Kuchli ijtimoiy siyosat. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida
nihoyatda mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi
tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa.
amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib
qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi.
I. Karirnovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya
mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir:
ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador,
ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan
vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish,
ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor
qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis
taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish,
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga
yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir,
36
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning
boshqa sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu
bog'liqlikni, ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash
ta'limotini shunday ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni
barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichmabosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib
borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo
etish mumkin».
Doimiy rivojlanib va boyib boruvchi ta'limot. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o'tish
ilmiy ta'limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g'oyalar, ta'limotlardan tubdan farq qiladi.
Bu haqda muallif shunday dedi: «Mustaqil rivojlanishning o'tgan davrini
umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O'zbekiston model! asosli va
to'g'ri bo'lib chiqdi. deb aytish uchun to'la asos beradi. bugun uni obro'li
xalqaro iqtisodiv tashkilotlar. iahonning ko'pgina mamlakatlari tan olmoqda.
Eng asosiysi-hayotning o'zi uni tasdiqlamoqda'»
Prezidentimiz O'zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy
konsepsiyasini mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar
natijalari asosida yangi-yangi qoidalar bilan boyitib borayotir. U yuqorida
qayd qilingan asarida o'z konsepsiyasi ro'yobga chiqishining vositalarini ham
aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilardir: birinchidan. inson manfaatlarini
ro'yobga chiqaruvchi shart-sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga
oshadi; hozirgi sharoitda «har bir oila boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi» degan
qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; ikkinchidan.
37
«mamlakatda chinakam o'rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina
islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo'ladi»;
uchinchidan. «biz ko'p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini
qo'ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka —kichik va o'rta biznesga
beriladi»; to'rtinchidan. qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirish, pul
mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond
bozorida faol qatnashish; beshinchidan. «Ishlab chiqarishni, iqtislodiyotda
vujudga keltirilayotgan huquqiy doirada o'zgartirib borish». Asosiysi,
«bunday o'zgarishlar islohotlarning o'ziga kafolat beradi»; oltinchidan.
nodavlat sektordagi o'zgarislilarga doimo katta ahamiyat berib borish,
qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini
uyg'otish; yettinchidan. iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib
borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; sakkizinchidan.
respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o'z milliy imkoniyati hisobiga
ta'minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar.
Perezidentimiz tomonidan ishlab chiqarilgan bu besh tamoyil hayot
sinovidan o'tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va
uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanishi strategiyasi,
islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyati-mizni
jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1-chaqiriq XIV
sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini
yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
38
3. Kadrlar masalasini muvaffaqiyatli hal qilish.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada
kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta'minlash.
39
XULOSA
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o'zgartirishdan iboratdir. O'tish davri quyidagi me'zonlar bilan tavsiflanadi:
sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o'zgarishlarni qaytarilib turishligi),
beqarorlik (turli xil jamiyat kuchlarining kurashi va o'zaro ta'siri), muqobillik
(islohotlar va rivojlanish yo'llarining tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski
tizimning yo'qolib ketishi, o'rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning
rivojlanishi).
Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga
qaratilgan tadbirlar majmui.
Iqtisodiy uklad - turli mulkchilikka asoslangan xo'jalik yu-ritishning
shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish - nima va qancha ishlab chiqarishni,
qayerga, qanday narx sotishni tadbirkorning o'zi belgilashi uchun imkon.
berish. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash, tadbirkor-lik
faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Islohotlar konsepsiyasi -- ijtimoiy—iqtisodiy islohot-larning asosiy
maqsad va yo'nalishlari, uni amalga oshirishning vazifa-lari va strategik
yo'llarining umumiy g'oyasidir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish - tanglik holatlariga
bar-ham berish asosida makroiqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni
yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
40