Reja: Kirish O'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari



Yüklə 355,63 Kb.
səhifə10/11
tarix26.12.2023
ölçüsü355,63 Kb.
#197851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Reja Kirish O\'zbekiston kompaniyalarning strategiyalari

Фактор 1

0,58

Фактор 2

0,18

Фактор 2

0,48

Фактор 3

0,08

Фактор 3

0,12







Ижтимоий-маданий фактор

Технологик фактор

Фактор

Вес

Фактор

Вес

Фактор 1

0,28

Фактор 1

0,23

Фактор 2

0,19

Фактор 2

0,35

Фактор 3

0,32

Фактор 3

0,42









Бозорга сиёсий муҳитни таъсир этиши омиллари

Сиёсий хукмронлик ва мавжуд хокимиятнинг устунлиги

Бюрократизация и уровень коррупции Коррупция ва бюрократия даражаси

Солиқ сиёсати (солиқ ставкалари ва имтиёзлар)

Оммавий ахборот воситаларининг мустақиллиги ва сўз эркинлиги

Тармоқни бошқариш даражаси

Савдо сиёсати, импортга қўйилган чекловлар

Тармоқни ҳимоя қилишга интилиш, давлат корхоналарининг тармоқда мавжудлиги

Интеллектуал мулкни ҳимояланганлик даражаси ва авторлик ҳуқуқи тўғрисидаги қонун

Монополияга қарши ва мехнат қонунчилиги

Атроф муҳитни ҳимоя қилиш хақидаги қонунчилик

Тармоқдаги фаолиятни назорат қилувчи мавжуд ва келажакдаги қонунчилик

Мамлакатда харбий харакатларнинг ривожланиши эхтимоли

BCG-tahlil



Mahsulot soni




















































Mahsulot nomi

sotish hajmi (2020,mlrd)

sotish hajmi (2021,mlrd)

Raqobatchi tovar sotuv hajmi (mlrd)

Bozordagi ulushi

Bozorning o'sishi

Инвестиции

telefon

33,01

38,66

15,5

2,49

117%

0

dazmol

80,76

5

69

0,07

6%

0

changyutkich

43,02

43,88

40,12

1,09

102%

0

kirmashina

23,65

5,9

63,87

0,09

25%

0

televizor

34,65

15,76

65,78

0,24

45%

0


Ko„pincha mahalliy iste‟mol mollarini ishlab chiqruvchilardan ular ancha sifatli va nisbatan arzon mahsulotlarni ishlab chiqarishlarini, “ahmoq” xaridorlar bo„lsa ularning mahsulotlarini emas, balki import mahsulotlarni olishlarini eshitish mumkin. Bunga kim aybdor? Albatta ishlab chiqaruvchilar. Bozordagi qirol – bu xaridor, u o„ziga yoqqan narsa uchun pul to„laydi. U ishlab chiqaruvchilarning fikricha adashishi mumkin, biroq tanlov huquqi unga tegishli. SHuning uchun xaridorni noto„g„ri harakat qilyapti deb ayblamasdan, unga kerakli narsani ishlab chiqarish zarur. Inglizlarning aytishicha: “Yomon ob-havo bo„lmaydi – yomon kiyingan kishilar bo„ladi”. Bu iborani ko„rib chiqilayotgan masalaga nisbatan quyidagicha aytish mumkin: “Yomon mahsulotlar bo„lmaydi – yomon ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bo„ladi”. Ushbu bobda xaridorning qanday mahsulot yoki xizmat uchun pul to„lashi ko„rib chiqiladi. Chunki, aynan shunday yondashuv korxona mahsulotining strategiyasini aniqlashda asosiy tushuncha hisoblanadi.


Mahsulot tushunchasi uni kim va qanday nuqtai-nazardan ko„rib chiqishi, shuningdek uning qanday mahsulot turlariga nisbatan qo„llanishiga bog„liq ravishda juda kuchli farqlanadi. Shuningdek, mahsulotning qanday tushunilishini belgilab beradigan bir qator boshqa omillar ham mavjud.
Agar mahsulotga yuqori bo„g„in boshqaruvi pozitsiyasidan qaraladigan bo„lsa, u korxonaning bozorda o„zi uchun pozitsiyani egallashiga yordamlashadigan narsa sifatida gavdalanadi. Ishlab chiqaruvchi uchun esa mahsulot – bu muayyan texnologik sxemalar bo„yicha bajariladigan, uning uchun resurslar va vaqt sarflanadigan hamda muayyan namunalar, standartlarga mos kelishi kerak bo„lgan, muayyan sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo„lgan narsadir. Iqtisodchi uchun mahsulot – bu korxona uchun ishlab chiqarilguncha, saqlanguncha yoki sotilishini kutguncha xarajatlarni shakllantiradigan, xaridorlarga sotilganidan keyin bo„lsa korxona uchun daromadlar beradigan narsadir. Marketing xizmati ishchisi uchun mahsulot – bu sotilishi kerak bo„lgan va quyidagi ikkita masalani hal etishga olib kelishi kerak bo„lgan narsadir: korxona uchun muayyan daromad keltirish va imkoniyatga qarab xaridorlarning muayyan ehtiyojlari va talablarini Yaxshiroq qondirish. Mahsulot loyihasini ishlab chiquvchi mahsulot tushunchasiga nisbatan o„zining muayyan fikriga ega bo„ladi, mahsulotni rejalashtiruvchi bo„lsa unga o„z fikri-nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yondashadi, va nihoyat xaridor uchun mahsulot o„ziga xos mazmunga ega bo„ladi.
Mahsulot tushunchasidagi muhim farq uning iste‟molchiga qanday natural shaklda taqdim etilishi bilan bog„liqdir: u buyum bo„ladimi yoki xizmat ko„rinishidami. So„nggi paytlarda kombinatsiyalashgan, ya‟ni buyum va xizmatni o„zida birlashtirgan mahsulotlar tobora rivojlanib bormoqda. Mahsulot tushunchasiga uning iste‟molchisi (ishlab chiqarish yoki shaxsiy ehtiyoj uchun iste‟mol qilish), yoki mahsulot tayyorlanadigan asosiy material yoki xomashyo, yoki masalan, uni iste‟mol qilishning vaqt chegaralari, shuningdek bir qator boshqa omillari katta ta‟sir ko„rsatishi mumkin Uzoq vaqt davomida biznesda mahsulotga nisbatan arzonroq ishlab chiqarilishi va imkon qadar qimmatroq sotilishi kerak bo„lgan buyum sifatida qarash, ya‟ni ko„proq ishlab chiqaruvchi va iqtisodchining qarashi ustunlik qilib keldi. Bunday qarash zamonaviy biznesda ham keng tarqalgan. Ushbu yondashuvga ko„ra mahsulotni tayyorlash, ya‟ni ishlab chiqarish biznesning markazi hisoblanadi. Boshqa funksional xizmatlar bo„lsa xizmat ko„rsatuvchi, ustama xarajatlarni ishlab chiqaruvchi, mos ravishda ishlab chiqarishni majburiy ravishda qamrab oluvchi sohalar sifatida namoyon bo„ladi.
Bozorning rivojlanishi, jamoatchilik munosabatlarning rivojlanishi, bozorning tovarlar bilan to„yinishi, amaldagi ehtiyojlar strukturasining o„zgarishi va bir qator boshqa omillar mahsulotni shakllantiruvchi omillar markazining ishlab chiqarish sohasidan uni sotish sohasiga siljishiga olib keldi. Bu mahsulotning muhim xususiyatlari, mos ravishda mahsulot tushunchasi xususida gap ketganda birinchi navbatda nima, qanday qilib va nimadan ishlab chiqariladi mazmunidagi savollar bilan emas, balki nima sotiladi va eng avvalo, nima xarid qilinadi mazmunidagi savollar bilan murojaat qilish kerakligini anglatadi. Shuning uchun, agar korxona bozor raqobati strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga, bozor kurashida g„olib chiqishga hamda o„z faoliyatining xarakteri va mazmunidan qat‟iy nazar uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatishga intilsa, u holda korxona rahbariyati mahsulotni ishlab chiqarish nuqtai-nazaridan ta‟riflashdan, unga korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyum sifatida qarashdan qochishi kerak.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish borasidagi aniq fikr va g‘oyalar belgilab berildi, o‘rtaga qo‘yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilinishi kerakligini aytdi. Bunda, “O‘zbekiston sanoati rivojlanishining asosiy maqsadi nafaqat ushbu iqtisodiyot sektorida o‘sish sur’atlarini oshirishga intilish, balki boy tabiiy resurslar salohiyatidan foydalanish orqali ustuvor tarmoqlar va ishlab chiqarishni rivojlantirish, uning zamonaviy tarkibini shakllantirish, tashqi va ichki bozorda mamlakat sanoati raqobatdoshligi va samaradorligini oshirish uchun choratadbirlar majmuasini shakllantirishdan iborat” deb ta’kidlab o‘tdi.
Buni iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 2018 yildagi 35 foizdan 2019 yilda 37 foizga2 ortishi kutilayotganligidan ham ko‘rish mumkin.
Sanoatning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish jarayonida asosiy e’tibor tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, ular sanoat tarmoqlaridagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va tarkibiy siljishlar bilan birgalikda bashorat qilinadi. Sanoatning tarmoq tarkibini 2030 yilga qadar takomillashtirish YaIMda sanoat ulushini rivojlangan davlatlarda YaIM tarkibidagi xarakterlarga xos bo‘lgani kabi 2017 yildagi 33,5 foizdan 2030 yilda 40 foiz oshirish bilan asoslanadi. Bu maqsadga erishi uchun, shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan. Ayni vaqtda bu ishlar har bir turdagi istiqbolli xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning 2020, 2025, 2030 yillarga mo‘ljallangan aniq dasturiga ega bo‘lish uchun mutlaqo yangi dasturiy kompleks yondashuvni talab etadi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbariyati tomonidan tanlab olingan taraqqiyot strategiyasi raqobatdosh, eksportbop hamda import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, u sanoatning barqaror va mutanosib ravishda o‘sishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash asosida uning yetakchi tarmoqlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Buni yurtimizda amalga oshirilayotgan ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratilayotganligi, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida e’tiborni kuchayayotganligi, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish borasidagi olib borilayotgan islohotlardan, ‘yashirin’ iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish borasidagi, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan yo‘nalishlarning samarali amalga oshirilayotganligidan va mamlakat iqtisodiyotda tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilib, iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga erishishda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi oshirishga qaratilayotganligidan ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy marketing nisbatan yangi va istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, u nafaqat zamonaviy dunyoda marketing pozitsiyasini mustahkamlash, balki muvozanatli va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun marketing yondashuvi yordamida hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolar doirasini kengaytirishga imkon beradi.
Ijtimoiy marketing nafaqat odamlar hayotini, balki butun jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan vositadir. Ijtimoiy marketing ko‘pincha atrof-muhitni muhofaza qilish, xayriya, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu atama idrokni yaxshilash maqsadida o‘z brendini ommalashtirish, uni ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘lab turadigan kompaniya faoliyatini anglatadi. Ushbu atama o‘tgan asrning 70-yillarida qo‘llanila boshlandi. Bu ba’zi ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilgan tadbir edi.
Internet do‘kon – bu elektron tijorat asosida ishlaydigan va an’anaviy xizmat ko‘rsatadigan do‘konlariga xos bo‘lgan xizmat va tijorat funksiyalarini bajaradigan avtomatlashtirilgan tizim: tovarlarni namoyish qilish va tavsiflash, buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash, xaridorga texnik va boshqa yordam ko‘rsatish, yetkazib berish va boshqalar.
Internet- do‘kon bu ixtisoslashgan sayt bo‘lib, uning yordamida tovarlar (xizmatlar) haqidagi ma’lumotlar bilan oldindan tanishib chiqib, tovarlar va xizmatlarni interfaol ravishda sotib olish yoki sotish imkonini beradi.
Internet-do‘kon – bu elektron tijoratga yo‘naltirilgan dasturlarning ma’lum bir qatoriga ega bo‘lgan loyihadir. An’anaviy do‘konlardan farqli o‘laroq, elektron do‘kon yanada kengroq tovar va xizmatlarni taklif qilishi mumkin; iste’- molchilarga tovarlarning xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish mumkin.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda, har bir xaridorga u bilan oldingi tajribani hisobga olgan holda individual yondashuv ishlab chiqiladi. Onlayn do‘kon do‘kon egasi uchun ham, xaridor uchun ham bir qator afzalliklarni yaratadi.
Internet do‘kon egasiga quyidagilarga uchun qulaylik yaratadi:
 Internetda doimiy ravishda mavjud bo‘lgan bozorda taklif qilinadigan tovarlar yoki xizmatlarning elektron katalogini yaratish;
 kechayu-kunduz savdo kanallarini tashkil qilish;
 do‘konning ishini mustaqil ravishda boshqarish, taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni tezda yangilash;
 buyurtmalarni qabul qilish tizimini avtomatlashtirish (buyurtma bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlar xaridorga avtomatik ravishda yuboriladi);
 ichki ayirboshlash kursidan foydalangan holda hujjatlarning (valyuta, dollar, yevro, so‘m ) ko‘p valyutali hisobotini saqlash va yuritish;
 xaridorning toifasini avtomatik ravishda aniqlash usulini (ulgurji, chakana) o‘rnatish;
 olis filiallar va biznes sheriklariga xizmat ko‘rsatish uchun biznesdan biznes tizimida ishlarni tashkil qilish;
 marketing tadqiqotlar va bir mijozlar bazasini yaratish maqsadida qayta aloqa (so‘rovnomar, anketa, tanlovlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta, va hokazo) o‘rnatish;
 do‘konning ishini avtomatik ravishda shakllanadigan statistika asosida tahlil qilish;
 o‘z biznesi uchun samarali reklama ko‘magi;
 zudlik bilan hisob-kitob qilish uchun bitta yoki bir nechta onlayn to‘lov tizimlarini ulash;
 xaridorga tovarlarni yetkazib berish xizmatini tashkil qilish;
 onlayn maslahatni ulang (real vaqt rejimida xaridor bilan aloqa qilish imkoniyati);
 saytdagi yangiliklar tizimini ulash;
 mijozlarga do‘kondagi yangi mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot beradigan axborot byulleteni yaratish;
 do‘konni omborxona va buxgalteriya kabi ofis tizimlari bilan integratsiyalash, ma’lumotlarni elektron do‘kon ma’lumotlar bazalariga o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish. 166 Internet do‘kon xaridorga quyidagilarga imkon beradi :
 katalogdan mahsulotni tanlash va web- interfeys yordamida on-layn tartibda buyurtma berish;
 har qanday qulay vaqtda oldi-sotdi bitimini tuzish;
 mavjud usullardan biri yordamida to‘lovni amalga oshirish;
 joylashtirilgan buyurtmaning tasdig‘ini olish;
 onlayn rejimiga joylashtirilgan buyurtmaning joriy holatini doimiy kuzatib borish.

Yüklə 355,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin