2.3. Atsetiltransferazalar yetishmovchiligi
Silni davolash uchun ishlatiladigan dorilar (izoniazid, tubazid)larni amaliyotda ishlatish bu dorilarni ko‘tara olish xususiyati bemorlar orasida turlicha ekanligini ko‘rsatdi. Bu dorilarni ba’zi bemorlar yaxshi qabul qilsa, boshqa bemorlarda bu dorilar bosh orrishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, to‘sh orqasida og‘riq, yurak urishlar sonining ko‘payishi, polinevrit, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik kabi og‘ir salbiy ta’sirlarga sabab bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Individlarning izoniazidga sezuvchanligining har xilligiga uning metabolizmi, atsetillanish, qisman gidrolizlanishning buzilishi sabab ekanligi aniqlandi.
Izoniazidning jigarda atsetillanishi Natsetiltraneferaza ishtirokida kechadi. Odamlarda bu fermentning faolligi turlicha bo‘lib, ularda izoniazidga sezuvchanlikshshg turlicha ekanligi shu bilan izohlanadi. 4 mg/kg izoniazid qabul qilgan bemorlarning bir qismida preparatning 6—7 foizigina siydik bilan atsetillangan metabolitlar ko‘rinishida, boshqalarida esa bu ko‘rsatkichning ikki barobar ko‘pligi aniqlangan. Sekinlik bilan atsetillovchilarda izoniazidning qondagi miqdori tez atsetillovchilarga nisbatan yuqori bo‘lgani aniqlangan. Izoniazidning faolsizlantirish darajasi bemorga 10 mg/kg hisobida bir marta dori berilgandan 6 soat vaqt o‘tgach uning qon plazmasidagi miqdori 1 mkg/kg bo‘lganlar tez atsetillovchilar, bu ko‘rsatkich 5 mkg/kg bo‘lgan bemorlar esa sekin atsetillovchilarga kiradi.
Bir va ikki tuxum hujayrali egizaklar ustida olib borilgan populyatsiya kuzatuvlari odamlarda uchraydigan izoniazidga sezuvchanlik turlicha ekani irsiy tabiatga ega bo‘lib, Natsetiltransferazalar polimorfizmi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu hodisa turli millat va elatlar orasida keng diapazonda tarqalgan bo‘lishi aniqlangan (11jadval).
11j a dva l
Turli etiik guruhlar va elatlar orasida tez yoki
sekin atsetillovchilarning tarqalishi
Etnik guruhlar va elatlar
|
Tea atsetillovchilar,
%
|
Sekin atsetillovchilar, %
|
Ovrupoidlar
|
58,6
|
41,4
|
Negroidlar
|
54,6
|
45,4
|
Eskimoslar
|
10,5
|
89,5
|
Yaponlar
|
12,0
|
85,0
|
Xitoylar
|
22,0
|
78,0
|
induslar
|
59,0
|
41,0
|
Izoniazid metabolizmidagi farq dori bilan davolash natijasiga ta’sir qiladi, sekin atsetillovchilarda dorining salbiy ta’sirlari ko‘proq va kuchliroq kechishi mumkin.
Bemorlarni izoniazid bilan davolash vaqtida izoniazid metabolizmidagi farqni ko‘zda tutib, dorini miqdorlash tavsiya etiladi, ya’ni sekin atsetillovchi bemorlarga dori miqdorini tez atsetillovchilarga nisbatan kam miqdorda berish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, sekin atsetillovchi bemorlarga izoniazid bilan piridoksin (V6 vitamini) birga berish tavsiya etiladi, bu izoniazid chaqiradigan polinevrit va boshqa zaharlanish belgilarining oldini oladi.
Apressin, sulfadimezin, gidrolazinlar uchun ham odamlarda atsetillanish turlicha ekanligi aniqlangan. Shu sababli izoniazid va apressin yoki sulfadimezin bir vaqtda berilganda ular orasida mos kelmaslik bo‘lishini hisobga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |