Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə7/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
TAYYOR REFERAT

O‘tuvchan aylanish davri. O‘tuvchan davrda o‘simliklar kuz, qish va yozda o‘sadi. Ular oldiniga nisbatan yorug‘ davrda, keyin yorug‘lik yetarli bo‘lmaganda, keyinchalik esa yaxshi va me’yordan ortiq yorug‘likda o‘sadi. Bu aylanish davrini muhim xususiyatlari hosil yilning eng qiyin, tanqis qishki oylarda – dekabr-yanvarda chiqishidir. Bu davrda bodring qish vaqtida kasalliklarga chalinishi tufayli pomidorga nisbatan uni yetishtirish qiyinroq.
O‘tuvchan aylanish davri uchun uzun mevali partenokarpik va nisbatan kichik mevali ari bilan changlanadigan nav va duragaylar ma’qul keladi.
Bodringni o‘tuvchan aylanish davrida yetishtirish uchun urug‘ni ekish va ko‘chatlarni asosiy joyga o‘tqazish muddatlari juda muhimdir. Ilg‘or xo‘jaliklarni tajribalaridan ma’lum bo‘lishicha, oziq kubiklarga urug‘ni eng maqbul ekish muddati sentyabr oxiri – oktyabr boshi, ko‘chatlarni o‘tqazish esa – oktyabr oxiri-noyabr boshi hisoblanadi. O‘tqazish uchun 20-25 kunlik ko‘chatlardan foydalaniladi.
Hosilni chiqishi noyabr oxiri-dekabr boshiga to‘g‘ri keladi va iyun oygacha davom etadi.
Ko‘chatlarni o‘tqazish qishki-bahorgi aylanishdagi kabi olib boriladi. O‘simliklarni boshqa aylanishlarga qaraganda uzoq davr o‘sishini hisobga olib ularni o‘tuvchan aylanishda katta oziqlanish maydonida, ya’ni zichligini kamaytirib o‘tqaziladi.
Seksiyasini eni 6,4 m li blokli issiqxonalarga ari bilan changlanadigan, nisbatan kichik mevali duragaylarni olti qator o‘tqazilib, egatlar orasini 106 sm masofada olinadi, uzun mevali partenokarpik duragaylarni esa, 4 qator o‘tqazilib, qatorlar orasini 160 sm qilinadi. Qatordagi o‘simliklar orasini 50-60 sm qoldiriladi. Boshqa davlatlarni tajribasi shuni ko‘rsatayaptiki, o‘simliklarga 0,6-0,8 m2 oziqlanish maydoni (1 m2 1,2-1,5 o‘simlik) berilganda hosildorlik kamaymaganligi ma’lum bo‘lgan.
O‘tuvchan aylanishda o‘simliklarga shakl berish taxminan qishki-bahorgi aylanishga o‘xshash. Asosiy poyada mevalarni yon poyalar bilan navbatlab (har bir bo‘g‘indan keyin), 8-10 tagacha meva qoldiriladi. Yoritilganlik past davrda (dekabr-fevral yarmigacha) partenokarpik o‘simliklarda bir vaqtda shakllanayotgan mevalar soni 8-12 donadan oshib ketmasligi kerak. Yorug‘lik ortib borgan sari o‘simlikka beriladigan hosil miqdorini oshirib 17-18 ta mevaga yetkaziladi. O‘tuvchan davrda ayniqsa kasal va qurigan barglarni, hosili tugagan yon poyalarni, qing‘ir-qiyshiq barralarni o‘z vaqtida olib tashlash kerak.
Hosilga kirgan davrda eng yuqori yorug‘likda harorat, havo ochiq kunlari – 22-26°S, bulutli kunda – 20-22°S, kechasi havo ochiq kunlardan so‘ng – 18-20°S va bulutli kunlardan so‘ng esa – 16-18°S bo‘lishi kerak. Tuproqni harorati 20°S dan pastga tushmasligi kerak. Bahor va yozda issiqxonalarni isib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni oldini olish choralarini ko‘rish lozim.
Havo va tuproq namligi yoritilganlik darajasiga qarab tegishli me’yorlarda ushlab turiladi. Bunda fevral o‘rtalarigacha tuproq namligi 75-80% NV darajada saqlanadi. Sug‘orish ertalab o‘tkaziladi. Havoning nisbiy namligini 75-80% atrofida saqlanadi.
O‘simliklarni oziqlantirish agrokimyo tahlillarini natijalariga qarab olib boriladi. Agar tahlil qilinmasa, unda qo‘shimcha oziqlantirishni yorug‘lik yetishmaganda har 18-20 kunda, yuqori bo‘lganda har 10-12 kunda o‘tkaziladi. Ekinni o‘suv davri tugashiga bir oy qolganda oziqlantirish to‘xtatiladi.
O‘tuvchan aylanish davrining boshlanishi kuzda hali issiqlik yetarli, kasallik va zararkunandalarni tarqalishiga moyil vaqtda o‘tadi. Yoritilganlik kamaygan davr boshlanishi bilan o‘simliklar nimjonlashadi, bu ham kasallik va zararkunandalarni rivojlanishiga yordam beradi. Shu bois o‘tuvchan aylanish davrida asosiy e’tibor o‘simliklarni himoya qilishga qaratilishi zarur. Shuning uchun issiqxonalarni o‘tuvchan aylanish davriga tayyorlash puxta va yana ham diqqat bilan olib borilishi kerak. Buning uchun issiqxona va inventarlarni ikki marotaba nam dezinfeksiya qilinadi. Agarda oq pashsha bo‘lsa, issiqxona xo‘jaligiga yaqin maydonlardagi o‘simliklarga ham ishlov beriladi. Bu maydonlarda un shudring tushmaydigan o‘simliklar, hamda kuzgi-qishki bodring ekini bo‘lmasligi lozim. Tuproq puxta sog‘lomlashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu ekin davrida diqqat bilan kasallik va zararkunandalarni paydo bo‘lishi kuzatib boriladi, ularni makonlari aniqlanib, ular paydo bo‘la boshlayotgan davrni o‘zidayoq yoppasiga ishlov berishga yetib bormasdan yo‘qotish kerak.

Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin