Reja kirish O’zbekistonda Demografiya maktabining rivojlanish tarixi


IJTIMOIY HAYOT VA DEMOGRAFIK BOSIMLAR



Yüklə 44,42 Kb.
səhifə5/5
tarix18.05.2023
ölçüsü44,42 Kb.
#116226
1   2   3   4   5
Demografiya

IJTIMOIY HAYOT VA DEMOGRAFIK BOSIMLAR
Xitoyning qadimiy donishmand faylasufi Konfutsiy ikki yarim ming yil oldin “Biz qanaqa xalq ekanligimizni bilgingiz kelsa, oldin bizning sonimizni bilib oling” degan ekan. Donishmandning bu soʻzlari Oʻzbekistonning hozirgi ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanish davrida ham oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq. Aksincha, jamiyatimizning rivojlanish surʼatlari shiddat bilan oshib borayotgan sari aholimizning soni, undagi tarkibiy va sifat oʻzgarishlar eʼtiborimizdan chetda qolib ketishiga yoʻl qoʻyishimiz kerakmas. Bu borada eʼtiboringizga yurtimizda yashab istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarimiz soniga, ularning keyingi paytlarda son va jins jihatidan boʻlayotgan keskin oʻzgarishlariga, davlatimizdagi aholining yaqin va uzoq istiqbollaridagi boʻlajak holatlarga eʼtiboringizni qaratmoqchiman.
Maʼlumki, Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotida innovatsion tendensiyalarning taʼsiri ortib borishi bilan jamiyatimizdagi demografik oʻzgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yil sayin kuchaymoqda. Bu jarayon, avvalambor, mamlakatimiz aholisi miqdorining yuqori surʼatlar bilan oshib borayotganligiga bogʻliqdir.
Misol uchun, oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekistondagi tabiiy oʻsishning oʻrtacha yillik darajasi 27-29 promilleni tashkil etgan boʻlsa-da, bu koʻrsatkichlar mustaqillik yillaridagi maʼlum iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga koʻra, 2004 yilda 14,65 promillega tushib ketgan edi. Faqatgina 2004 yildan iqtisodimiz va jamiyatimizdagi ijobiy oʻzgarishlar natijasida 2017 ga kelib aholimizning tabiiy oʻsish darajasining 18,15 promillegacha oshganligi kuzatilmoqda. Agar 1990 yilda Oʻzbekistonda 24,3 mln. kishi istiqomat qilgan boʻlsa, bu raqam 2018 yil dekabr oyida 33,0 mln.dan ziyod kishini tashkil etyapti, yaʼni 35,6 foizga koʻpaydi. Demograf mutaxassislarning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2050 yilga kelib ushbu koʻrsatkich 46-47 million kishini tashkil qiladi. (1-rasmga qarang).
Demografik jarayonlar, birinchi navbatda, ijtimoiy-mehnat sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatib, milliy iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining asosiy omili boʻlib, aholining mehnat bilan bandlik va ishsizlik darajasining miqdoriga, yalpi ishlab chiqarish aholining jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha daromad koʻrsatkichlarini, uy-joy bilan taʼminlash, keksaygan yoshdagi pensiya taʼminoti tashkillashtirishga bevosita taʼsir etib boradi.
Demografik jarayonlar — bu aholining vaqt va makonlarda rivojlanishini aks ettiradigan hodisalar boʻlib, uning koʻpayishi, oʻlimi, jinsi va yosh tarkibi hamda mehnat resurslarining miqdor jihatidan oʻzgarishlari bevosita jamiyatning hamda milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi hodisa hisoblanadi. Maʼlumki, jamiyatdagi demografik voqealar umumiy va muayyan individual tasodifiy sabablar taʼsiri ostida amal qiladi. Bu jarayondagi ayrim voqeliklar vujudga kelishi baʼzi sabablarga koʻra individual va noyobdir, lekin demografik jarayonda ular ketma-ketlik voqealardan iborat boʻlib, ular muntazam ravishda oʻzgarib turadi.
Xorijiy mamlakatlardagi innovatsion tendensiyalarning taʼsiridagi demografik jarayonlar yetakchi mutaxassislar tomonidan hozirgi davrda insoniyatning eng muhim va dolzarb omillar sifatida tan olinmoqda. Oʻzbekistonda ham keyingi yillari bu masalalar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi miqdorining oʻzgarish dinamikasi, barcha hududlarda mutanosib joylashuvi, tarkibiy tuzilishi koʻpincha davlatimizning iqtisodiy rivojlanishning strategik omillari va uning kelajak uchun ijtimoiy-iqtisodiy parametrlarini shakllantirishiga taʼsir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonning demografik jarayonlari hozirgi xalqaro demografik nizomlarga muvofiq sogʻlom tarzda rivojlanib bormoqda.
Dunyo tajribasidan kelib chiqib taʼkidlaydigan boʻlsak, bugungi rivojlanish davrida dunyoning barcha davlatlari kabi Oʻzbekiston ham demografik sohasida evolyutsion jarayonlarni, yaʼni demografik oʻtishning muayyan bosqichlarini koʻrishi muqarrardir. Maʼlumki, ularning birinchisi yuqori darajadagi tugʻilish va oʻlim miqdori bilan bogʻliq boʻlib, koʻp sonli katta oilalar va avlodlarning tez oʻzgarishi bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqichda ijtimoiy taraqqiyot va sogʻliqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlar tufayli oʻlim darajasi keskin kamayishi, ammo tugʻilishning yuqori darajasi saqlanib qolishi bilan ajralib turadi, bu aholi miqdorining keskin va nazoratsiz oʻsishiga olib keladi. Oʻzbekiston dunyoning koʻplab davlatlari singari oʻzining demografik rivojlanishida ikkinchi bosqichdan oʻtib, hozirgi davrda tarkibida yosh aholi oʻsib borishi tufayli va umumiy oʻlim koʻrsatkichi tugʻilish darajasidan yuqoriroq boʻlgan uchinchi bosqichda amal qilmoqda.
Jahon amaliyotida demografik rivojlanishning toʻrtinchi bosqich oʻlim koʻrsatkichi tugʻilishdan oshib ketishi bilan ifodalanishi va depopulyatsiya jarayoni kirib kelishi bilan xarakterlidir, yaʼni aholining tabiiy oʻsishi tarkibida tez surʼatlar bilan demografik qarishi tufayli aholining mutlaq kamayishiga olib kelishini belgilab beradi. Tabiiyki, zamonaviy sharoitlarda depopulyatsiya jarayoni davlatning demografik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdid soluvchi va xavf tugʻdiradi, chunki bu resursni manba jihatidan sezilarli darajada zaiflashtiradi va mehnat resurslari shakllanishida va aholining ish bilan bandlik darajasida boshqa mamlakatlarga qaram boʻlib qolishiga sabab boʻlib qoladi. Bu jarayon hozirgi bosqichda koʻplab Yevropa davlatlari hamda MDHda — Rossiya, Ukraina, Boltiqboʻyi respublikalarida avj surmoqda.
Oʻzbekistonda aholining tabiiy oʻsish surʼatlarining beqaror oʻsmayotganligi sababli demografik rivojlanish ham notekis rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan jahon demografik koʻrsatkichlari bilan taqqoslaganda, Oʻzbekiston tabiiy ravishda oʻsish surʼati 25 promilledan 15 promillegacha tushgani sabab dunyoning rivojlangan mamlakatlari oʻrtasida oʻrtacha koʻrsatkichga ega.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2000-yillarning boshida davlatning demografik rivojlanishni tartibga solish boʻyicha qabul qilgan qonunchilik va tashkiliy chora-tadbirlariga qaramasdan, tugʻilishning umumiy darajasi 20,50 dan 23,66 gacha farq qiladi (2-rasm). Mamlakatimizda “Demografik rivojlanish davlat siyosati”ning ishlab chiqilmaganligi soʻnggi 30 yil ichida aholini umumiy roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi sabab va Oʻzbekiston aholisi holati jiddiy tahlil qilinmaganligi va demografik rivojlanishning istiqbolli prognozlarining yoʻqligi, mamlakatda tugʻilish darajasi oilaning miqdor tarkibi muvofiqlashtirish jarayonlari oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishiga olib keldi. Faqatgina 2017 yildan boshlab jamiyatdagi oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ona va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga qaratilgan milliy urf-odatlarga asoslangan tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatda nisbatan yuqori tugʻilish darajasi mavjudligi quyidagi holatlarga olib keldi: bugungi kunda Oʻzbekistonda mehnat resurslari mamlakat aholisining 57,7 foizini tashkil etadi. Ushbu nisbatning koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Demografik rivojlanish va innovatsion tendensiyalar taʼsirida iqtisodiyotning tubdan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida mehnat bozoridagi vaziyat keskinlashib bormoqda va yaqin yillarda yanada keskinlashishi aniq.
Oʻzbekistonning 2017 yil 1 yanvar holatiga koʻra 18,8 million mehnatga layoqatli resurslaridan 14,6 million kishi iqtisodiy jihatdan faol va 4,2 million kishi iqtisodiy faol boʻlmagan aholi toifasiga kirishadi. Iqtisodiy faol aholi sonining 5,3 mln. kishi yoki 40,2% iqtisodiyotning rasmiy sektorida va 7,9 mln. kishini yoki 59,8% norasmiy ishlab chiqarish sektorida ishlaydi. Bu raqam Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotining bozor tizimini chuqurlashganligi dinamik darajasining hozirgi holatini belgilab beradi va shu bilan birga jamiyatdagi mehnat resurslarini sanoat va hududlar miqyosida taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligi, malakaviy, jinsiy hamda yoshiga doir darajasi boʻyicha jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat berib turibdi .
Oʻzbekiston iqtisodiyoti oldida mehnatga layoqatli aholini bandlik darajasini oshirish uchun prinsipial yangi, innovatsion talablariga muvofiq siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning dolzarb muammolari turibdi. Mamlakatimizda istiqbolda yuqori darajadagi demografik bosimni mehnat bozoriga salbiy taʼsirini eʼtiborga olgan holda iqtisodiy faol aholini ishga jalb qilish borasida davlat dasturlari va tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Yuqorida qayd etilganidek, respublika demografik oʻtishning uchinchi bosqichida, yaʼni yosh aholi tarkibiy tuzilishi hisobiga tugʻilish darajasi va oʻlim koʻrsatkichining pastligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytda aholimiz oʻrtacha yoshi 25,7 yoshni tashkil etadi (erkaklar — 25,2, ayollar — 26,3 yosh). Aholining yillik tabiiy oʻsishi 450-500 ming kishini tashkil etadi. [3.15]. Oʻzbekistonning mehnat bozorini shakllantirishga taʼsir qiladigan yosh tarkibiy tuzilishining oʻziga xos xususiyati 30 yoshgacha boʻlgan aholining katta qismini tashkil etadi.
Demografik jarayonlar uchun yana bir muhim masala — Oʻzbekiston aholisi ulushida pensionerlarning oʻrni asta-sekin oʻsib borishi. Pensiya sohasida mavjud vaziyatga taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillardan biri aholini ish bilan bandlik koʻrsatkichlarida tarkibiy oʻzgarishi hisoblanadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga mehnat resurslarining beqaror rasmiy sohalardan xususiy sektorga oqimi kuchayishi, kichik chakana savdo shaklida ifodalangan norasmiy ish bilan band aholi oʻsishi, asosan qishloq xoʻjaligi sohasidagi norasmiy ish bilan vaqtincha band boʻlganlar va boshqa turdagi xizmat qilayotgan shaxslar kiradi. Ushbu toifadagilar faoliyati asosiy xususiyati — mehnat shartnomalari va ijtimoiy himoya kafolatlarining mavjud emasligi, soliqlarni muntazam toʻlamaslik va ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar hamda Respublika Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga tushmayotgan badallardir.
Yaqin kelajakda respublikada “aholi keksayishi“, yaʼni pensiya yoshidagilarning miqdori 2050 yilga borib ikki baravariga oshishi prognoz qilinadigan hamda bosqichma-bosqich va uzoq muddatli boshqa demografik oʻzgarishlar kutilmoqda. “Aholining qarishi“ demografik jarayoni asosan hozirgi 30-35 yoshdagilarning pensiya yoshiga yetib borishi va ular oʻrniga kelganlar miqdori jihatidan nisbiy kamligi bilan ifodalanadi. Yaʼni, umr koʻrish davomiyligining sezilarli oʻsishi hisobiga emas, balki tugʻilish darajasi kamayganligi sababli, tugʻilishning asta-sekin kamayib ketishi sharoitida aholi reproduktivligini, tugʻilish darajasi va oʻlim darajasi va ularning nisbati, yoshi kattaroq davrda oʻlim darajasining pasayishi bilan bogʻliqdir. Yuqorida keltirilgan demografik tendensiyalar odatda aholi reproduktiv salohiyatiga mos keladi. 2000-yillarning boshlarida tugʻilgan bolalarning avlodi 2023 — 2030 yillari mehnatga layoqatli yoshga kiradi va 1960 yillarning avlodi esa shu davrda “mehnatga layoqatli“ yoshni tark etadi. Bu salohiyatli pensionerlar sonining keskin oʻsishining asosiy sababi hisoblanadi.
Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, mehnatga layoqatli aholi sonining oʻsishi davom etadi (ulush 2020 yilda 10 foizgacha, 2030 yilda 13 foizdan, 2040 yilga kelib esa 15 foizdan koʻp boʻlishi mumkin). Bu oʻsish pensiya tizimi va sogʻliqni saqlash sohasiga demografik “bosim“ni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Oʻzbekistonda 2000-yillarning boshlarida pensiya tizimining faoliyati ish haqining miqdor darajasi pastligi va pensiya miqdori past boʻlishiga qaramay, nisbatan moliyaviy jihatdan yomon holatda emas edi. Bu aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga pensiya va nafaqalarni oʻz vaqtida kafolatli toʻlash imkonini berardi. Oʻsha davrda 1 nafar pensionerga 4 nafardan ortiq ishlovchi toʻgʻri kelib, oʻrtacha pensiya oʻrtacha ish haqining deyarli 39 foizni tashkil etdi (kamida 30 foiz chegara bilan). Iqtisodiyotda bozor mexanizmlari (inflyatsiya jarayonlari, ishsizlikning baland darajasi, norasmiy sektorda ishchilar sonining oʻsishi) sifatida pensiya toʻlovlari bilan bogʻliq pensiya tizimining tashkiliy va moliyaviy holati hamda qonunchilik bazasi tobora keskinlashib bormoqda.
Shunday qilib, soʻnggi yillardagi demografik tendensiyalar Oʻzbekiston aholisining yoshiga doir oʻrtacha qarish koʻrsatkichlarini tezlashtiradi. Bu tendensiya, oʻz navbatida, aholining ijtimoiy himoya va pensiya taʼminoti tizimlarining moliyaviy holatini istiqbolda jiddiy murakkabliklarga duchor qilishi mumkin. Yaʼni, demografik rivojlanishdagi umumiy barqarorlikka qaramasdan, Oʻzbekiston barcha rivojlangan davlatlar singari 2030 yildan boshlab pensiya jamgʻarmasi va sogʻliqni saqlash tizimlariga oʻzining moliyaviy bosimini xavfli kuchayishi davriga kirib boradi.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotimizda va jamiyatimizda quyidagi tashkiliy, qonuniy va moliyaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
Birinchidan, mamlakatdagi aholi tarkibida mehnatga layoqatli darajadagilar miqdori koʻp boʻlishiga qaramasdan ularning oʻrtacha daromad miqdorlari hali baland darajada boʻlmaganligini hisobga olib, pensiya tizimining barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun institutsional, qonunchilik va moliyaviy mexanizmlarni tubdan isloh qilish, shu jumladan, 2026 yildan boshlab pensiya yoshini (ayollarga -60, erkaklarga 65 yosh) bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishish zarur.
Ikkinchidan, aholi turmush darajasi va sifatining oshishi, innovatsion texnologiyalarga xos ish oʻrinlarini tashkil etish va faoliyatini yuritish, ishchi xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish bilan jamiyatda ijtimoiy-mehnat munosabatlarining mazmun-mohiyatini sifat jihatidan oʻzgartirish, aholi hayotining umumiy umr koʻrish davomiyligini koʻpaytiradi. Jamiyatda tibbiy va maʼrifiy xizmatlarning sifatini yaxshilash aholining ijtimoiy va iqtisodiy madaniyatini oshirishga yordam beradi, bu shubhasiz aholining demografik tuzilmasini barqarorlashtirishga va chaqaloqlarning tugʻilish surʼatlarini nisbatan pasayishiga olib keladi.
Uchinchidan, “2050 yilgacha Oʻzbekiston aholisining demografik rivojlanish prognozi“ni ishlab chiqish va milliy maʼnaviyatning tarixiy anʼanalari va urf-odatlari talablarini hisobga olingan holda “Oʻzbekiston demografik siyosati konsepsiyasi“ni qabul qilish, yosh oilalarning reproduktiv salomatligini saqlashdagi salbiy tendensiyalarning oldini olish zarur.
Toʻrtinchidan, Oʻzbekistonda demografik jarayonlarining tezkor kuzatish uchun zamonaviy elektron tizimni yaratish, ularning haqqoniyligini oshirish va umum statistik shakllariga solish uchun 2022 yilda Oʻzbekistonda aholini umumiy roʻyxatdan qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish zarur.
Beshinchidan, mamlakat mehnat resurslarining mavjud potensialini taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish maqsadida “Oʻzbekiston tarmoqlari va hududlari mehnat resurslari balansi“ni tahlilini qilish va 2050 yilgacha boʻlgan mehnat resurslarining prognozini ishlab chiqish.
Oltinchidan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion shakllari va usullariga keng oʻtish istiqbollarini hisobga olgan holda, oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, barcha oliy taʼlim tizimini markazlashtirilgan maʼmuriy tizimdan shartnomaviy ijtimoiy sheriklar shakllariga haqiqiy iqtisodiyot vakillari (universitetlarning buyurtma portfelini shakllantirish), taʼlim sohasida aralash moliyaviy (byudjet, kontrakt va buyurtma) mexanizmni joriy etish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. Boʻriyeva M. P., Oʻzbekistonda oila demografiyasi, T., 1997; Boʻriyeva M. R., Demografiya asoslari, T., 2001; Borisov V. A., Demografiya, M., 1999. Mamlakat Burseva.

  3. R.A.Ubaydullaeva va O.B.ata-Mirzaev demografik jarayonlar va bandlik masalalarini.

  4. B. UMURZAKOV, iqtisod fanlari doktori, professor.

Yüklə 44,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin