Reja kirish O’zbekistonda Demografiya maktabining rivojlanish tarixi



Yüklə 44,42 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü44,42 Kb.
#116226
  1   2   3   4   5
Demografiya


REJA

  • Kirish

  • O’zbekistonda Demografiya maktabining rivojlanish tarixi

  • Demografiyaning ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining ko’payishi va rivojlanishiga ta’siri

  • O'zbekiston respublikasining demografik rivojlanishning mintaqaviy xususiyatlari

  • Ijtimoiy hayot va demografik bosimlar

  • Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Demografiyaning maqsadi muayyan hudud, mamlakat, dunyo aholisi va millatning takror barpo boʻlishi jarayoni va omillarini oʻrganish, muammolarni belgilab, yechimlarni aniqlash va istiqbolini koʻrsatib berishdan iborat. Demografiyaning vazifalari: demografik jarayonlar (tugʻilish, oʻlim, nikoh va ajralish, oilaning demografik xususiyatlari, aholining yosh-jinsiy va oila-viy tarkibi, demografik mayl) va ularning omillarini oʻrganish; demografik bashorat (maʼlum hudud aholisining soni, yosh-jinsiy tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini ilmiy asoslangan holda oldindan aniqlash)larni ishlab chiqish; demografik siyosat (aholi siyosatining uzviy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi aholining miqdoriy oʻsishini boshqarishdan iborat) choratadbirlarini ishlab chiqish. Demografik siyosat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ilmiy asosini tashkil etmogʻi lozim. Shundagina jamiyat har tomonlama muntazam rivojlanib boradi.
Demografik tadqiqot usuli — statistik, tarixiy taqqoslash, haritagrafik, sotsiologik, matematik va mantiqiy fikrlash. Demografiyaning taxliliy metodi statistikadan farq qiladi: unda mavhum fikrlash usulidan keng foydalanish asosida aholi tarkibida kelgusida roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari ham oʻrganiladi. Shu jihatdan demografik statistika Demografiyaning bir qismidir.
Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga boʻysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan i.ch. usuli va i.ch. munosabatiga bogʻliq boʻladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish mahsuli boʻlib, turli omillar zaminida koʻpayadi. Bu jihatdan Demografiya iqtisod, sotsiologiya, geogr., tibbiyot, tarix fanlari tahlil mavzuiga yaqin boʻlib, ularning yutuqlaridan foydalanadi, ayni vaqtda, ularga muhim maʼlumotlar beradi.


Yüklə 44,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin