Reja: kirish mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə5/11
tarix14.12.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#177685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari-fayllar.org

Kooperativ mulk. Xo’jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug’ullanish uchun ahzolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki — kooperativ mulkdir. Kooperativ mulk uning a’zolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda koo’erativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil to’ladi va ko’payib boradi. Kooperativ tugatilgan taqdirda byudjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o’rtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ijaraga olingan korxona mulki. Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korxona mablag’i hisobidan qo’lga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korxona kollektivining mulkidir. Ijaraga olingan korxona mehnat kollektivi ahzolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari O’zbekiston Respublikasining ijara to’g’risidagi Qonuni asosida belgilanadi.
Kollektiv korxonasining mulki. Kollektiv korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi ahzolarining mulkiga o’tgan, ijaraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda ko’zda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qo’lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Kollektiv korxonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir. Kollektiv korxonasining mol-mulki tarkibida uning xodimlari qo’shgan hissalar belgilab qo’yiladi. Bunday hissa tarkibiga xodimlarning kollektiv korxonasi vujudga kelishiga asos bo’lgan davlat korxonasi yoki ijaraga olingan korxona mulkiga qo’shgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korxona vujudga keltirilganidan keyin xodim korxona mol-mulkini ko’’aytirishga qo’shgan ulushlari kiradi.
Xodimning mol-mulkni ko’’aytirishga qo’shgan ulushi miqdori korxona faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda xo’jalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektivi belgilaydigan miqdorda ‘rotsentlar ajratiladi va to’lanadi. Korxona bilan mehnat munosabatlarini to’xtatgan xodimga, shuningdek vafot etgan xodimning vorislariga qo’shilgan hissasining qiymati beriladi. Kollektiv korxonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati xodimlarga (ularning vorislariga) byudjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan to’lanadi.

Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin