Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə2/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
TAYYOR REFERAT

Bodring xususiyatlari. Bodring ommabop sabzavot ekini bo‘lib, uning kaloriya- si ko‘p emas, biroq mazaliligi, parhez xususiyati bilan yer yuzi-
da keng tarqalgan. Bodring (Cucumis sativus L.) – qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik o‘tsimon o‘simlik.Uning vatani – Hindiston va Hindi-Xitoyning sernam tropikrayonlari hisoblanadi. U 3000 yildan beri mavjud bo‘lib, keyinchalik boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Rossiyada bodring VIII-IX asrlarda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, XVI asrda u Yevropa va Amerikada keng tarqalgan. Bodring janub o‘simligi bo‘lga-
ni uchun issiqqa talabchan. Lekin o‘sish davri qisqa bo‘lganligi sababli u nihoyatda keng – to 63 0 shimoliy kenglikkacha tarqalgan. U sovuqdan himoyalangan tuproqda qutb doirasi ortida ham o‘stiriladi. 100 g bodring mevasi tarkibida 96 g suv, 0,6 g protein, 0,1 g yog‘, 2,2 g karbonat gidrat, 0,03 mg vitamin V 1 , 0,02 mg vitamin V 2 , 0,3 mg niatsin, 12 mg vitamin C, 12 mg kalsiy, 0,3 mg temir, 15 mg marganes va 24 mg fosforni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 100 gr. mahsulot 12 kilokaloriyaga egadir. Yanada soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, bodring mevasi 4-5% quruq moddaga, shu jumladan, 2% shakar, 1% oqsil, 0,1% yog‘, 0,7% biriktiruvchi to‘qima, 0,4% kulga ega. Uning tarkibidagi kul asosan kaliy va fosfordan iborat. Shuningdek, unda kalsiy, oltingugurt, magniy,natriy, temir, kremniy, xlor, ammoniy, marganes hamda boshqa ko‘plab elementlar mavjud. Bodringdagi o‘ziga xos hid undagi efir moylari (1 kg mevada 10 mg), yoqimli tetiklashtiruvchi
ta’m esa organik kislotalar (16-68 mg% quruq moddalar) mavjudligidan.
Bodringning pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan yoki konservalangan holda iste’mol qilinadi. Bodring ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. U buyrakdagi toshlarni, siydik kislotasi kristallarini eritadi, turli xildagi yaralarni yo‘q qiladi, ateroskleroz hamda semirishning oldini olishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, undan kosmetikada ham keng foydalaniladi.

BODRINGNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin