INTERNET xalqaro tarmog‘i Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmog‘i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dun¸dagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Kompaniyalarni Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmog‘idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to‘lanuvchi doimiy to‘lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘pgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo‘l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko‘pincha telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniksa, chet ellarda filiallari mavjud bo‘lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo bo‘yicha imkoniyatga ega.
SHu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmog‘i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so‘zlaridan boshlangan manzilda ko‘rish va uni shu manzildan nusxasini ko‘rib olish mumkin degan so‘zlar ko‘proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo‘lmoqda.