Reja kirish



Yüklə 188,36 Kb.
səhifə1/19
tarix21.10.2023
ölçüsü188,36 Kb.
#158699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
TAYYOR REFERAT


REJA

  1. KIRISh

  1. Prezident qarorlar va farmonlari

  2. Butun dunyoda bodring yetishtirish haqida

  3. Issiqxona turlari haqida

  1. BODRINGNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYaTI

  1. Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

  2. Salomatlik uchun foydali tomonlari

  3. Bodring mevasining tarkibi

  1. BODRING TARQALIShI

  1. Bodringni kelb chiqishi

  2. Bodringni tarqalish hududi

  3. Bodringning rivojlanish davrlari

  1. BODRING MORFOLOGIYSI

  2. BODRING BIOLOGIYaSI

  3. BODRING NAVLARI

  4. BODRINGNI YETIShTIRISh AGROTEXNALOGIYaSI

  5. BODRING KASALLIKLARI

  6. BODRING ZARARKUNANDALARI

  7. BODRING HOSILDORLIGI

  8. BODRINGNING IQTISODIY SAMARADORLIGI



KIRISh
Qishloq xo'jaligining isloh qilishning ustuvor vazifalari Respublika iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash va qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlarida islohatni bosqichma - bosqich amalga oshirib borishning muhim ahamiyatgaega ekanligidan kelib chiqmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimov mamlakatimizda sabzovotchilikni rivojlantirish intensiv texnologiya fan va texnika yutuqlari asosida yuksaltirishga hamda bodringning yangi navlarini yaratish va sabzavotchilikni yanada rivojlantirishda katta e'tibor qaratmoqdalar.
Har bir sohada bo'lgani kabi qishloq xo'jalikda xususan sabzavotchilikda, dehqonchilikda ham mahsulot tan narxini arzonlashtirish va samaradorligini oshirish asosiy masalalrdan biri hisoblanadi. Buning uchun mehnat unumdorligini oshirish texnologik jarayonlarni takomillashtirish sarf xarajatlarni qisqartirish resurslardan oqilona foydalanish talab etiladi. Ana shu masalalar qishloq xo'jalik mulkdorlari faoliyatida dalalarimizda ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullangan olimlar diqqat markazida bo'lib kelmoqda.
Qabul qilingan qonun va qarorlarga o'simliklarning xosildorligini ko'tarish,
kasalga chidamli navlarni yaratish mahsulot sifatini yaxshilash asosida jahon
andozalari talabi darajasida erishish vazifasi belgilab berilgan.
Respublika iqtisodiy istiqboliga qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish asosida aholini oziq - ovqat mahsulotlari bilan to'liq ta'minlash asosida erishish mumkin. Bu muammolarni muvafaqiyatli xal qilishga qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish, sug'orish tarmoqlarini yaxshilash o'simliklarni har xil zamburug'lar keltirib chiqaradigan kasalliklardan xasharotlardan va begona o'tlardan himoya qilish muhim o'rin tutadi.
Bugungi kunda dunyo miqyosida meva va sabzavotlarni kunlik iste’mol ehtiyojini ta’minlovchi sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sabzavotlar ichida bodring asosiy ekinlardan biri bo‘lib, uni ishlab chiqarish haj-mini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash muhim ahamiyatga ega. Dunyo bo‘yicha bodring ekilgan umumiy maydonlar 2 mln. 496 ming gektarni, yalpi mahsulot hajmi esa 83,8 mln. tonnani tashkil etmoqda. Yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha so‘nggi yillarda Xitoy (65 mln tonna), Eron (1981 ming tonna), Rossiya (1940 ming tonna), Turkiya (1827 ming tonna) va AQSh (956 ming tonna) yetakchilik qil-moqda.Dunyoda sodir bo‘layotgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etish, aholi sonining ortib borishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga, issiqxonalarda bodringning yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini yaratish hamda yetishtirishning innovatsion texnologik elementlarini ishlab chiqishni taqazo etadi.Mamlakatimizda sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va mahsulot eksport salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 noyabrdagi PQ–4020-son “Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 20 martda imzolangan PQ-4246-son
“O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 23 oktyabrdagi PQ-5853 son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 2020-2030 yillarda rivojlanti-rishning Harakatlar strategiyasi” aholini oziq-ovqat xavfsizligi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati bilan ta’minlash asosiy vazifalardan biri qilib belgilangan. To‘g‘ri ovqatlanish uchun sabzavotlar assortimentini ko‘paytirish, yangi navlarni yaratish, mahsulot sifatini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Yüklə 188,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin