Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə10/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
TAYYOR REFERAT

BODRING NAVLARI
Nav va duragaylar. Himoyalangan yerlarda yetishtirish uchun asosan birinchi bo‘g‘inni maxsus geterozisli duragaylardan, ishlab chiqarish talablariga javob beradigan navlar kamroq foydalaniladi.
Nav va duragaylar yil davomida yetishtiriladigan qishki-bahorgi va o‘tuvchan ekinlarga va bahor-yozgi ekinlarga, hamda qish oylarning qisqa kuniga va past yorug‘ligiga va bahor-yoz oylarining uzun kuniga va yuqori yorug‘ligiga moslashgan, (bunda yorug‘ kunlarni davomiyligi 2 baravar uzaysa, yorug‘lik 10 baravar ortadi) nav va duragaylar bo‘lishligi bilan farqlanadi. Bu guruhdagi nav va duragaylar past yorug‘likdan yuqori yorug‘likka keskin o‘tishlarga yuqori chidamli bo‘lishi kerak.
Bahorgi issiqxonalarda (yozgi ekin) ekiladigan nav va duragaylar yuqori sur’atda o‘sish va hosil shakllantirish xususiyatiga ega. Bu ekin uchun isitilmaydigan issiqxonalarda iqlimni sozlash imkoniyatlari cheklanganligi va isib ketish holatlarini bo‘lishi sababli, haroratni pasayishiga va isib ketishiga, hamda haroratni o‘zgaruvchanligiga bardosh beraoladigan bo‘lishi juda muhimdir. Bu ekin uchun zamburug‘ va virus kasalliklariga chidamli bo‘lishligi juda muhim. Bu muddatlarda odatda ari bilan changlanadigan va qisman partenokarpik duragaylar yetishtiriladi.
Qishki-bahorgi muddatda yetishtirilganda o‘simliklar, qishdagiga qaraganda kuchliroq o‘sadi va shoxlaydi, shu sababli ularga shakl berishda harajatlar oshib boradi. Shu bois bu davrda yetishtiriladigan navlar bachkilanishni o‘zlari boshqarishlari muhimdir.
Bachkilanishni o‘zi boshqarishi uch xil bo‘ladi:

  1. Shoxlanishni tormozlanishi (sekinlashishi) – uchki kurtaklarni ustun turishi hisobiga. Shoxlar asosan asosiy palakni o‘suv nuqtasini chilpilganda paydo bo‘ladi.

  2. Shoxlanishni sekinlanishi asosiy palakda bir necha meva tugunchalarni bir vatqda shakllanishini natijasidir. Shoxlanish asosiy palakdan hosil terib olingandan so‘ng boshlanadi.

  3. Shoxlanish bevosita paydo bo‘lgan shoxlarda 2-3 bo‘g‘in hosil qilib o‘sishdan to‘xtashi (determinant tip) hisobiga o‘z-o‘zidan qisqara boradi. Bu turdagi navlarda asosiy palakni erta o‘sishdan to‘xtashi kuzatiladi.

Barra mevalarni sifati ham muhim ahamiyatga ega. Ularni ta’mi yaxshi, tashqi ko‘rinishi chiroyli va taxir bo‘lmasligi kerak. Barraning rangi to‘q yashil bo‘lgani maqul. Barraning kattaligi va yuzasi deyarli ahamiyatga ega emas. Rossiyada nisbatan kalta, sirti g‘adir-budur, O‘zbekistonda – kalta, yuzasi silliq barralarni yaxshi ko‘radilar. Ta’mini sifati, saqlanishga va tashishga moyilligi juda muhim ahamiyatga ega. Uzun mevali partenokarpik nav va duragaylar hosildorroq, ularni uzush oson va ari bilan chanlanishini talab qilmaydi. Partenokarpik duragaylarni nisbatan qisqa (15-25 sm) barralari ham yaratilmoqda.
Partenokarpiya tipidagi nav va duragaylar urg‘ochi gullarni hosil qilish xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:

  • aralash turda gullaydiganlar, ularda urg‘ochi va erkak gullar hosil bo‘ladi;

  • asosan urg‘ochi tipda gullaydiganlar, oz miqdorda erkak gullarni, ayniqsa asosiy poyaning pastki qismida hosil qiladiganlar;

  • faqat urg‘ochi tipda gullaydiganlar, bularda erkak gullar hosil bo‘lmaydi.

Hozirgi vaqtda issiqxona sabzavotchiligida nav va geterozisli duragaylarni bir necha turlaridan foydalaniladi:

  • kalta mevali (barrani uzunligi 20-22 sm), ari bilan changlanadigan, ko‘proq urg‘ochi turda (tipda) gullaydigan o‘simliklar, changlanishini ta’minlash uchun changlatuvchi (10-15% o‘simlik) nav va duragaylar ekiladi;

  • uzun mevali (barraning uzunligi – 25 sm va undan ortiq), partenokarpik, faqat va asosan urg‘ochi tipda gullaydigan o‘simliklar. Bu nav va duragaylarni farqli xususiyatlarini tavsiflovchi belgilari o‘simliklarni, barglari va mevalarini nisbatan katta bo‘lishi, hosili ari bilan changlanadiganlarga nisbatan yuqoriroqliligi, ammo faqat yuqori darajada agrotexnika ta’minlanganda;

  • nisbatan kalta mevalilar (barraning uzunligi 20-25 sm), partenokarpik, urg‘ochi yoki asosan urg‘ochi tipda gullaydigan o‘simliklar. Ularda yorug‘lik yetishmaganda partenokarpiylik past namoyon bo‘ladi. Shu bois qishki-bahorgi ekin sifatida ularni ko‘chatlarini uzun mevalilarga qaraganda ancha kechroq ekish maqsadga muvofiq. Mevalarni hosil bo‘lishini va kelgusida partenokarpik mevalarni ko‘paytirishni birinchi paydo bo‘lgan gullarni arilar yordamida changlatish hisobiga tezlatish mumkin. Kalta mevali partenokarpik duragaylar, uzun mevalilarga qaraganda zichroq joylashtiriladi.

Bir issiqxona xo‘jaligida bir vaqtni o‘zida partenokarpik va ari bilan changlanadigan navlarni yetishtirish tavsiya etilmaydi, chunki arilar ochiq darchalar orqali partenokarpik bodring ekilgan issiqxonaga kirib ularni changlab, standart talabga javob bermaydigan (meva uchida puffak “urug‘li bosh” paydo bo‘ladi) mevalarni ko‘payishiga olib keladi.

Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin