Bodring kasalliklari va ularga qarshi kurashish. Himoyalangan yerlarda harorat va havo namhgini yuqori bo'hshi natijasida zamburug', bakterial va virus kasahiklarini rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shuning uchun bodringni issiqxonalarda yetishtirishda karantin, profilaktik va agrotexnik kurash choralariga qat'iyan amal qilish va o'simliklarni himoya qihshida biologik, kimyoviy vositalarni qo'llash lozim. Ekinlarni navbatlab ekish, issiqxonalarni begona o'tlardan toza holatda saqlash, o'simlik qoldiqlarini yig'ishtirib uni yo'qotish, tuproq, ish qurohari va urug'larni zararsizlantirish, virus tarqatuvchilarga qarshi kurashish kasahangan o'simliklarni yo'qotish, kasalliklarga chidamh nav va duragaylardan foydalanishga qat'iy amal qilish zamr. O'zbekistonning himoyalangan yerlarida bodring yetishtirishda keng tarqalgan zamburug' kasalliklari: Pitium, Fuzarium, Rizoktonium turkumidagi zamburug'lar keltirib chiqaradigan unshudring, ildiz chirish, bakterial kasaliklardan - bakterioz, virus kasalliklardan — bodringni virusli mozaikasi kiradi. Soxta unshudring, antraknoz, ko'k xol-xol dog'li virush mozaika (VZKMO) hamuchrab turadi (118-rasm). Bodring kasalligiga qarslii biologik vositalar turi ko'p emas. Ildiz chirish, fuzariozga qarshi biologik bakteritsid va antibiotik fitobakteriomitsin asosida ishlab cliiqilayotgan Fitolavin 300 fungitsidlari tavsiya etiladi. Undan foydalanish texnologiyasi pomidor kasalliklariga qarslii kurashishda yoritib berilgan. Ildiz chirish kasalligiga trixodermin (gliokladina) preparatidan foydalanish samaralidir. Hozirgi vaqtda bozorlarda ko'pgina yangi biologik fungitsid va bakteritsidlarni uchratish mumkin. Ularni o'ramlarida ishlatish usullari, muddatlari va foydalanish me'yorlari yozib qo'yilgan. Issiqxonalarda bodring kasalliklariga qarshi ishlatiladigan kimyoviy vositalardan «O'zbekiston qishloq xo'jaligida ishlatishga nixsat berilgan pestitsid va agroximikatlar ro'yxatida» faqat unshudring kasaligiga qarshi tavsiya-lar bor. Bunda: bayleton 25 % s.p. — 0,2-0,6 kg/ga, ohak oltingugurtli qorishma (ISO) — 0,5-1,0 % Bome bo'yicha, maydalangan oltingugurt kukuni - 15-30 kg/ga, topaz 10 % k.e. - 0,5 kg/ga fungitsidlari qo'llaniladi. Ishlov har 10 kunda takrorlanadi. Chet mamlakatlarda unshudring kasalligiga qarshi yana 0,5-11 % li kolloidli oltingugurt suspenziyasi, 1 % li kalsiyli soda, bordo suyuqligi — 6-8 kg/ga qo'llaniladi. Bu yerda tiovit djet fungitsidini 2,3-3,0 kg/ga va kvadris — 0,4-0,6 1/ga miqdorda qo'llash yuqori samara bermoqda. Bakteriozga qarshi umg'larni ekish oldidan sink sulfidiui 0,2 % li eritmasida namlatish yoki o'simliklarni quyidagi fungitsidlarni biri bilan: 0,5 % li sineb suspenziyasi, 0,5 % li xlor ohak eritmasi, 1 % li bordo suyuqligi, 0,4 % li mis kuporosi eritmasi bilan purkash samarali hisoblanadi. Ishlov berish har 10 kunda o'tkaziladi. Bundan tashqari o'simliklarga 2-3 marta ildizdan tashqari quyidagi o'g'itlarni: superfosfat — 2, karbomid - 0,7, kaliy tuzi — 2, kaliy permanganat — 0,2, mis kuporosi — 0,4 gD miqdorda qo'llash samarali hisoblanadi. Chet mamlakatlarda soxta unshudring kasalligiga qarshi ekish
oldidan umg'lar 20 daqiqa davomida 1 % li margansovkada, 0,75-1,0 % li bordo suyuqligi bilan ishlov berish, umg'larni ekish oldidan Makoli preparati bilan zararsizlantirish hamda kvadrie, ridomil, gold, bravo fungitsidlarini o'simliklarga sepish chora-tadbirlari qo'llaniladi. Ildiz chirish kasalligiga qarshi trexodermin, biopreparatidan tashqari o'simliklarni bu kasalikka chidamliligini kamaytiruvchi omillar (tez-tez va zahlatib sug'orish, ildiz tizimini selgitish, tuproq aralashmani sho'rlanislii) ta'sirini kamaytirish lozim. Ildiz chirishga qarshi kamyoviy vositalardan Maksim fungitsidida umg'larni dorilash va o'simliklarga kasallikni birinchi belgilari ko'ringanda purkash samaralidir. Uni urug'larni zararsizlantirishda va kasallik alomatlarini sezilganda o'simliklarga purkaladi. Chirigan ildizlarda pashsha lichinkalari ko'payishi mumkin. Ularni yo'qotish uchun (3 g/1) karbofosni 1 stakan eritmasini o'simhkka sarflab ishlov beriladi.Antraknoz rivojlanganda bodring o'simliklari 0,75-1,0 % li aktir suspenziyasi bilan purkaladi. Bodringni virus kasalliklariga qarshi faqat oldini olish (profilaktik) tadbirlari qo'llaniladi.