Reja: Kirish Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi va falsafiy maktablar



Yüklə 114,68 Kb.
tarix28.12.2023
ölçüsü114,68 Kb.
#200812
2 mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsaf


Mavzu:Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi
Reja:
Kirish
1.Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.va falsafiy maktablar
2.Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti, Sharq mutafakkirlari: Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Faobiy,Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy –axloqiy ta’limotlari
3.Temuriylar sulolasi davri :Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm
4.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgor ijtimoiy- siyosiy fikrlar va o‘zbek falsafasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Yeng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i» da dinni rad etuvchi fikrlar bor.Unda: «O’lganlardan hyech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi.
Yeramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan. Jahon madnaviyati durdonalaridan biri Misr madaniyatidir. Misr mifologiyasida ijtimoiy hayot haqida, hayot ma’nosi to’g’risida fikr ritib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo’lib, shod-hurram yashashga, o’lim vahimasiga tushmaslikka da’vat etganlar. «Nasixatnoma» asarida odamlarni bilim olishga, unga ixlos qo’yishga chaqiriladi. Dastlabki taqvim (kalendar), tibbiyotga doir asarlar misrda paydo bo’lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi.
Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan. Ba’zi Misr yodgorliklarida «inson o’lgach, uning jismi kulga aylanadi», «o’z nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo ishlari bilan shug’ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida (yer.av IV ming yillikning boshlari) quldorlik tuzimining ijtimoiy ziddiyatlari keskin tus oldai. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan Bobilda astronomiya, matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi.
Bobil olimlari algebraning asoslarini, kvadrat va kub ildizlarni chiqarishni bilganlar, astronomlar osmon yulduzlari kartasini chizganlar. Er. Av. II asrda yashagan Bobillik Selevka hatto olamning geliosentrik tuzilishi haqida faraz qilgan.
Byuobilda dastlabki falsafiy fikrlar 6 ming yil muqaddam boshlandi. O’sha davrlarda «Gilgamesh haqidagi doston», «Adapa» doston, «Xujayinning qul bilan suhbati» badiiy asari juda katta shuhrat qozondi. Bu asarda diniy qarashlar qattiq tanqid qilindi. Bu asar Bobilda qulchilik rivojlangan paytda jamiyatning bir tomonda boylik, ikkinchi tomonda ochlik, qashshoqlik o’sgan bir paytda vujudga kelgan. Bu yodgorlikda qul donishmand, hayotining mazmunini to’g’ri tushunadigan qilib tasvirlangan. Unda xudo yo’liga qilinadigan qurbonliklarning xojati yo’q, chunki xudo ovqatga muhtoj emas, deb diniy-mifologik qarashlar ustidan kulinadi.
Oxirat, jannat kabi diniy fikrlar rad etiladi. Teksda qo’yidagi fikrlarni o’qiymiz: «Tepalikka chiqib qarigin, shaharlardagi vayronliklarni ko’rgin, o’lgan va oddiy odamlarning kalla suyagiga nazar tashlagin. O’lim hammani baravar qilgan, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi».
Qadimgi Hindiston falsafasi Hindiston hududida topilgan eng qadimgi yozma yodgorliklarga (2500-1700 yy) asoslanadigan antik falsafa shakli. Qadimgi hind jamiyati hayot haqidagi ilk manba Vedalar hisoblanadi. Hindistonning qadimiy gimni, falsafiy qarashlari uning madaniy merosining yozma yodgorliklarida, asosan 4 vedada (bilimlar, diniy gimnlar, qo’shiqlar to’plami) o’z ifodasini topgan. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo’lib, eramizdan taxminan 1500 yil oldin maydonga kelgan. Qolganlari esa Yajurveda, Samaveda va Atxarvavedalardan iborat. Eramizdan 1000 yil oldin Upanishad (maxfiy ta’limot) oqimi vujudga kelib, uning ijodiy mahsullikda, deb tushuntiradi. Upanishadlar falsafasining mohiyati shundaki, u jonni ruh bilan tenglashtiradi. Upanishadlarcha, tan jonning qobig’i bo’lib, jon esa – dunyoviy ruhning bir bo’lagidir. Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan insonni o’rab turgan borliq, uning hayotidagi o’rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Jaynizm (hindcha «jinna» - «g’olib») – eramizdan avvalgi 1-yillik o’rtalarida qadimgi Hindistonda yuzaga kelgan va olamning asosida ikki ibtido: materiya va jon yotadi, deb hisoblaydigan ta’limot. Jaynizm ta’limotiga ko’r. Insonning asosiy maqsadi tashqi olam xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson tabiati ham moddiy, ham ruhiydir. Jon bir vaqtning o’zida nafis jon (jiva) va dag’al materiya (ajiva)ning birligidan iborat. Jaynizmda dunyoning tuzilishi va mohiyati haqida turli g’oyalar ilgari surilgan. Bu dunyo abadaiy, u hech kim tomonidan yaratilmagan va u yo’q qilib tashlanmaydi. Olamda ketma-ketlik tartibi mavjud: quyi dunyoda jinlar va gunohkorlar yashaydi, o’rta dunyo – biz yashab turgan dunyo, keyingi – xudolar dunyosi va undan yuqorida xudolarga o’xshashlar dunyosi joylashgan1.
Hinduizm – hindistonda tarqalgan din. Hinduizm ta’limoti verdizm va baraxmanizm g’oyalarining evolyusiyasi natijasida mil.av.2-ming yillikning o’rtalarida paydo bo’lgan. VIII-asrda Hindistonda islom dinining taraqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «hindu»lar deb atay boshladilar. Hinduizm ibtidoiy dinlarning ko’p unsurlarini saqlab qolgan: muqaddas hayvonlar, tabiat hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig’inish va hakozo. Hinduizm yagona cherkov tashkilotiga ega emas. Uning paydo bo’lishini biror konkret asoschining nomi bilan bog’lamaydilar.
Buddizm (Budda nomidan olingan) – diniy falsafiy ta’minot, vujudga kelishi jihatidan birinchi jahon dini. Buddizm asoschisi – shahzoda Siddxartxa Gautama (mln.av. 567-488 y.) vafotidan so’ng «haqiqat natijalari» - budda deb atala boshlagan. Yagona ta’limont sifatida shakllangan budizm dastlabki asrdayoq 18 ta maktabga bo’linib ketgan. Bir nechta saborlarda uni birlashtirishga urinish natijasiz yakunlangan. Milodning I-asrida buddizm xinoyana 9kichik aravacha yoki najot topishning keng yo’li) oqimlariga bo’linib ketadi. Hozirgi davrda buddizmga e’tiqod qiluvchilar soni 400 mlndan ziyod oshib ketdi.
Chorvaka-lokayata – miloddan avvalgi VII asrda Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy maktab. Chorvaka-lokayata maktabining asoschisi-donishmand Brixaspatidir. Chorvaka so’zining lug’aviy ma’nosi to’rt unsur, «loka» so’zining lug’aviy ma’nosi-bu dunyoda, ya’ni moddiy dunyo. Bu ikki ta’limotning mazmuni bir bo’lgani uchun «chorvaka-lokayata» deb atala boshlandi. Olam asosida to’rt unsur yotadi. Brixapati ta’limotiga ko’ra, biz yashab turgan moddiy dunyodan boshqa dunyolar yo’q. Inson ham ana shu to’rtta unsurdan tashkil topgan. To’rt unsurni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Ular hyech kim tomonidan yaratilmagan. To’rtta unsurning turlicha birikishi orqali organizm, noorganik moddiy narsalar va hodisalar tashkil topadi.
Chorvaka-lokayataning ta’kidlashicha, insonda hissiy bilish muhim kasb etadi. Agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda, olam haqida bilimga ega bo’lmagan bo’lar edik, deb ta’kijdlashardilar. Ular aqliy bilishni ham tan olganlar. Lekin aqliy bilish hissiy bilishdan kelib chiqadi deb o’qtiradilar.
Qadimgi Markaziy Osiyo zaminida dastlabki falsafiy fikrlar mil. avv. VIII-V asrlarda shakllangan. Qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi boy ma’naviy merosga, ijtimoiy qarashlarga, jamiyat to’g’risidagi tasavvurlarga, insonning kelib chiqishi borasidagi fikrlarga ega bo’lgan. Bu xalqlar doimo o’z xalqi ozodligi, erki, farovon turmushi, insonlar baxtli hayoti uchun kurashib kelgan. Masalan, To’maris, Shiroq kabi qahramonlar butun umrini o’z xalqi uchun baxshida etganlar.
Miloddan avvalgi VII- III ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Zardushtiylik dini ijtimoiy hayotning barcha sohalariga keng kirib borgan. Bu davrda Turonda ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topdi. Ayniqsa, bu paytda zardushtiylik va u bilan bog’liq bo’lgan dualistik dunyoqarash keng tarqalgan edi. Zardo’shtiylik faqat din bo’lib qolmay, balki o’sha davr mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida yuzaga keldi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” bo’lib, unda jamiyat va insonlarning kelib chiqishlari to’g’risida fikrlar bildirilgan. Zardo’shtiylik dinining ushbu kitobi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan.
Zardushtiylikda insonlar axloqiy-ijtiomiy ahamiyatga ega bo’lgan “ezgu fikr”, “ezgu so’z” va “ezgu amal”ga rioya etishgan. “Avesto”da mehnat inson kamoloti va axloqiy sog’lomligining manbai sifatida ulug’lanadi. Zardo’shtiylik axloqi nuqtai nazaridan saxovatli bo’lish uchun inson birinchi galda halol mehnat qilishi, o’z qo’li bilan mahsulot yaratishi lozim. Shu boisdan Zardo’shtiylik dinida ishyoqmaslik hamma nuqsonlarning koni, deb qoralanishi bejiz emas.
Zardushtiylikdan keyin Markaziy Osiyoda II-III asrlarda rivojlangan ta’limot Monizm hisoblanadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy (216-276 yillar) bo’lib, u insonlar turmushi, hayoti va ijtimoiy masalalarga bag’ishlangan bir qancha risolalar hamda kitoblar yozib qoldirgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Hatto u insonlar bilim olishi uchun «Moniylik yozuvi» alifbosini ham tuzgan. O’zining ijtimoiy qarashlarida jamiyatdagi adolat, erkinlik, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni ulug’laydi. Uning ta’limoticha, insonlar hayotiga nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik hukmronlik qiladi. Ammo inson o’z hayoti davomida yaxshilikni yomonlik ustidan hukmronlik qilishini ta’minlaydi, deydi. Monizm ta’limoti o’zida asosan oddiy xalq ommasi manfaatlarini himoya qilgan bo’lib, jamiyatdagi barcha mol mulkka ega bo’lgan boylarga qarshi edi. Shu sababdan uning ta’limoti o’sha davrdagi hukmron mafkura tomonidan tazyiqqa uchradi. V-VI asrlarda Markaziy Osiyoda zardo’shtiylikka qarshi qaratilgan ta’limot Mazdak (470-529 yillar) boshchiligidagi Mazdakizm ta’limoti edi. Bu ta’limotning asosiy negizini ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Uningcha, dunyodagi yovuzlik insonlarni boy va kambag’al bo’lishidir. Shu tarzda jamiyatda ijtimoiy adovatlarga qarshi kurash insonlar o’rtasida turli urushlar, bir-birlarini ko’ra olmasliklar yuzaga keladi. Bunday hayotni bartaraf etib, barchani jamiyatdagi tengligini ta’min etish lozim. Hamma insonlar tenglik mafkurasiga amal qilsinlar. Bu tenglik insonlar barcha moddiy boyliklarga bir xilda egaligini ta’minlashi zarur, deydi. Bu ta’limotning asosiy negizini «tenglik» g’oyasi tashkil etgan. Shu boisdan Mazdak ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi kurashish birinchi o’rinda turgan.
Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta’limotida umum insoniy qadriyatlarning Xitoy xalqi turmush tarzda namoyon bo’lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezoniylar aks etgan. Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi-taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai-nazariga ko’ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «lu» tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib duyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib-insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfutsiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta’limotida insonninghayotidagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’rishi lozim.
Qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan bir Lao Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, «Si», ya’ni beshta unsur-olv, suv, havo, yer va yog’och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hyech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harkatsiz holda bo’lishi mumkin emas. Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi.
Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faoliyat olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»dir. Qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «Qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, Qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan. Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari va sahobalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to’g’risida hikoya qilinadi. Hadisi Shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish asosan payg’ambarimiz vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Islom olamining o’sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog’dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda Hadis fani bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan va ular Hadis to’plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng ishonchli sanalganlari 6 ta bo’lib, bularni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan islom dinini targ’ibotchilaridan va Hadis ilmining mukammal sohiblaridan biri Imom al-Buxoriy (809-869 yillar) dir. O’zining «Al jome’ as-saxix» nomli hadislar to’plamida insonlarni poklikka, kamtarlikka, ogohlikka, mehnatevarlikka chorlovchi hadislarni to’plagan va ayni paytda hadislarning mashhur targ’ibotchisi hamda hadis ilmidan dars beruvchi bo’lgan. Uning shogirdlaridan Shayx ibn Muhammad Yusuf Al-Farobiy shunday ma’lumot beradi. Imom Buxoriyni «Al jome’ as-saxix»larini o’zlaridan 90000 kishi eshitgan ekan.
Yana bir shogirdining aytishicha, Imom Buxoriyning Bog’doddalik vaqtidagi darslariga men ham qatnashardim, shunda 20000 dan ortiq talaba hozir bo’lar edi, deydi. Buxoriy odamlarning bir-birlariga o’zaro mehr-shafqatli, inoq bo’lishlarini ta’kidlab, bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kishilarni inson tanasini a’zolariga o’xshatadi. U shunday deydi: «Mo’minlar o’zaro do’stlik, mehr va shafqatda xuddi inson tanasidagi a’zolarga o’xshaydilar, zero, uning biror a’zosi og’rigudek bo’lsa, boshqa a’zolari ham bedor va lahos bo’ladilar». «Al jome’ as-saxix» asarida hadislardan tashqari insonlarning kelib chiqishi, jamiyat rivaojanishi uchun zarur omillar, davlatni boshqarish yo’llari, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya masalari keng yoritib berilgan.
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Siyosat falsafasi, (Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o’ringa qo’ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Forobiy fikricha, borliq 6 bosqichdan iborat. 1. Birinchi sabab ya’ni xudo. 2. Ikkinchi sabab, ya’ni osmoniy jismlar. 3. Uchinchi sabab, ya’ni faol aql. 4. To’rtinchi sabab, ya’ni jon. 5. Beshinchi saba, ya’ni shakl. 6. Olimnchi sabab, ya’ni materiya., Forobiy insonlar jamoasi haqida gapirib jamoani uchga ajratadi.
1. Katta jamoa bo’lib, unga yer yuzida yashaydigan barcha insonlar kiradi.
2. O’rta jamoa hisoblanib, bunga bir ma’lum xalq taalluqli.
3. Kichik jamoa, ya’ni ma’lum bir shahar kishilaridan iborat bo’ladi.
Forobiy ijtimoiy qarashlarida fozil va johil shahar haqidagi qarashlarini aytib o’tadi. Uningcha, fozil shahar boshlig’i har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs bo’lmog’i lozim. U o’zida 12 ta ijobiy fazilatlarni mujassamlashtirgan bo’lishi kerak deb, ularni birma-bir ko’rsatadi:

  1. Fozil shahar hokimi jismonan sog’lom bo’lishi;

  2. Nozik farosatli bo’lishi, suhbatdoshning so’zlari va fikrlarini tez ilg’ab olishi;

  3. Xotirasi mustahkam bo’lishi;

  4. Zehni o’tkir va zukko bo’lishi;

  5. Chiroyli so’zlaydigan notiq bo’lishi;

  6. Bilimga va ma’rifatga havasli bo’lishi;

  7. Ochofat bo’lmasligi, nafsini tiyadigan bo’lishi;

  8. Haqiqatgo’y bo’lishi;

  9. Nomus oriyatli odam bo’lishi;

  10. Molu-dunyo izidan qo’vmaydigan bo’lishi;

  11. Adolatparvar bo’lishi;

  12. Qa’tiyatli va jur’atli bo’lishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o’zgarish va rivojlanishda bo’ladi, materiya narsalar shaklini o’zi yaratadi va o’zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Uning fikricha, materiya hamma narsalarni yaratadi, ular bir shaldan ikkinchi shaklga o’zgaradi. Tabiat doimo to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda. Beruniy ijtimoiy-siyosiy qarashlari Forobiynikiga o’xshab ketadi. U o’zini axloq falsafasiga katta e’tibor beradi. Unga ko’ra, mardlik, jasarat faqat o’zini emas, boshqalarni ham o’ylashdir. Kerak bo’lganda boshqalarga ham yordam berishdir. Beruniy falsafasicha, insonlar ichki va tashqi poklikka ahamiyat berishlari lozim. Uningcha, ichki poklikning kaliti yaxshi niyatdir. Inson o’z tashqi qiyofasina o’zgartira olmasada, u o’zini tarbiyalay oladi, ichki va tashqi jihatdan pok bo’ladi, deydi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037). O’rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avisenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yakzon”ayniqsa keng dovruq qozongan. Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo’lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot obyektlariga ko’ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino kishilarni jamiyatda o’z o’rinlarini topishga chorlab, «Risolatut tayr» («Qush risolasi») asarida shunday yozadi: «ey birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o’z birodari uchun ko’nglidagi samimiylikdan (to’sqinlik) pardasini ochib tashlasin. Shunday qilinglarki, birodaringiz sizlardan (o’zi bilmagan) ba’zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa) ba’zi narsalarni o’rganib o’zini kamolotga yetkazsin».
. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish jarayonida asablar muhim rol o’ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni insonning boshqa a’zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o’tkazgichlar bo’lib xizmat qiladi2. Umumiy ma’lum tasavvurga ko’ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi3. Ko’rib turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo’l bilan tushuntirishga harakat qiladi. Tasavvurni Ibn Sino O’rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning falsafiy merosini qiyosiy o’rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda u asosan yagona yondashuvga tayanganini ko’rsatadi. Ibn Sino tasavvurning kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi4.
Tasavvuf (ya’ni sufizm-arabcha «suf»-jun) serqirra va murakkab oqim bo’lib, musulmon Sharqida VIII-XIV asrlarda rivojlandi. Tasavvuf g’oyalarining jamiyatda keng miqyosda amal qilishi bevosita insonparvar shoirlarning hayotga nisbatan kuchli ehtiroslarini vujudga keltirdi. Tasavvufning poklik, ilohiy ishq, zohidlik haqidagi haq va haqiqat, ajib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish g’oyalari she’riy misralarga aylandi.
Sufiylikning qoidasi shunday iboratki, kambag’allik uning bezagi, sabr-toqat uning naqshi, qanoat qilish uning oti, ishonch uning qadr-qimmatidir. Tasavvufning muhim xususiyati xudo va insonning birligidir. Xudo hamma ko’rinadigan narsalarda mavjud, narsalar esa, o’z navbatida xudoda mavjuddir. U dunyoviy ruh shaklida butun olamga tarqalgan. Inson ana shu ruhning bir qismi, ertami-kechmi u bilan qo’shiladi. Bu qo’shilishda 4 ta asosiy bosqich bo’lib, bular shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatdir.
Tasavvufda 3 ta yirik tariqat mavjud. 1. Yassaviya tariqati. 2. Naqshbandiya tariqati. 3. Kubroviya tariqati.
Yassaviya tariqati. Axmad Yassaviy (1041-1167) Sharqning mashhur tasavvufchi olimidir. Yassaviy jamiyatda tasavvuf g’oyalarini targ’ib qilib, aholining turli qatlamlari orasidan o’ziga shogirdlar, muridlar topadi. Bu tariqatda sufiy bo’laman degan kishi boshqalardan uzoqda, o’zi alohida yashashi kerak. U faqat xudoga ibodat qilishi lozim. Shundagina sufiyda insofga, adolatga, halollikka intiladi, xilvat va uzlatda yashaydi. Ahmad Yassaviy o’z «Hikmat»larida insonni ulug’laydi, kishilarni zulmdan, adolatsizlikdan saqlashga intiladi. Xalq ommasining xarihohligini o’ziga qaratib, o’zining pokiza fikrlari, adolatparvar g’oyalari bilan barchani obro’siga erishadi. Ayni paytda odamlarni sabr-toqatda bo’lishga, taqdirga tan berishga chaqiradi, oxiratni o’ylashni nasihat qiladi. Yassaviy fikricha, inson hayoti qanchalik qiyinchiliklarga, mashaqqatga va kulfatlarga to’la bo’lmasin, u hamisha komillikka intilishi kerak.
Kubroviy tariqati. Tasavvufning yirik vakillaridan bir Najmiddin Kubro (1145-1221) bo’lib, insonlarni vatanparvar bo’lishga chorlaydi. U shariat va tariqatning buyuk donishmandi bo’lgani uchun Kubro (ulug’larning ulug’i) va «Najmiddin» (dinning yulduzi) degan laqablarni olgan. Uning ta’limoti axloqiy poklik, mardlik, jasurlik g’oyalariga asoslangan. U xudoni sevish insonlarni baxtli hayotga chorlaydi, hamma shu yaratganning marhamati bilan o’zini kimligini, qaysi jamiyat vakili ekanligini anglab yetadi, deydi. U insonni «kichik olam» deb ataydi. Kubro ranglarning inson ruhiyatiga kuchli ta’siri borasida fikr yuritadi. Xilma-xil ranglar moddiy olam o’zgarishlari, rangsizlik – xudo olami belgisi deydi.
Naqshbandiya tariqati. Bahovuddin Naqshband (1318-1389) o’z tariqatida insonlar Allohga yetishish uchun to’g’ri va adolatli yo’lni tanlashi, jamiyatda halol yashashi, bu hayotda shod, xurram, baxtiyor kun kechirishi kerakligini aytadi. Bu tariqat markazida axloq va va xulq odob qoidalariga izchil amal qilish turadi. Insonlarni halol va pok bo’lishga, o’z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga yordam berishga, kamtar va sofdil bo’lishga da’vat etadi. Naqshband har bir inson jamiyatda o’zini o’rnini topa olsin, jamiyat a’zolari bilan yashasin, deydi. Uning asosiy qoidasi «Dil ba yoru, dast ba kor» hisoblanib, bu qoidaga amal qilgan Naqщband otasi bilan birgalikda temir va mis buyumlarga turli naqshlar bitgan. Shu tarzda «Naqshband» taxallusi kelib chiqqan.
Tasavvufning muhim ideallarini Alisher Navoiy so’z san’ati orqali ifodalashga harakat qildi. Unda sufiyona g’oyalar ilgari suriladi va so’z go’zalligi vositasida Olloh nigohi namoyon bo’lishini aytadi. Navoiy Ollohga bo’lgan ishqni gul so’zi asosida tushuntirishga intilib: «Mening ko’nglim, qalbim sening gul yuzing yashnab turadigan gulshan bo’lsin, qading niqoli jonim o’rtasida alifday tursin». Yoxud: «Sening gulday diling joyi mening ko’nglim, uning ko’ngil yaralariga davo, u qalbim gullarini yashnatadi. Go’zal surating, baland, zebo qomating jonim ichida. Bu yerni o’zingga makon qil».1 Navoiy bu g’oyalari orqali Ollohni chiroyli, go’zal so’zlar vositasida ifodalab, yor vasliga sufiyona yetishishga harakat qildi. U yor ishqiga sadoqatidan ilhomlanib, o’z dardini Ollohga oshiqlik deb bildi.
Tasavvuf estetikasini nozik jabhalarini Mirzo Bedil iborali va ibratli so’zlar bilan tavsif qildi. Bedil sufiy darajasiga yetishishda sof ruh qalbda hukmron bo’lishi kerak. Bu ruh nafosat va latofatga boy hayot manbai. Ana shu ruhning tiniq va shaffof ilohiy nuri kishi dilini yoritadi. Ollohga bo’lgan pok va sof beg’ubor tashnalikni qondiradi. Shu tarzda sufiy o’z madaniyati va ma’naviyatini doimo aql bilan boshqarishga intiladi, deydi. Sufiyning estetik olami bu-yezgulik, go’zallik, shirin so’zlik, nazokatlilik, go’zal qalb, go’zal xulq-atvor, go’zal g’oya va go’zal so’z ozuqasi bilan namoyon bo’ladi. Bular barchasi sufiyni Ollohga yaqinlashishi va uning jilvasini ko’rishga yordam beruvchi omillar ekanini ta’kidlanadi.
. bu davrda A.Temur, M.Ulug’bek, A.Navoiy, A.Jomiy, Z.M.Bobur va boshqa bir qancha allomalar jamiyat rivoji borasidagi ijtimoiy masalalarni o’rtaga tashladilar.
XIV asrning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, davlatni qurish, jamiyatni huquqiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, insoniyat taraqqiyotiga yangi sivilizasiyani olib kirishda Amir Temurning hissasi katta bo’ldi. U o’zining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini aytar ekan, men markazlashgan mustaqil davlat tuzishda va uni boshqarishda shior qilib olgan 12 ta tuzuklarimga amal qildim, deydi. «Temur tuzuklari»da «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim, gunohkorlarga ham rahm qilib haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim» degan so’zlarni o’qiymiz.
Temur o’z davrida davlatni boshqarish ishlarida bevosita o’tmishda mavjud bo’lgan davlatlar va podshohlar hayotini ham o’rganib chiqqanligini aytadi. Bu haqda shunday deydi: «Hayotni ko’p issiq sovug’ini ko’rib ulardan saboq olib tajribamni oshirdim. Shuning uchun do’st-dushman bilan kelishib yashadim. Odam Atodan boshlab Hotam ul an biyogacha, ulardan hozirgi damgacha o’tgan sultonlarning qonunlari, turish-turmushlari, qilish - qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib unga amal qildim. Davlatning tanazzulga uchrashi sabablarini surushtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim».
Temuriylar davrida ijtimoiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan davlat arboblaridan bir Mirzo Ulug’bekdir. O’z davri fani va madaniyati, jamiyat rivoji uchun ko’plab dunyoviy bilimlarni xalqqa yetkazib berdi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti yosh avlod qo’lida ekanligini chuqur anglab yetib, yoshlar barcha egallagan bilimlarini mukammallashtirib borishi, ularni hayotga tadbiq etishlari, jamiyat farovonligi uchun qayg’urishlari, doimo kasb va hunar egallashga intilishlari lozimligini uqtiradi. Uningcha, har bir inson o’z o’tmishi, tarixini yaxshi bilishi, qolaversa, kelajak haqida o’ylashi lozim. U o’zining «Ziji Ko’ragoniy», ya’ni “Yulduzlar jadvali” nomli asarini yozdi. Bu kitobda jahon xalqlarining har xil hisoblaridagi eralar va ularning munosabatlari, vaqtni aniqlansh, quyosh va oy tutilishlari, yulduzlar va sayyoralarning harakatlar va boshqalar to’g’risida fikr yuritadi. U bir yilda 365 kun 6 saot 46 soniya borligini bundan 600 yil oldin aytib o’tgan.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkuri taraqqiyotida Boboraxim Mashrab (1657-1711 yil) qarashlari alohida ahamiyatga ega. U o’zining «Devonai Mashrab» deb nomlangan asarida insonlar g’am-tashvishlari, dard-alamlarini kuyladi. Mashrab she’rlarida jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy adolatsizliklarni qoraladi. Uning insonparvarlik so’zlari jamiyatdagi hukmdorlarga, shariat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. Jamiyatdagi tengsizlik, haqsizlik kabi illatlarni qoralab, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni barchasi oddiy xalqni og’ir ahvolga solib qo’yishini aytadi.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) falsafiy qarashlarini bayon etar ekan, avvalo, barcha narsalar 4 unsur (tuproq, suv, havo va olov)ning qo’shilishidan kelib chiqqanligini aytadi. Bu unsurlarni birikuvi noorganik tabiatning, keyinchalik o’simlik olamining kelib chiqishi, o’simlikning rivojlanishi bilan hayvon kelib chiqishi sodir bo’ldi. Undan keyin so’zlashishga o’rganib inson paydo bo’ldi, deydi. Shu tariqa anorganik, organik tabiat, hayvonot olami va insoniyat o’rtasidagi o’zviy aloqa borligini ko’rsatadi. Bedil inson agar o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadi deydi. Ayniqsa bu holat ko’pincha tarki dunyo qilganlar, gadoylar o’zlarini turli qiynoqlarga soladilar, o’z tanalarini murdaga aylantirib, o’zlarini o’zlari xor qiladilar. Bunday kishilarni ko’z oldilarida parilar, jinlar namoyon bo’ladi, natijada ular aqldan ozib qoladilar, deydi.
XIX asr adabiy merosiga katta hissa qo’shgan shoira Nodira (1792-1842) she’rlarida insonni ulug’lovchi g’oyalarni maydonga olib chiqdi. Nodira o’z she’rlarida inson va uning tabiatiga bog’liq fikrlarni, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur omillarni, insonlarning og’ir turmushini ko’yladi. Uning fikricha, inson olamdagi barcha mavjudotlarning eng oliysi, ham eng ulug’i hisoblanadi. Shu boisdan inson bu dunyoni go’zal etuvchi, hayotni sevgi-muhabbatga to’ldiruvchidir. O’z she’rlarida xalq ahvolidan xabar olmagan xonlarni, sultonlarni soxta obru-ye’tiborlarini namoyish etdi. Nodira insonlar, shohlarni boylikka hirs qo’ymaslikka da’vat qildi. Uning insoniylik, muhabbatning mavjudligi insonning haqiqiy inson ekanligini bildiradi. Xalq dardi, el-yurt istiqboli tashvishlari bilan yashagan alloma Axmad Donish (1827-1897) «Buxoro amirlari tarixi» asarida o’sha davr ma’naviy va madaniy hayotini aks ettirdi. U Buxoro xalqi hayoti bilan Rossiya xalqi turmushini solishtirib, o’z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha orqada qolganligini ko’rsatib berdi. U Buxoro davlat tizimini isloh qilishi g’oyasini ilgari surdi. Donish o’zining isloh loyihasi bilan amirga murojat qildi. Bu murojatda «Davlat bir guruh kishilar emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerak» degan g’oyani asosladi. Bu fikrlarni amir rad etdi. Donish fikricha, mamlakatni boshqarishda hukmdor muhim ishlarni o’z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi lozim. A.Donish ma’rifatparvar kishi sifatida mamlakatni aqlli, dono odamlar boshqarganda, davlat taraqqiy qilishi mumkin, deb o’ylaydi. Keyinchalik A.Donish hayotiy tajribalar ostida donishmand va odil hukmdorga umid bog’lash fikridan qaytdi.
Turkistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar XIX – XX asrlarda jadidchilik asosida shakllandi. Jadid so’zining ma’nosi yangi degani. Jadidchilik xalqning milliy ongini o’stirish, o’zligini anglash, ma’rifatparvar g’oyalarni ilgari surishga qaratilgan edi. Jadidchilik harakatining asoschisi qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali edi. U 1884 yilda Qrimdagi Bog’chasaroy shahrida birinchi jadid maktabiga asos soladi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu yaratgan darslik asosida 40 kunda bolalarni savodini chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan juda katta shuhrat qozondi. Gaspirali g’oyalarini xalqqa yetkazib berishda o’sha davrdagi «Tarjimon» gazetasining xizmati katta bo’ldi.
Tarixda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan gurkiragan O’rta Osiyoda XVII asrdan bshlab iqtisodiy haribiy sohalarda Yevropa mamlakatlariga nisbatan ijtimoiy-passivlik kuzatiladi. Turkistonning ijtimoiy-tarixiy va siyosiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi jarayonlar davom etadi. Bir tomondan markazlao’gan yagona davlatni barpo etish harkati ikkinchi tomondan esa, mayda davlatlar mustaqilligini tiklash va uni saqlab qolishga bo’lgan syeparatistik ayfiyatlar avj oldi.
Mustaqil davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi)ning mavjudligi islomning mintaqa xalqlari ijtimoiy hayotidagi mavqyeini yanada kuchaytirdi. Bu o’ziga xos ruhiy-ma’naviy jarayon, o’z navbatida, mutafakkirlarning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, axloqiy, estyetik qarashlarida, ular asralarida yaqqol ko’zga tashlanadi. XX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasining Rossiya impyeriyasi tomonidan zabt etilishi natijasida turkiy xalqlar davlatchiligi asoslarining ba’zi zaif qirralari yaqqol syezildi. Tub iqtisodiy, ma’rifiy islohotlarni amalga oshirish zarurligi o’qimishli kishilarga ayon bo’lib qoldi. Turkistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar XIX – XX asrlarda jadidchilik asosida shakllandi. Jadid so’zining ma’nosi yangi dyegani. Jadidchilik xalqning milliy ongini o’stirish, o’zligini anglash, ma’rifatparvar g’oyalarni ilgari surishga qaratilgan edi. Jadidchilik harakatining asoschisi qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali edi. U 1884 yilda Qrimdagi Bog’chasaroy shahrida birinchi jadid maktabiga asos soladi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu yaratgan darslik asosida 40 kunda bolalarni savodini chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan juda katta shuhrat qozondi. Gaspirali g’oyalarini xalqqa yetkazib byerishda o’sha davrdagi «Tarjimon» gazyetasining xizmati katta bo’ldi. 1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo’ladi. Odamlarga jadid maktablarining mohiyatini tushuntirib byeradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi ochadi. U ketganidan keyin bu maktabni amir yana yopib qo’yadi. 1904 yilda Gaspirali yana Buxoroga keladi va amir bilan muzokara olib borib, ushbu muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi.
1898 yilda Qo’qonda Salohiddin Domla boshchiligida jadid maktabiga asos solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi. Turkistonda jadidchilik harakati boshida M.Byehbudiy, A.Avloniy, Fitrat, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar kishilar turishgan. SHunday qilib, XX asrning boshlarida jadidlar CHor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi siyosiy kuch sifatida tarix sahnasiga keldi. Taraqqiyparvar ziyolilar, ya’ni jadidlarning ongini o’sishida, dunyoqarashining yuksalishida Bog’chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «YUlduz», «Vatan» jurnallari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Turkiston jadidlarining 1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshyed» gazyetalari o’zbyek tilida chiqadi va ko’p o’tmay hukumat tomonidan to’xtatilib qo’yadi. Turkiston jadidlarining ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3ta yo’nalish bor edi. 1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo’ladi. Odamlarga jadid maktablarining mohiyatini tushuntirib beradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi ochadi. U ketganidan keyin bu maktabni amir yana yopib qo’yadi. 1904 yilda Gaspirali yana Buxoroga keladi va amir bilan muzokara olib borib, ushbu muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi.
1898 yilda Qo’qonda Salohiddin Domla boshchiligida jadid maktabiga asos solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi.
Turkistonda jadidchilik harakati boshida M.Behbudiy, A.Avloniy, Fitrat, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar kishilar turishgan. Shunday qilib, XX asrning boshlarida jadidlar Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi siyosiy kuch sifatida tarix sahnasiga keldi. Taraqqiyparvar ziyolilar, ya’ni jadidlarning ongini o’sishida, dunyoqarashining yuksalishida Bog’chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «Yulduz», «Vatan» jurnallari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Turkiston jadidlarining 1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshed» gazetalari o’zbek tilida chiqadi va ko’p o’tmay hukumat tomonidan to’xtatilib qo’yadi. Turkiston jadidlarining ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3ta yo’nalish bor edi.

  1. Yangi usul maktablari tarmoqlarini kengaytirish

  2. Iqtidorli yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish

Turli ma’rifiy jamiyatlar tashkil etish edi.
XX-XXI asr o’zbek falsafasi. XX asr o’zbek falsafasi kam o’rganilgan ziddiyatli davrni qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo’lmagan, u davrda intellektual hayot o’lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina o’zlarining g’oya va qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto’g’ri fikr. Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati jamiyatni ma’rifat orqali yangilash g’oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o’qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o’zlarining munosib hissasini qo’shganlar.
1917 yilda bolsheviklar partiyasi g’alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O’zbekistonda falsafiy fikr rivoji to’xtab qolgan emas. Falsafaning fidoyilari yangi qaror topgan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko’p sinovlardan o’tishlari lozim bo’ldi. Ayrim ziyolilar chet elga qochib ketdilar, ko’pchilikda esa marksizm g’oyasining haqiqiy insonparvarligiga qat’iy ishonch shakllandi va shu bois shu yo’nalishda faoliyat olib bordilar. Biroq muayyan darajada sovet mafkurasi ta’siri bo’lsada, o’tgan asrda o’zbek falsafasi to’rt yo’nalishda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti, viloyatlar oliy o’quv yurtlari falsafa bo’limlari, O’zbekiston falsafa jamiyati va O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati faoliyatida namoyon bo’ldi va olimlar o’z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifoda eta oldilar. Darhaqiqat I.A.Karimov aytganlaridek, “Odam qancha chuqur bilimga ega bo’lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda bo’layotgan voqyealarni to’g’ri anglay olsa, shundan keyingina unda g’urur-iftixor bo’ladi. Shundagina, juda murakkab, tahlikali davlarda ham ko’pchilik unga murojaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so’raladi – avvalombor, salohiyatli odamdan, katta falsafiy bilim va intellektual bilimga ega bo’lgan kishidan.”5. Shunday ekan, O’zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mohiyatini tushuntirishda yurtimiz olimlarining xizmati ham katta.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o’quv mashg’ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo’ldi. 1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. Shu yillari kafedrada N. Kosenkov, L.Ye.Garber, A.T.Ayupov, V.S.Nikitchenko, K.S.Sadыkov, X.U.Umarov, K.M.Maxmudov, X.J.Jalilov, A.M.Vaysman, V.Daliyevlar, shuningdek o’rindoshlik asosida I.M.Mo’minov, J.M.Babayevlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borganlar. 1944 yilda Dialektika va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan “Falsafa” kafedrasi negizida 1962 yilda “Ilmiy kommunizm”, 1967 yilda “Tabiiy va gumanitar fakultetlar falsafa” kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib bordi.
1960 yillarda kafedrada 45 ta professor-o’qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa mutaxassisligi bo’yicha universitetning o’zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo bo’lgan. Professor A.Ayupov, V.S.Nikitchenko, H.Umarov sa’y harakatlari bilan oliy ta’lim vazirligida bu masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning tarix fakultetida 1963-1964 o’quv yilidan boshlab falsafa bo’limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O’quv rejasi asosida respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni boshlangan. Shu yillarda ilmiy ishlar rivoj topib yuqori malakali kadrlar yetishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar fakultetlar “Falsafa” kafedrasini boshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dosentlar G’.Shoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadыkov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo’limi, keyin falsafa fakultetining milliy kadrlarni tayyorlash faoliyatida katta rol o’ynadilar. O’sha yillarda falsafa bo’limi professor-o’qituvchilari nafaqat o’quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning “Ilmiy bilishda sababiylik tamoyili” nomli monografiyasi, professor L.Ye.Garber, A.T.Ayupov, U.Xaydarov, B.To’ychiyev, V.G.Chernыxlarning “Ilmiy bilish mantig’i va metodlari”(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.Yu.Yusupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o’zlarining munosib hissasini qo’shganlar. Shu yillar davomida J.Babayevning “Falsafa asoslari” o’quv qo’llanmasi, E.Yusupovning tahririda “Falsafa” (1985) darsligi, I Raximovning “Mantiq fanidan seminar mashg’ulotlari” (1984) o’quv qo’llanmalari nashr qilingan.
Falsafa bo’limida o’qitiladigan fanlarning differensiallashuvi natijasida “Mantiq”, “Falsafa tarixi” va “Dinshunoslik” kafedralari tashkil qilingan. O’sha yillarda falsafa bo’limi professor-o’qituvchilari nafaqat o’quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar.
Mustahkam poydevor yaratilgach, 1979 yilda tarix fakulteti tarkibidan “Falsafa, iqtisod va psixologiya” bo’limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi falsafa-iqtisod fakulteti tashkil qilingan va falsafa fanlari nomzodi, professor G.Sh.Shoyusupova (1979-1985) dekan lavozimida ishlagan.
Bu esa falsafa fanining yanada chuqur va keng o’rganilishi yo’lidagi dadil qadam bo’ldi. Yangi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o’qitishga differensial yondoshuv shakllandi. Shu yillarda fakultetda pofessorlar: - M.Xayrullayev, M.Baratov, L.Ye. Garber, V.N. Moroz, M. Nurmatov f.f.n dosent M.Q. Aripov, f.f.n. dosent M.Daliyev, dosent E.N. Abramyan, Z.Mo’minova, dosent T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov, Sh.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L. Turchaninov, fakultetning bitiruvchi yoshlari M. Sharipov, B.To’ychiyev, E.Mo’minov, A.O’tamurodov, I.Ergashev, o’rindoshlik asosida professorlar M.N. Abdullayeva, H.Aliqulov va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar.
1990 yilda universitet yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot yo’llari, vazifalari, huquqlari, xalq hayotidagi mavqyei yangi dunyoqarash nuqtai nazaridan belgilab olindi. Shu bois 1991 yilda fakultet tarkibidan “Iqtisod” bo’limi ajraldi va “Falsafa, sosiologiya va psixologiya” bo’limlari va 9 kafedradan iborat “Falsafa” fakulteti yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirish, yangi dunyoqarashni shakllantirish yo’lida fidokorona mehnat qildilar.
1989-2007 yillarda “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan professor S.A.Yo’ldoshev kafedra a’zolari bilan hamkorlikda Sharq va G’arb xalqlari tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o’rganish bilan bir qatorda, mantiq fanining keng qamrovli o’rganilishiga ham alohida e’tibor qaratib kelgan. Magistraturada ushbu yo’nalish bo’yicha mutaxassislik ochishga boshchilik qilgan. Pokiston va Eron falsafasini O’zbekistonda chuqur o’rganilishiga munosib hissa qo’shgan.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga ko’ra, Toshkent Davlat universitetiga “Milliy” maqomi berilishi, fakultet professor o’qituvchilariga mas’uliyat yuklashi bilan bir qatorda yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan yoritish bo’yicha faol ish olib bordilar.
2002 yilda yangi “Falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o’rganilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. “Falsafaning metodologik muammolari” ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu maktab tadqiqotchilari tomonidan “gerontologiya” - qariyalik muammosi, “tanatalogiya” - o’lim va barhayotlik muammosi, “fenomenologiya” insonning individual ijtimoiy ongiga ta’sir qiluvchi omillar muammosi, ”germenevtika” - tushunish va tushuntirish muammosi, “epistemologiya”, “fan falsafasi” kabi muammolarning falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi yangi avlod faylasuflarining yuqori intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo’naltiruvchi munosib ustozlar borligidan dalolat beradi.
O’tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy fanlar bo’yicha yangi o’quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida “Kurs leksiy po filosofii” (2001), “Ilmiy ijod metodologiyasi” (2004), “Fanlarning falsafiy masalalari” (2007 I.Rahimov A.O’tamurodov hamkorligida “Fanlarning falsafiy masalalari” (2005), D.Fayzixo’jayeva va M.Sharipovlar hammuallifligida “Mantiq” (2004) o’quv qo’llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa (2005 lotin tilida), “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” (2004), “O’zbekistonda yangi jamiyat qurilishining g’oyaviy-mafkuraviy masalalari” (2005), “Erkin va farovon hayot qurilishining g’oyaviy mafkuraviy masalalari” (2007) o’quv qo’llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida “Falsafa qomusiy lug’at” (2004), “G’arb falsafasi” (2004), “Jahon falsafasi tarixidan lavhalar” (2005), “Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillar” o’quv qo’llanmasi (2001), “Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug’ati” (2005), “Milliy g’oya va rahbar mas’uliyati” (2008),kitoblari, yakka muallifligida “Bilish falsafasi” (2005), “Qadriyatlar falsafasi” (2004) o’quv qo’llanmalari, N.A.Shermuxamedova muallifligida “Filosofiya i metodologiya nauki” (2003) o’quv qo’llanmasi, “Falsafa va fan metodologiyasi” (2005), “Gnoseologiya” (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2009) darsliklari, A.Ochildiyevning “Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar” (2004), Ye.Emirovaning “Metodika prepodavaniya filosofii” (2004), shuningdek A.Strelsova bilan hamkorlikdagi “Vvedeniye v spesialnost» (2009) o’quv qo’llanmasi kabi qator yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
O’zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo’limining 45 yillik, falsafa fakultetining deyarli 30 yillik faoliyati o’z o’rniga ega. Zero, bugungi kunda yangilangan tafakkur egalari o’zbek falsafasining nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy muammolarga yangicha yondoshmoqdalar. “Ustoz va shogird” maktabining yangi avlodi shakllanmoqda, yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda. Fakultetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilaridan shu yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining I.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. O’zbekistonda falsafa fanining rivojiga nafaqat falsafa fakulteti professor o’qituvchilari, balki O’zbekiston fanlar akademiyasining 1957 yilda I.M.Mo’minov tashabbusi bilan tashkil qilingan “Falsafa va huquq” institutining ilmiy xodimlari ham munosib hissa qo’shdilar. Ilmiy tadqiqot institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa tarixi” bo’limlari faoliyat olib bordi. Keyinchalik institut tarkibi yangi yosh milliy kadrlar bilan boyib bordi hamda, “Dialektika va bilish nazariyasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Etika” kabi bo’limlar tashkil qilindi. Institutning asosiy faoliyati falsafa, fan va madaniyat tarixini obyektiv o’rganish, ma’naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq ma’naviyatini yangi bilimlar bilan boyitish, millatning ma’rifiy ruhini ko’tarishga yo’nalgan edi. Bu sohada Ibrohim Mo’minov, Muzaffar Xayrullayev, Mo’bin Baratov, Erkin Yusupov, Karim Sodiqov, Mirahmad Abdullayev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov, Muhammadjon Boltayev, Anvar Sharipov, Gulchehra Navro’zova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam va Telman Abdushukurovlar, Haydar Po’latov, Abdulxay Valiyev, Oysara Umrzoqova, Naim G’oyibov, Abduvosid Yo’ldoshev, Maxmud Abdullayev, Said Shermuxamedov, Qo’chqor Xonazarov, Xotima Shayxova, Abdulxafiz Jalolov, Jo’raboy Yaxshilikov, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasovlar samarali ishladilar va ishlamoqdalar.
Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodorlogiyasi bo’yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullayev kabilar boshlagan an’analarni, Mahbuba Abdullayeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To’rayev, Ra’no Imomaliyeva, E’tibor Hoshimova, Shuhrat Qo’shoqov, Hakima Salomova, Oqil Fayziyev, Nigina Shermuxamedova, Alima Berdimurodova, Nariman Eshmetov, Shavkat Mamadaliyev, Ziyodullo Davronov, Karima Tulenova, Emina Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.
I.Mo’minov. (1908-1974) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. I.Mo’minov tomonidan 1956 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnaliga asos solinishi ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi va mavzulari doirasining nisbatan kengaytirilishi ijodiy erkinlikka yo’l ochdi. 1957 yilda I.Mo’minov tashabbusi bilan O’zFa huzurida “Falsafa va huquq instituti” tashkil qilingan. (O’zbek ensiklopediyasining birinchi mas’ul muharriri bo’lgan.)
I.M. Mo’minov o’zbek faylasuflaridan birinchi bo’lib, totalitar tuzumning millatni ma’naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o’z-o’zini anglashga yo’l qo’ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va ma’naviy merosni, o’zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma’naviy qadriyatlarni har tomonlama o’rgandi.
Tulenov Jondor (1927-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ijodi dialektika va bilish nazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag’ishlangan. XX asrning 70-80 yillarida falsafani o’rganishda nisbatan erkinlik shakllandi va shu bois dialektik mantiqning rivojiga yo’l ochildi. O’zbekistonda J.Tulenovning dialektika maktabi shakllandi. Qozog’istonlik o’zbek olimi 1971 yildan O’zbekistonda ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. J.Tulenov o’zining “Qonun falsafiy kategoriya sifatida” (Zakon kak filosofskaya kategoriya 1959) asarida qonunlar tuzilishi jihatidan uch asosiy komponentlardan iborat deb ko’rsatadi: Ular 1) obyektiv asosga ega, ya’ni predmet va hodisalarning umumiy nisbatan barqaror zaruriy aloqalarini ifodalaydi; 2) harakatning o’ziga xos usuliga ega, ya’ni voqyealar xarakteri va yo’nalishini aniqlaydi; 3) yuqorida ko’rsatilgan ikki komponent o’rtasida bog’lovchi element vazifasini bajaruvchi muayyan sharoitlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Demak qonun- bu predmet va hodisalarning zaruriy, nisbatan barqaror munosabatlari majmui bo’lib, ular voqyealarning yo’nalishi va xarakterini aniqlaydi. Qonun namoyon bo’lishning turli shakllari bilan xarakterlanadi. Qonunning namoyon bo’lish shalklariga quyidagilar kiradi: 1) qonunning stixiyali anglanilgan kuch sifatida namoyon bo’lishi; 2) qonunning hukmron tendensiya va aniq shaklda namoyon bo’lishi(dinamika va statika qonunlari); 3) qonunning katta va kichik kuch bilan harakati.
Obyektiv qonunlar tizimi ham turli tumanligi bilan xarakterlanadi.1)Qonun qamrab olgan obyektiv jarayonlar nuqtai nazaridan tabiiy va ijtimoiy qonunlar farqlanadi; 2) Jarayonlarga ta’sir darajasi nuqtai nazaridan asosiy va asosiy bo’lmagan qonunlar; 3) harakat sharoitlari nuqtai nazaridan xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlar farqlanadi.
J.Tulenovning kategoriyalar haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan u a) dialektika kategoriyalari obyektiv dunyoning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va ontologik mazmunga ega; bu inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan voqyelik rivojlanishi va harakatining aloqadorligi bilan bog’liq umumiy qonun; 2) dialektika kategoriyalari umumiy tushunchalar sifatida inson fikrining shaklidir va bilishning tayanch nuqtasi hisoblangan mantiqiy mazmunga ega; 3) dialektika kategoriyalarining shalklanishi va rivojlanishi asosi bo’lgan amaliyot insonning moddiy ma’naviy faoliyati majmui sifatida namoyon bo’ladi, shuning uchun dialektika kategoriyalari ijtimoiy amaliyotning mahsuli ham deyiladi; 4) dialektika kategoriyalari amaliyotda paydo bo’lib, amaliyotga xizmat qiladi. 5) dialektika kategoriyalarining muhim xususiyati ularning o’zgaruvchanligi va egiluvchanligidir. Muallif “Dialektika kategoriyalarning egiluvchanligi” (Problema gibkosti kategoriy, 1981), Dialektika kategoriyalarning o’zaro aloqadorligi (Vzaimosvyaz kategoriy dialektiki 1986) asarlarida birinchi bo’lib, dialektika kategoriyalarining ziddiyatliligi, ularning rivoji, o’zaro aloqadorligi va o’zaro bir-biriga o’tishini, kategoriyalar egiluvchanligining fan va amaliyot uchun ahamiyatini asoslagan. J. Tulenov dialektika qonun va kategoriyalarining ayniyligi va farqlari masalasi haqida ham to’xtaladi. U o’zining”Dialektika va ilmiy tafakkur uslubi” (Dialektika i stil nauchnogo mыshleniya, 1983) asarida birinchi marta, inson ijodiy faoliyatida tafakkur uslubining o’rni va rolini yoritib beradi. Insonning kundalik tafakkur uslubidan ilmiy tafakkur uslubiga o’tishiga ta’sir qiluvchi omillarni, dialektik, metafizik, sofistik, eklektik tafakkur uslublarining tarixiy rivojlanish bosqichlarini yoritish bilan bir qatorda, ilmiy tafakkur uslubiga ta’rif bergan. Sovet davrining qaqshatqich tazyiqi ostida J.Tulenov 3 marta “Dialektika va bilish nazariyasi” (1984, 1986, 1989) mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazdi.
Mustaqil O’zbekistonda J.Tulenov ijodining yangi qirralari namoyon bo’ldi. Bu davrda u ijtimoiy dialektika masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Hayot falsafasi (1993) asarida falsafiy bilimning o’ziga xos xususiyatlari, uning siyosat bilan bog’liqligi, mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yangilanish jarayonlarini tushunish uchun falsafiy madaniyat va siyosiy tafakkurni shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. “Mustaqillik va milliy tiklanish” (1996) asarida O’zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, yangi siyosiy tizim, ko’pukladli iqtisod va bozor munosabatlariga o’tishda, mustaqil davlatning ma’naviy, madaniy va axloqiy asoslarini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy mustaqillik mafkurasining maqsadi va yo’nalishlarini aniq anglash va ularni hayotga tadbiq etish masalalari yoritilgan. “Qadriyatlar falsafasi” (1998) asarida qadriyatlarning mohiyati, ularning turlari(tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, estetik va h.k) ma’muriy buyruqbozlik hukmronlik qilgan tuzumda milliy qadriyatlarning qadrsizlanganligi, mustaqillik davrida qadriyatlarga munosabatning o’zgarganligi, milliy tiklanish, millatning o’z-o’zini anglashi mustaqillikni saqlashning asosiy omili bo’lishini e’tirof etgan.
I.A.Karimov aytganlaridek, “Shaxs imkoniyatlari bizda juda chuqur irsiy asoslarga egadir. Respublikamizda jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuqlarini egallab olgan va shu bilan birga o’z xalqiga yaqinlikni saqlab qolgan kishilar juda ko’pdir”6. Ular o’zlarining halol mehnati bilan ajdodlar ishini davom ettirgan hamda hozirgi kunda ham mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizasiyalashtirish jarayoniga munosib hissasini qo’shmoqdalar.
Valiyev Abdulxay (1929-2002) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi jamiyat taraqqiyotida milliy ziyolilarning roli masalalariga bag’ishlangan. U bu jarayonning o’ziga xos xususiyatlarini, O’zbekistonda milliy ziyolilar faoliyatini rivojining zarurliginiasoslagan. Sovet tuzumi hukmronligi avj olgan 1966 yilda A.Valiyev nashr qilingan ”O’rta Osiyoda milliy ziyolilarining shakllanishi” asarida ishchi dehqonlar orasidan iqtidorlilarini tanlab, milliy rahbar kadrlarni tayyorlash lozimligi haqidagi g’oyani ilgari surgan. U turli toifadagi ziyolilar dunyoqarashi, ongi, psixologiyasi, kayfiyatidagi ziddiyatlarni ochib berishga harakat qilgan. A.Valiyev 30 yillarda qatag’on qilingan mashhur davlat arboblari, milliy ziyolilar F.Xo’jayev va T.Risqulovnning mash’um taqdiri haqida ochiq fikr yuritgan. 1969 yilda esa O’rta Osiyodagi milliy ziyolilarning davlat boshqaruvidagi roli masalasiga bag’ishlangan asarida 1917-1960 yillardagi ziyolilarning ijtimoiy evolyusiyasi, ishlab chiqarish sohasidagi ziyolilarning xalq xo’jaligini tiklashdagi roli, ilmiy texnikaviy taraqqiyotda ilmiy ziyolilar faoliyatining o’rni, milliy ziyolilarning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri haqida fikr yuritadi. Ilmiy faoliyat bilan bir qatorda A.Valiyev jamoat ishlarida ham faol ishtirok qilgan. 1961-65 yilllarda u “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnali bosh muharriri o’rinbosari, va “O’zbek ensiklopediyasi”ning bosh muharriri birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan. O’zbek ensiklopediyasining birinchi 8 jildligini nashrga tayyorlashda faol ishtirok qilgan.
Mustaqillik yillarida A.Valiyev mustaqillik buyuk ne’mat ekanligi, va uni asrash, avaylashda o’zbek ziyolilarining roli muhim ekanligini anglagan holda, umrining oxirigacha yangi avlod milliy kadrlarini tarbiyalashga munosib hissa qo’shdi.
Yusupov Erkin (1928-2003) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ijodi ijtimoiy falsafa va madaniyat nazariyasi sohasi bilan bog’liq. U mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq millatlararo munosabatlar sohasida mamlakatda uzoq yillar davomida to’planib qolgan hal etilmay kelgan qator muammolar, ularning paydo bo’lish, rivojlanish va keskinlashish sabablari, obyektiv omillari va subyektiv zaminlarini tahlil etgan. Shuningdek E.Yusupov milliy manfaatlar va milliy munosabatlarning dialektik aloqadorligi, millatlar rivojlanishining ijtimoiy iqtisodiy muammolariga e’tibor bergan. E.Yusupov o’zining “Inson kamolotining ma’naviy asoslari”(1998) asarida inson ma’naviy kamoloti va jamiyat taraqqiyotining o’zaro bog’liqligi ma’naviyatning xususan axloq odob, imon, vijdon, e’tiqod madaniyat, ma’rifat kabi omillarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, ularning yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy yo’llaridan biri ekanligini tahlil etgan. Xususan u “Axloqning mezonlari jamiyat taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari alohida etnik guruhlar yashayotgan, mehnat qilayotgan sharoitlar ularning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Barcha insoniyatga xos bo’lgan ruhiy boylik-axloq turli konkret tarixiy sharoitlarda, turli mamlakatlar va xalqlarda o’ziga xos shakllarda namoyon bo’ladi” deb ta’kidlaydi7. ”Oila ma’naviyat bulog’i” asarida E.Yusupov mustaqillik yillarida O’zbekistonda oilani mustahkamlash, ko’p bolali oilalarni ijtimoiy himoyalash, ma’naviy yetuk, jismoniy sog’lom avlodni tarbiyalash borasida ko’rilayotgan tadbirlar haqida fikr yuritadi, shuningdek oilada ota-ona ibrati, farzandlik burchi, farzand tarbiyasiga xos bo’lagan axloqiy qadriyatlar, oilaviy munosabatlarning diniy va milliy jihatlariga e’tibor qaratadi. Uning fikricha “Ahil oilada hal qiluvchi so’zni ota aytadi, bu so’zdan oldin u albatta oila a’zolarining fikr va manfaatini e’tiborga oladi, shu sababli ham milliy an’analarimizda otadan oldin so’zlash yoki ota o’rniga so’zlash, uning so’zini bo’lish ham beodoblikning belgisi hisoblanadi”8. E.Yusupovning so’nggi “Falsafa – bahs va munozaralar maydoni”9 maqolasida “Falsafa shunday fanki uning muammolari tahlilida davrning ildamlab borayotgan ziddiyatli ruhi to’la va to’g’ri aks etishi kerak. Falsafa har qanday kashfiyotni, fan sohasidagi yangilikni mutlaq haqiqat deb tan olmaydi, har bir muammo tahlilidan oldin bu nima uchun shunday?, boshqacha bo’lishi mumkin emasmi? deb savol qo’yadi... Falsafa tarixida jamiyat va fan taraqqiyoti oldiga bunday savollar qo’yilmagan davr bo’lmagan va bo’lmaydi ham, shu sababli falsafiy muammolar tahlili doim keskin bahs va munozaralar maydoni bo’lgan” deb ta’kidlaydi. E.Yusupov milliy kadrlar tayyorlash masalasiga ham jiddiy yondoshgan. Olim umrining oxirigacha O’zMU falsafa fakultetida talabalarga falsafa ilmidan dars bergan.
M.X.Xayrullayev.(1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX asrning ikkinchi yarmida o’zbek falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan yetuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o’rganish va sharhlashga bag’ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va “Ma’naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining mas’ul muharriri. M.Xayrullayev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy ijodidagi materializm va idealizmni bir-biri bilan aralashtimaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha Forobiy tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo’lsa, astronomiya, matematika, mantiq sohasidagi kashfiyotlari materializmdir. Chunki bu sohalarda narsalar yo’qdan bor bo’lmaydi, bordan yo’q bo’lmaydi. Masalan, Yer, Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlari orasidagi munosabatlarning obyektivligi doimo bir xildadir10. M.Xayrullayev kommunistik mafkura hukmron bo’lgan davrda, Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning ijodidagi idealistik av materialistik g’oyalarni sharhladi.
Baratov Mo’bin. (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy merosini o’rganishga bag’ishlangan. Jumladan uning “Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk mutafakkir ijodining yangi kirralari ochib berilgan. Mo’bin Baratov har qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma’naviy omil deb ta’kidlaydi va o’zbek xalqida tarixan ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda ularni davr ruhiga moslashtirish lozim deb hisoblaydi.
Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich. (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo’jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik yillarida esa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning ahamiyati masalalariga bag’ishlangan.
Shermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. O’zbekistonda madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy maktabining asoschi. Shuningdek u “Ijtimoiy falsafa”, “Pedagogika tarixi va nazariyasi”, “Siyosatshunoslik”, “Sosiologiya”, “Etika” ,”Estetika”, “Madaniyatshunoslik” kabi yo’nalishlarda jami 570 yaqin ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning muallifi. O’zining “O’zbek xalqi madaniyatining milliy shakli”(1961) monografiyasida o’zbek xalqi madaniyati qadimiy ildizlarga egaligi va har qanday madaniyat zamon ruhiga moslashib, yangilanib borishi va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini ta’kidlaydi. S.Shermuxamedov nafaqat o’zbek millati, balki boshqa millat madaniyatini ham o’rganish asosida milliy madaniyatlarda o’zaro uyg’unlik va o’zaro aloqadorlik bor, biroq har bir millatning milliy o’ziga xosligi millatlarni bir-biridan farqini ko’rsatadi, deb hisoblaydi. Olim madaniyatning gumanistik asoslari, zamonaviy madaniyatning shakllanishida milliy va umuminsoniy madaniyat uyg’unligiga alohida e’tibor qaratadi.
Sovet tuzumi davrida S.Shermuxamedov tashabbusi bilan jami to’rtta milliy madaniyat masalalariga bag’ishlangan xalqaro konferensiyalar o’tkazildi. Ularda jahon hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar.
Mustaqillik yillarida S.Shermuxamedov milliy istiqlol g’oyasi, yangilanayotgan jamiyatning asl mohiyatini aholi turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini chuqur anglagan holda, “Yangilanayotgan jamiyatga- yangilangan falsafa”,(1993) “Madaniya va sivilizasiya”(1996), ), “Davrimiz allomasi”(1998) “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz”(1999), “Istiqlol quyoshi”(2002) “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi va falsafaning ravnaqi”(2005), ”Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot” (2005), kabi asarlar yaratdi va ular ilmiy jamoatchilik tomonidan munosib baholandi. Olim, ushbu asarlarida sovet tuzumi davrida falsafa fanining siyosiylashtirish oqibatlari haqida fikr yuritadi va yangilangan falsafaning eng avvalo gumanistik, so’ngra dunyoqarashli, tarbiyaviy, qadriyatli, integrativ, axloqiy funksiyalariga ta’rif beradi. “Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz” asarida u milliy mustaqillikning ahamiyati, jamiyatning demokratiyalashuvi jarayonida yangilangan tafakkurni shakllantirishning zaruriyatini asoslaydi. S.Shermuxamedov S.Mirzayev bilan hamkorlikda yaratgan “Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti tarixi”, “Oybek va o’zbek adabiyoti”, “Komil Yashin ijodi”, “Adabiyotning hamkorligi hayot taqozosi”, “Abadiyot va san’atda prinsiplar” kabi kitob va risolalari, uning nafaqat faylasuf olim, balki o’zbek adabiyotining haqiqiy ixlosmandi ekanligidan dalolatdir. Xususan ”Hozirgi o’zbek adabiyoti tarixi”(1985) qo’llanmasida olim zamon zaylidan cho’chimasdan, har bir adib, shoir va umuman adabiy muhit haqida xolisona fikr bildirgan. Olim barcha asarlarida inson omilini birinchi o’ringa qo’yadi va shogirdlarini Bedilning “Garchi dushmanni do’st qilolmasang, do’stni dushman qilmagin” degan naqliga amal qilishga chorlaydi.
S.Shermuxamedov ustozga sadoqatli shogird va shogirdparvar ustoz hamdir. U ustozi I. Mo’minovning 80, 85, 90, 95, 100 yillik yubileylarini o’tkazish, tug’ilgan yurtida muzey tashkil qilishda faol ishtirok qildi, ustozining boy ilmiy merosi, ijodi va faoliyati haqida qator risolalar yaratdi.
S.Shermuxamedov “Madaniyat falsafasi va tarixi” ilmiy maktabida 130 dan ortiq shogirdlar tayyorladi, ular bugungi kunda respublikamiz Oliy o’quv yurtlari, davlat tashkilotlarida turli lavozimlarda ishlab yurt tinchligi va farovonligiga ilmiy salohiyatlari bilan hissa qo’shib kelmoqdalar.
O’zbekiston falsafa jamiyati. 1973 yilda O’zbekiston falsafa jamiyati tashkil qilingan va uning raisi etib Ibrohim Mo’minov saylangan. I.Mo’minov vafotidan so’ng, 1974-1980 yillarda “Muzaffar Xayrullayev, 1980-1986 yillarda Q.Xonazarov, 1988-1990 yillarda Erkin Yusupovlar O’zbekiston falsafa jamiyati” raisi lavozimida ishlar ekanlar, asosiy e’tiborni O’zbekistonda yashab ijod qilayotgan faylasuflarning ijodiy hamkorligini ta’minlash, ularning ajdodlarga munosib avlod ekanligini dunyo hamjamiyatiga tanishtirishga qaratdilar. Shu bois o’zbek faylasuflari muntazam xalqaro konferensiyalar va falsafa kongresslarida ishtirok etganlar. 1990 yildan buyon Said Shermuxamedov rahbarligida O’zbekiston falsafa jamiyati huzurida «Falsafa fanining dolzarb muammolari» bo’yicha doimiy respublika ilmiy nazariy seminari tashkil etilgan. Unda respublikamizning taniqli faylasuflari shuningdek, boshqa fan vakillari XXI asr fanining dolzarb muammolari bilan bir qatorda, ma’naviy yuksalish, jamiyatni demokratlashtirish va modernizasiyalashning ustivor yo’nalishlari haqida fikr almashadilar. 2001 yilda YuNESKO qaroriga binoan har yili noyabr oyida nishonlanadigan “Jahon falsafa kuni” arafasida falsafa fani rivojiga hissa qo’shgan yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar munosib taqdirlanib kelmoqda. Yoshlarda falsafiy mushohada yuritishni takomillashtirish maqsadida “Aql mashqi”, “Tafakkur shaydolari” kabi to’garaklar tashkil qilingan. Shu bilan birga respublika falsafa kafedralari faoliyatini o’rganish bo’yicha “Eng yaxshi kafedra”,”Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi talaba referati” nominasiyalari bo’yicha tanlovlar e’lon qilinib, munosib topilganlari taqdirlanmoqda.
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 1998 yilda tashkil qilingan, 2001 yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo’lgan. 2001 yildan O’FMJ raisi Q.Nazarovdir. Jamiyat qoshida tashkil etigan nashriyotda falsafa, milliy g’oya va mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug’lulanmoqdalar.
Mustaqillik yillarida falsafa fani yanada ravnaq topdi. Falsafa ilmini rivojlantirish maqsadida viloyatlarda, xususan, Qoraqalpog’iston Davlat universitetida, Buxoro Davlat universitetida, Samarqand Davlat universitetida, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida “Falsafa” bo’limlari tashkil qilingan va unda yetakchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.
Foydalanilgfan adabiyotlar

1.Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. Falsafa. Darslik (barcha bakalavr yo‘nalishlari uchun). – Samarqand: SamDU nashri, 2021.-712 b.


2.Falsafa asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Q.Nazarov [va boshq.]. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. – 380 b.
3.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 416 bet.
4.Yaxshilikov J.Ya., Muhammadiyev N.E. – Texnika va information texnologiyalar falsafasi. Darslik. – Samarqand: Samarqand davlat universiteti, 2019. 216 bet.
5.Falsafa ensiklopedik lug’at. Nazarov Q.tahriri ostida. –T.: Sharq, 2011
6.Shermuxamedova N.A. Gnoseologiya – bilish falsafasi. -T.:“Noshir”, 2011.

Axborot manbaalari:



  • www.lex.uz

  • www.gov.uz

  • http://www.ziyonet.uz/

  • http://library.samdukf.uz


1 Қаранг. Фалсафа: Қомусий луғат. Т., 2004, 123-бет.

2 Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41

3 Ўша ерда. – 99-б.

4 Қаранг: Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 264-б.

1 Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. Тавщид асрори. Т., /./улом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1999, 90-бетлар.



5 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари олий қадрият. 14-том. –Т.: Ўзбекистон, 2006. –Б.108-109.

6 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. –Б.82-83.

7 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари.-Т.: Университет, 1997.-Б.37.

8 Юсупов Э. Оила маънавият булоғи.-Т.: УАЖБТ маркази,2003.-Б.37

9 Юсупов Э. Фалсафа баҳс ва мунозаралар майдони.//Жаҳон адабиёти, 2003.№8.-Б.157.

10 Қаранг. Файзуллаев О. ХХ аср зиёлилари.-Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ, 2008.-Б.97-98.

Yüklə 114,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin