Reja: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha



Yüklə 89 Kb.
səhifə3/6
tarix06.06.2023
ölçüsü89 Kb.
#125958
1   2   3   4   5   6
10-Ma’ruza

Tarmoq topologiyasi
Tarmoq topologiyasi – bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko‘pincha asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi: Monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‘pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‘zi zarur.
Kirish uslubi – bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar tuplamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token – Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‘lib, har bir kompyuter tarmog‘iga o‘rnatiladi va tarmoq kanallari bo‘yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Monokanal topologiya tarmog‘I Monokanal topoldogiya tarmog‘i barcha kompyuter tarmog‘ini birlashtiruvchi bitta aloqa analidan foydalaniladi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan uslub – bu eltuvchi chastotani va ihtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD)

Monokanal topologiyaning lokal tarmog‘i
Bunda avvolo, tarmoqning kirish uslubida kommunikatsiya kanali bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natishdan oldin kanal tinglab ko‘riladi va u bo‘sh ekanligiga ishonch hosil qilingandan so‘nggina, paket jo‘natiladi. Agar kanal band bo‘lsa, uzel tasodifiy vaqt oralig‘ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarmoq uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlar barcha uzellarga etib boradi, ammo bu ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi. Kanal bandligi oldindan eshitilib ko‘rilsa-da, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaqtda uzatish paytda ihtilof paydo bo‘lishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, signal kanal bilan uzatailayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan lekin eshitib ko‘radigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa Ethernet tarmog‘ida lokal tarmoqlar uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 10 Mbitga teng (Mbit/s). Kichik EHM, mikro EHM va nihoyat shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini kengaytirdi.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash – bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biriga bog‘langan kompyuterlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
Shuningdek, uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet mavjud. Giqabit Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali assosatsiya tashkil etilgan. Uning tuzilmasi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ishlab chiqiladi. ko‘p mashinali hisoblash komplekslari (KHK); kompyuter (hisoblash) tarmog‘i.
Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan:
Uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o‘zgartirish;
Qabul qilishda: qabul qilingan signalni xalaqitlardan filtrlash va dedektorlash uchun yani tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o‘zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o‘zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bolangan.
Modulyatsiya-bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) o‘zgartirishdir.
Demodulyatsiya bu modulyatsiya qilingan signalni(balki aloqa kanalidan o‘tish payitida xalaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qilinadigan signalga teskari o‘zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko‘pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
Chastotali-Frequense shiftp keying ;
Fazali-Rhaqe shiftp keying;
Kvadrat amplitudali-Quadrature Amrlitude Modulation
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarini) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o‘zgaradi, bunda uning amplitudasi o‘zgarmaydi. Eng sodda holdama’lumotlar bitimining 1va 0 qiymatlariga, ma’lumotlar uzatilishining birinchi bayonnomalari v.21 da qabul qilingani kabi chastotaning ikkita qiymati mos keladi,
masalan 980 gs va 1180 gs . chastotali modulyatsiya xalaqitlarga juda turundir uztishda signalning faqat amplitudasi buziladi. Fazali modulyatsuiya modulyatsiya qilinadigan kattalik bulib signal fazasi hisoblanadibunda uning chastotasi va amplitudasi o‘zgarmaydi.faza modulyatsiya qilingan signalning xalaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir. Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning xalaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir shuning uchun xalaqitlarga chidamliroq lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo‘llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o‘zida signalning fazasi xam amplitudasi ham o‘zgaradi. Modemlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o‘zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi. Ko‘pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari telekomunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali tizimlarni xam bajaradi masalan tovushni raqamlash va raqamlangan tovushlarni qayta tiklash operatsiyalari faksning axborotlarini axborotlarini qabul qilish va uzatish chaqirilayotgan abonentning nomerini aniqlab beradi.
Avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifasini bajaradi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quydagicha farqlanadi:
Konstruksiyasi bilan-avtonom va operatura ichiga qurilgan.
Aloqa kanalli va interfays bilan kontaktli va kontaktsiz.
Vazifasi bilan turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan aralash ma’lumotlarni uzatish uchun modemlar.
Ma’lumotlarni va fakslarni uzatish uchun faksmodemlar.
Avtonom modemlarni ko‘pincha tashqi apparatura ichiga mos qurilgani esa tashqi modem deb yuritiladi.
Тashqi modem bu odatda katta bo‘lmagan quticha ko‘rinishidagi mustaqil konstruksiya bo‘lib u manba bloki apparaturaga va telefon kanaliga ulash uchun razyomlar va indikatorli oyna bilan jixozlangan

Foydalanuvchining ixtiyorida ikkita va undan ortiq kompyuter mavjud bo‘lsa, ular o‘rtasida ma’lumot almashtirish muammosi paydo bo‘ladi. Bunday almashuvni «axborot tashuvchilari» deb ataluvchi disketalar, kompakt-disklar yordamida amalga oshirsa bo‘ladi.


Ammo bu jarayonni inson ishtirokisiz, kompyuterlar o‘rtasida kabelli aloqani ta’minlab amalga oshirish afzalrokdir.
Agar shu tariqa ikkita yaqin joylashgan kompoterni bir-biri bilan ulansa hamda axborot uzatish uchun dastur tuzilsa, oddiy kompyuter tarmog‘i barpo bo‘ladi.
Bir necha kompyuter tarmoqqa birlashtirish qoidalari ikkita kompyuterni ulash
qoidalaridan farq qilmaydi. Kompoterlar o‘zaro aloqa tizimlari (liniyalari) yordamida ulanishi kerak. Bir-biridan uzoqda joylashgan kompyuterlarni ulash uchun qo‘shimcha maxsus elektron qurilmalardan (modem, tarmoq kartalari va h.k.) foydalaniladi, undan tashqari, kompyuterlar tarmoqda birgalikda ishlashlarini ta’minlovchi dasturlar urnatiladi.
Demak, kompyuter tarmog‘i - bu kompyuterlar, ular orasidagi aloqa qurilmalari hamda axborot almashinuvini ta’minlovchi dasturlar majmuidir.
Hozirgi vaqtda kompyuter tarmoqlarida ma’lum bo‘lgan aloqa tizmalarining barchasi: tezligi unchalik katta bo‘lmagan telefon tizmalaridan boshlab, to yuqori tezlikka ega bo‘lgan raqamli yo‘ldosh kanallaridan foydalaniladi.
- Kompyuter tarmog‘iga ulanish usullarining eng ommabopi ( modem yordamida telefon orqali axborot uzatishdir. Modem kompyuterda qo‘llanuvchi raqam signallarini telefon tizmalarida qo‘llanuvchi signallarga va aksincha, telefon signallarini kompyuter signallariga o‘giruvchi qurilmadir.
Telefon rakamini terganimizda, ATSda mijoz (abonent) o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun aloqa tizimlari ma’lum usulda bir biriga ulanadi, ya‘ni kommutatsiya qilinadi. Shuning uchun telefon tizimlarini ko‘pincha kommutatsion tizimlar deb atashadi. Bunday tizimlar yordamida aloqa ma’lum vaqtga: ikki inson telefonda suhbatlashishi yoki kompyuterlar o‘zaro axborot uzatishi uchun zarur bo‘lgan vaqtga o‘rnatiladi. Kommutatsion tizimlardan farqli o‘laroq ajratib berilgan tizimlar kompyuterlarni doimiy ulab turadi. Ajratib berilgan tizim kabellar yoki radioaloqa yordamida yaratilishi mumkin. Ular axborot almashuvini juda katta teelikda amalga oshirish imkonini beradi. Kompyuter tarmoqlarining lokal va global turlari ma’lum.
Bir-biridan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi
tarmoq - lokal tarmoq deb aytiladi.
Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish uchun:
- tarmoqka ulanuvchi hap bir kompyuterning lokal tarmoqdan axborot olishi va ma’lumotlarni tarmoqqa uzatishini ta’minlaydigan tarmoq kartasi bilan jihozlash kerak;
- kompyuterlarni kabellar vositasida bir-biri bilan ulab chiqish kerak;
Ba’zi turdagi tarmoqlarda kompyuterlar bir-biriga ketma-ket ulanadi (xuddi archa chiroqlaridagi lampochkalardek), ba’zilarida esa, kabellar ulanishi maxsus kontsentrator-qurilma (yoki HUB) orqali amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmog‘i yaxshi ishlashi uchun aksariyat hollarda maxsus kompyuter-server ajratiladi. Serverlar bir nechta bo‘lishi ham mumkin. Serverlar diskida ko‘pchilik ishlatadigan dasturlar, ma’lumotlar bazasi va h.k. joylashadi,
Kompyuter tarmog‘idagi boshqa kompyuterlar ishchi stantsiyalar deb ataladi.
Agarda tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir-biridan ancha uzoq masofada, masalan, turli shaharlarda joylashgan bo‘lsa, bunday tarmoq ularni keng qamrovli kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Aksariyat hollarda keng qamrovli tarmoqqa alohida kompyuterlar emas, balki lokal kompyuter tarmoqlari ulanadi.
Dunyo miqyosidagi keng qamrovli kompyuter tarmoqlar global kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Internet - ma’lum bo‘lgan global kompyuter tarmoqlarining eng yirigidir,
Internet - bu uzatgichlar, telefon tizmalari radio va kosmik yuldosh orkali plyonka yordamida uzaro ulangan millionlab kompyuterlardir. Ularning bir kismi katta va salmoqli, xuddi IBM korporativ tarmog‘i kabi, kompyuter tarmoqlariga birlashgan. Boshqalari - universitet, litsey, maktab va xususiy uylarda joylashgan shaxsiy kompyuterlardir.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin