Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə12/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
TAYYOR REFERAT

Multistar F1.Gollandiya «Riyk Zvan» firmasi duragayi, O'zbekistonda 2006 yildan tumanlashtirilgan. Maysalari unib chiqqandan so'ng 50-55 kundan keyin hosilga kiradi. Partenokarpik, silliq turkumli. Ekish qalinligi har bir gektar yerga 22000-25000 dona o'simlik. Kuchli o'suvchi, bo'g'imlari kalta, shoxlanishini o'zi boshqaruvchi o'simlikdir. Bo'g'imlarda ikkita va undan ortiq mevalar shakllanib, potensial hosildorlikni oshiradi. Barglari katta emas. Mevalari biroz qovurg'ali, yaltiroq, qoramtir-yashil rangda. Mevalari 16-18 sm kattalikda bo'hb, uzoq muddat yaxshi saqlanadi. Ko'pgina kasalliklarga chidamh (104-rasm). Magnum Fl-kuzgi-qishki va erta bahorgi mavsum gibridi bo'hb, barqaror o'suvchan va baquwat vegetattsiyaga ega partnekorpik o'shnlik. Har bo'g'inda bir va ikkitadan meva tugadi. Yon shoxlari yaxshi rivojlanuvchan. Hosilning katta qismi asosiy poyada hosil bo'ladi. Mevalar uzunhgi 18-20 sm, shakh chiroyli, to'q yashil rangda, silliq, yaltiroq ko'rinishga ega. Mevalari chiroyli qovurg'ali bo'hb, ajoyib tovarlilik sifatlarini uzoq masofaga tashishda ham yo'qotmaydi. Bozorbop, haridorgir xususiyatiga ega. Unshudring va soxta unshudring kasalliklariga qisman chidamli
Amur F1.Gohandiyaning «Beyo Zaden» firmasi yaratgan duragay. O'zbekistonda 2005 yildan ochiq maydonlar uchun tumanlashtirilgan. Vaqtinchalik plyonkah qoplamalar ostida yetishtirishga tavsiya etilgan bo'hb, konservalash va tuzlash uchun mo'ljahangan. Ammo, O'zbekistondagi issiqxonalarda ham yaxshi natija beradi. Barralari mayda bukur, yuzasi g'adir-budur, zich joylashgan do'nglar bilan. Yuqori ta'm sifatiga va o'ziga xos jalb
qiluvchi tashqi ko'rinishga ega. Kasalliklarga ehidamli. Ertapishar (106-rasm).
Kuraj F1.Rossiyaning «Gavrish>> firmasi duragayi, ertapishar (maysalar unib chiqqandan 42-43 kundan so'ng hosilga kiradi), partenokarpik, gullash urg'ochi turi. Kuchli o'suvchi o'simlik. Mevalari 12-15 sm uzunlikda, vazni 120-130 g, zich o'rtacha kattalikdagi shishli, oqish tikanli. Eng qulay ekish qalinligi 1 m 2 ga 3 dona o'simlik. Bo'g'imlarda 2-4 ta barralar shakllantirish hisobiga 1 o'simlikdan 6-8 kg hosil olinishini ta'minlaydi. Qulay sharoitlarda bir vaqtni o'zida 15 tagacha barralar etilishi mumkin, shu bois o'simliklar yukini qisqartirish va yangi mevalar hosil bo'hshiga imkon berish uchun terimlar tez-tez o'tkazilishi kerak. Barralarini ta'mi - yuqori sifatli, achchig'i yo'q (genetik yuzaga keigan). Mevalaridan turli maqsadlarda foydalaniladi, ayniqsa, salatlarda yaxshi.
Issiqxonacliilar uchun mahalhy seleksiya duragaylari ToshDAU-70 va Sovg'a juda katta qiziqish uyg'otadi. Ular ichki bozor talablariga javob beradigan o'ziga tortuvchi ko'rinishga va yuqori ta'm sifatlari bilan ajrahb turadi. Ularning urug'lari chet el duragaylaridan ancha arzon. Mahalhy duragaylar quyidagi belgi va xususiyatlari bilan ajrahb turadi.

Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin