Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə8/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
TAYYOR REFERAT

MORFOLOGIK XUSUSIYaTLARI
Ildizi
Bodringning asosiy ildizi o‘q ildiz bo‘lib, tuproqning 20-25 sm li haydalma qatlamida taralib o‘sadi. O‘q ildiz va ayrim popuk ildizlari hatto 1 metrga qadar o‘sishi mumkin. Bodring o‘simligi tuproq namligiga talabchan bo‘lganligi sababli uning ildizlari yerning yuzaroq qismida o‘sadi. Ildizlarning 60-70 foizi tuproqning 10-20 sm chuqurligida joylashadi. Ildizlarning yon tomonga tarqalish radiusi 1,5
metrga yaqin. O‘simlikning asosiy va yon poyalari nam tuproqqa tegsa, bo‘g‘imlaridan qo‘shimcha ildizlar chiqarish xususiyatiga ega
Poyasi
Bodring poyasi yashil rangli, shoxlanuvchan, qirrali, tukli bo‘lib, 4-5 ta barg paydo qilgach, yerga yotib, yoyilib palak otadigan yoki atrofdagi narsalarga (jingalaklari bilan) chirmashib yuqoriga o‘sadigan o‘simlikdir. Issiqxonalarda bodring poyalari hosilini ko‘tarib tura olmasligi sababli ipga o‘ralgan holatda (tik sim bag‘azda) o‘stiriladi. Asosiy poyasi uzunligi naviga va o‘sayotgan sharoitiga qarab 50-100 sm dan 2 m gacha yetadi, ba’zan bundan ham oshib ketadi. Poyasida qattiq tuklar va tikanlar mavjud. Asosiy poyadagi barg qo‘ltiqlaridan chiqadigan yon shoxdan ikkinchi tartib poyalar o‘sib chiqadi. Bir necha (7-10 ta) barg chiqargandan keyin poyada jingalaklar hosil bo‘ladi. Poyasining shoxlanishiga qarab, kuchli shoxlanadigan (8 dan ortiq yon shoxlar chiqaradigan), o‘rtacha shoxlanadigan (5-8 ta shox chiqaradigan) va sust shoxlanadigan (1-4 ta shox beradigan) bodring navlari mavjud. Sust shoxlandigan ba’zi determinant navlari shoxlanmaydi.
Bargi
Bodring barglari naviga qarab yuraksimon, uchli yuraksimon va yuraksimon-panjasimon bo‘ladi. Bargi bandli, yaxlit, barg plastinkasining shakli, katta-kichikligi va qirqilganligi naviga qarab va bitta o‘simlikning o‘zida har xil bo‘ladi. Dastlabki barglari kichikroq va nisbatan dumaloq shaklda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bodring barglari uzunligi issiqxonalarda 25-30 sm ga yetishi mumkin. Barglarning cheti tekis yoki tishli bo‘ladi. Barglarning turli xil shakllari mavjud bo‘lib, ulardan yuraksimon shakllisi ko‘p uchraydi. Bargning ustki yuzasi tekis va och rangli, osti esa to‘lqinli, xira va tuklidir. Barglari juda nozik, oson sinuvchan ya’ni, mo‘rt bo‘ladi. Bodring poyasidagi jingalaklar ham botanik jihatdan suvsizlikka uchragan barglardir. Bu jingalaklar o‘simlikning o‘zini tutishi va poyadan uzilib ketmasligi uchun muhim tirgak hisoblanadi. Uchinchi-to‘rtinchi va keyingi barg qo‘ltiqlarida urg‘ochi
gullar hosil bo‘ladi.
Guli
Bodring gullari ayri jinsli bo‘lib – erkak va urg‘ochi gullardan iborat. Gullarning rangi sariq, 5 ta tojibargdan iborat. Erkak gullari barg qo‘ltiqlarida joylashgan bo‘lib, qalqonsimon to‘pgul hosil qiladi. Urg‘ochi gullari barg qo‘ltig‘ida, ko‘proq yon poyalarda bittadan, kamdan-kam ikki-uchtadan joylashadi. Urg‘ochi gullarining tugunchasi pastda bo‘lib, usti qalin tuk bilan qoplangan. Erkak gulda esa tuguncha o‘rnida gul bandidan tashkil topgan bo‘ladi. Avval asosiy poyada joylashgan erkak gullar ochiladi. Urg‘ochi gullar esa kechroq, oradan 3-4 kun o‘tgach paydo bo‘ladi.
Issiqxonada yetishtirish uchun bodringning ko‘proq 100 foiz urg‘ochi gulli navlari ekiladi, ammo ayrim paytlarda salbiy muhit sharoiti ta’siriga uchrasa, erkak gullar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda erkak gulli o‘simlikni olib tashlash lozim. Erkak gullari olib tashlanmasa, changlanish davrida paydo bo‘lgan hosilning shakli va sifati o‘zgarishi mumkin.
Mevasi
Issiqxonalarda bodringning ko‘proq yirik mevali navlari yetishtiriladi. Bodring mevasi to‘q yashil, yashil, och yashil va oqishroq rangli hamda usti silliq yoki cho‘tir bo‘ladi. Mevasining shakli silindrsimon, urchuqsimon, tuxumsimon bo‘ladi. U 7-10 kunlik yangi uzilgan holida iste’mol qilinadi. 5 sm gacha bo‘lgan 2-3 kunlik ko‘rnishon,
5-9 sm uzunlikdagi 4-5 kunlik barra bodringlar tuzlama va konservalash uchun ishlatiladi.
Urug‘i
Urug‘lari cho‘ziq-ellipssimon, rangi oq yoki och sariq, 1000 dona urug‘ining vazni 16-40 g. Bir grammda 30-60 dona bodring urug‘i bo‘ladi. Urug‘lar 5-6 yilgacha unuvchanlik xususiyatini saqlaydi. Issiqxonalarda bodringning urug‘lanmasdan, ya’ni partenokarpik yo‘l bilan ko‘payadigan
urug‘siz duragay navlari ham bor. Bodring o‘simligining urug‘lik mevasi o‘simlik unib chiqqanidan 90-120 kun o‘tganidan so‘ng yetiladi.



Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin