O‘zbek futboli haqida 10 fakt
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yettinchi bor Jahon chempionatlari saralashlarida qatnashib, yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Albatta, terma jamoa tarixida jahon chempionatiga chiqish uchun atigi bir gol yoki bir g‘alaba yetishmagan paytlar ham bo‘ldi, hattoki uning g‘alabasi bekor qilingan chog‘lar ham.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston futboli ayrim yutuqlarga ham erishgan. Keling, ularni bir-bir esga olaylik.
Texnika futbolchining ish qobiliyatining qolgan ikki omili taktika va sport formasi bilan yaqin o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi.
Texnik qobiliyatlar o‘yinni muvaffaqiyatli taktik konsepsiyasi uchun asosni tashkil etadi. Yakka tartibdagi, guruhli va jamoaviy xohlanayotgan taktik harakatlarni tayyorgarlikni ma’lum bosqichida erishilgan texnik daraja bilan moslab borish kerak. Alohida o‘yinchilarning texnik tayyorgarlik darajasi ularning salohiyat qobiliyatlari bilan birga jamoaning ish qobiliyatini cheklovchi omil bo‘lib hisoblanadi. To‘pni egallash va boshqarishga o‘z e’tiborini qaratishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar, o‘yin vaqtida vujudga kelayotgan vaziyatlarda, o‘zining o‘yin xulqini kerakli tarzda o‘z sheriklari va raqiblariga nisbatan to‘g‘ri moslay olmaslik holatida bo‘ladi. Shuning uchun texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlarning maqsadi harakatlar elementlarini ketma-ketligini o‘ta mukammal bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan (harakatlanishning dinamik steriotiplari), ularni harakatlanish ko‘nikmalari sifatida belgilanadi. Boshqa tomondan esa, texnikani takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot, yangi paydo bo‘layotgan vaziyatda harakatning dominant ketma-ketligidagi elementlarini tez moslashishi imkonini berishi kerak.
“Bambinos”larda, 6 yoshdan kichik bolalarda texnikani rivojlantirishning maxsus mashg‘ulotlari ham xech qanday ahamiyatga ega emas. Bu yerda birinchi navbatda, ahamiyatli vazifali ko‘p tomonlama koordinatsion tayyorgarlik haqida gap ketadi. To‘p bilan va to‘psiz harakatlanishdan xursand bo‘lish va “o‘ynashga o‘rganish”. Bu holat o‘smirlarga ham tegishli bo‘lib, bunda endi futbolga nisbatan maxsus bo‘lgan mazmun tavsiya etiladi. Taxminan sakkiz yoshdan boshlab, koordinatsion qobiliyatlarni keyingi takomillashtirish bilan o‘yin shaklida texnik ko‘nikmalarni takomillashtirish birinchi o‘rinda turadi. Bu yerda endi futbol texnikasini o‘rgatishda, shartli o‘yinga e’tibor berish kerak bo‘lib, u o‘z navbatida,harakatlarni to‘g‘ri bajarish va vazifalarni hal etishga o‘yin sharoitidan kelib chiqishi kerak.
Texnikani rivojlantirishda avvalgi qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun mashg‘ulotlarda ularni texnik ko‘nikmalarini yaxshilanishini vaziyatli o‘yin vazifalarini hal etish bilan amalga oshirish kerak.
O‘yindan kelib chiqib, texnik ko‘nikmalarni qo‘llash darajasi yuqori, chunki ko‘pgina turli vaziyatlarda turli texnik shakllarni qo‘llash bilangina samarali harakatlanish qobiliyatini shakllantirish mumkin.
Bu asosiy tushunchalar tizimli mashg‘ulotlar va to‘p bilan ko‘psonli “muloqotlar” bilan erishiladi va ma’lum harakatlarni namunali eslab qolish va tez o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida erkin o‘ynay olish uchun.
Mashg‘ulot shakllari va ko‘rinishlarining asosiy o‘yin shakllarining tanlovi o‘yin va mashg‘ulot ikki uslubiy yondashuvi orqali amalga oshiriladi va bunda to‘g‘ri qo‘llanilishda maqsadli to‘ldiriladi va amaliyotning 2,3 yoki ko‘p marta takrorlanuvchi hafta mashg‘ulotlarida erishiladi. Mashg‘ulotlarning shakli va o‘yin shakli mashg‘ulot tizimi bir tomondan,harakat texnikasining yaxlit shakllariga, ikkinchi tomondan, shug‘ullanuvchilarning ish qobiliyati va rivojlanish holatiga bog‘liq bo‘ladi. Mashg‘ulot shakllari to‘p bilan tez muloqatda bo‘ladigan o‘yin shakli tavsiya etilayotgan o‘yinlar xarakteriga mos bo‘lishi kerak. Texnika va taktikani rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot chegaralari shartli ko‘rinishda.
Texnik bilimlarni o‘rgatish va yaxshilash prinsipiga yo‘naltirilgan asosiy maqsadi, musobaqa jarayonida o‘yin vaziyatiga mos keladigan vaziyatlarni to‘g‘ri hal qilishdan iborat. Shunday qilib, texnikaning harakat qismlarining ketma-ketligi bilan bir qatorda, maxsus futbol uchun harakat qobiliyatini ham yaxshilash kerak. Mashg‘ulot jarayonida texnikani mustahkamlashda o‘yin shaklidagi kombinatsiyalar va mashg‘ulot turlari asosida o‘yinda bajariladigan harakatlardan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga ega. Bir qator mashg‘ulotlar shunisi bilan farqlanadiki, asosiy texnik usullar imkon qadar o‘yin vaziyatida qo‘llanilishi kerak. Shunday qilib, o‘yin vaziyatini o‘rganishning asosiy talabi o‘yinni bekor qilmasdan, futbolda texnik turiga mos keladigan xarakteriga o‘zgartirishdan iborat.
Texnika va sport formasining bog‘liqligi shundan iboratki, bir tomondan, yuqori texnik daraja o‘yinchilar kuchini va keraksiz harakatlarni qo‘llanilishi tejalsa, ikkinchi tomondan,o‘yin jarayonida texnik harakatlarni o‘yin oxirigacha bir me’yorda saqlab turishda jismoniy tayyorgarlik muhim hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik oqibatida musobaqa jarayonida chidamkorlik, kuch, hujum qilish uchun tezlik hamda o‘yinchini muvozanatni saqlash qobiliyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda noaniqlik va xatolarni paydo bo‘lishi diqqatni jamlash qobiliyatini cheklashga olib kelgan holda yuqori shiddatli o‘yinlarda imkoniyatlarini cheklangan vaziyatda olib borishga taqaladi. Texnik tomondan kuchsiz bo‘lishi natijasida jismoniy tanqisligini namoyon bo‘lishi, tinimsiz o‘yin vaqtida har safar ortiqroq jiddiy ravishda charchoqni o‘sib borishi, harakat muvozanitini aniq bajara olmaslikka olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |