Reja: kirish mulkchilik munosabatlarining mohiyati va mazmuni Mulk shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni O’zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə7/11
tarix14.12.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#177685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari-fayllar.org

Jamoat birlashmalarining mulki. Jamoat birlashmalarining mulkida ular ustavlarida ko’zda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan tahminlash uchun zarur bo’lgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy mahrifiy va sog’lomlashtirish maqsadlariga xizmat qiladigan mol-mulk, pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va mol-mulk bo’lishi mumkin.
Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablag’lari hisobidan ularning ustavlarida ko’rsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korxonalar ham bo’lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining pul mablag’lari a’zo bo’lish va a’zolik badallaridan, ixtiyoriy badallar, xayr-ehsonlar; o’tkazilgan lotereyalardan tushgan mablag’lar; ishlab chiqarish-xo’jalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.
F.Musaev yozadi: “Ma’lumki, har qanday demokratik tuzumning mohiyati undagi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy qadriyatlar bilan belgilanadi. Bu qadriyatlarning subyekti ham, obyekti ham shaxs – jamiyat – davlat tizimida, ular o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi”. Demak, fuqarolik jamiyatining demokratik asoslari va xususiyatlari shaxs – jamiyat – davlat o’rtasidagi munosabatlarda, ushbu munosabatlar jarayonida amal qilinadigan, shakllantiriladigan, qo’llab-quvvatlanadigan demokratik qadriyatlardadir. shaxs – jamiyat va davlat o’rtasidagi munosabatlari asosan iqtisodiy kesishmalardan, ya’ni ular o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni keltirib chiqaradi va turli mulk shakllarining jamiyatda mavjud bo’lishini obyektiv taqozo etadi.
F.Musaev taklif etgan shaxs – jamiyat – davlat modeli aslida shaxs – jamiyat, shaxs – davlat, jamiyat – davlat va ushbu subyektlar munosabatlarining sintezi bo’lgan ijtimoiy aloqalar tizimini ifoda etadi. ushbu modelga tayangan holda fuqarolik jamiyatining demokratik harakterini ochib bersa bo’ladi.
shaxs – jamiyat tizimidagi munosabatlar quyidagi demokratik institutlarning faoliyatiga, ularning shakllanganligiga bog’liqdir:
– xususiy mulk va shaxsning iqtisodiy erkinligini tahminlovchi nodavlat tashkilotlari;
davlat munosabatlari, hissadorlik korxonalari va ularning mulklari;
– oila, qarindosh-urug’ institutlari va ularning mulklari;
jamoat uyushmalari;
– diniy konfessiya va tashkilotlar;
– madaniy-ma’rifiy birlashmalar;
– jamg’armalar, assotsiatsiyalar;
– ommaviy axborot vositalari va boshqalar.
Mazkur institutlar demokratik munosabatlarni rang-baranglashtiradi va ularni fuqarolik jamiyatining ideal modeliga yaqinlashtiradi.
shaxs-jamiyat tizimidagi munosabatlarning demokratik xarakteri har bir jamiyatda amal qiladigan ijtimoiy-axloqiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy imperativlar orqali namoyon bo’ladi. Yuqoridagi demokratik institutlar mazkur imperativlarga tayanganidagina shaxs-jamiyat munosabatlarini va mulkiy munosbatlarni mustahkamlashga, yuzaga keladigan ziddiyatlarni ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan hal etishga erishadi.

Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin