladi. Masalar, o’qituvchi bunday deyishi mumkin. "Masala matnini diqqat bilan tinglang va uni takrorlashga tayyor bo'ling". Bu eng sodda topshiriq. Undan ta'limning dastlabki qadamlarida foydalanish mumkin. Shundan keyin topshiriqlar murakkablashtiriladi. Men sizlarga hozirg masalani gapirib beraman, - deydi o’qituvchi, - sizlar esa unda nima ma'lum va nimani bilish kerakligini aytishga tayyor bo'ling. Bu holda o’quvchilar matnni tinglash jarayonidayoq aktiv ishlay boshlaydilar.
Murakkabroq, ammo birinchi sinf o’quvchilari kuchlari yetadigan topshiriq: "Masalani tinglang va undagi sonlarni har biri nimani bildirishini aytishga tayyor bo'ling". Murakkabrogu ammo favqulodda foydali topshiriqqa yana bir misol. "Masalani tinglang va uni qanday qilib qisqa tarzda yaxshi yozish mumkinligini ayting. Bu holda o’quvchilar masala sharti va savolini eslab qolishigina emas, balki berilganlar bilan izlanayotgan miqdorlar orasidagi mavjud boglanishlarni tushunib olishlari kerak.
Ma'lumni no'malumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi boglanishni ochish - bu eng muhim masalalardan biri, bunday malakaga ega bo'lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o'rganib bo'lmaydi.
Masalani mustaqil yozish malakasi.
Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik terminlar tiliga o'tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar).
Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir. Shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o’qituvchi rahbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o'rgatish masalasi qo'yiladi.
Masala sharti murakkab bo'lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo'lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo'lib, son ma'lumotlarini tushunish va ajratish imkonini beradi. Shu bilan birga ularni rasional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini aqliy tushuntirish imkonini beradi.
Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o'quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya'ni ba'zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o'zgartiriladi. Masalan, ushbu "Daraxtda 5 ta qush o'tirgan edi, 2 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldig" - degan masalani yechishda birinchi sinf o'quvchisi masalani yechish uchun 5 dan 2 ni ayirish kerak, chunki qushlar oldingisidan kamaydi, deb javob beradi.
Ikkinchi sinf o'quvchisi shunday masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: "Bu qoldiqni topishga doir masala. Bunday masalalar ayirish bilan yechiladi. 5 dan 2 ni ayirsak daraxtda qancha qush qolganini bilamiz".
Murakkab masalani yechishda masalani tahlili qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega.
Qo'llanmalarda masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalan sintetik tahlil deyilganda mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son ma'lumotni birlashtirish natijasida bu ma'lumotlardan nimani bilish mumkinligini aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma'umlot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o'tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi.
Masala tahlilining anilitik usuli shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masala berilgan savol turadi. Masala savoliga javob topish uchun zarur ma'lumotlar tanlanadi, bu ma'lumotlarni boshqa ma'lumotlardan foydalanib topish mumkin.

XULOSA
Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbi? etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi.


“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi.
“Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi” dеgan edi.
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’qutuvchilaridan o’quvchilariga ta’lim berish jarayonida juda katta mahorat, mas’uliyat, izlanish talab qilinmoqda. Bunday izlanishlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida o’qituvchilar nafaqat o’zlari faoliyat yuritmoqdalar, balki o’quvchilarning ham bunga jalb qilmoqdalar. Boshlang’ich sinf matematika darslarida «Muammoli vaziyatlar» yaratish, muammoli masalalar yechish o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishini, ongini o’sishini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


1. O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi”. // Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq,1997.
2. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni. // Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.-Toshkent: Sharq,1997.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ozbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori.1998-yil 13-mayda qabul qilgan.
4. O`zbekiston Respublikasi Prazidenti I.A.Karimovning “O`zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog`ini tashkil etish to`g`risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi 191-sonli qarori.
5.X.Ibragimov, R. Rajabov “Maktabda tarix o’qitishning muammolari” Toshkent. 2011
6. X.Ibragimov “Pedagogik psixologiya” Toshkent. 2003
7.Karimov LA O'zbekiston : Milliy istiqlol, iqtisod,siyosat, mafkura
T.: "O'zbekiston" 1993
8. Karimov LA Halollik va fidoiylik faoliyatimizning asosiy mezoni bo'lsin
T.: 'O'zbekiston" 1994
9.Jumayev M.E va boshqalar boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish
metodikasi (oily o'quv yurti talabalari uchun) T.: "Fan va texnologiya" 2005
Yüklə 54,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin