SHarhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir Donalash metodi tadqiqot ob`ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlardagi o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta`sir va uyg`unlikning o’zaro bog`lanishlari o’rganiladi
Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma`lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlarning rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta`rif va tavsif berishdir
Empirik metodlar guruhi o’z navbatida ikkiga bo’linadi Asosiy metodlar YOrdamchi metodlar eksperiment
kuzatish
so’rovnoma
suhbat
sotsiometriya
test
faoliyat natijalarini tahlil qilish
Kuzatish metodi –bir muncha keng tarqalgan metodlardan bo’lib, uning yordamida ta`lim-tarbiyaning turli sharoitlarida psixologik pedagogik hodisalar ularga aralashmagan holda o’rganiladi.
Kuzatish metodi – bir muncha keng tarqalgan metodlardan bo’lib, uning yordamida ta`lim-tarbiyaning turli sharoitlarida psixologik pedagogik hodisalar ularga aralashmagan holda o’rganiladi.
Kuzatish metodi – ikki xil bo’lib, ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Kuzatish metodiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) kuzatishning maqsad, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatilayotgan ob`ekt tanlanadi;
v) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
g) kuzatish qancha davom etishi qat`iylashtiriladi;
d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’qish, o’yin, mehnat, sport) amalga oshirilishi aniqlanadi;
e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi;
yo) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qo’yiladi.