Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma`noda emotsiyalar emotsional kechinmalarning o`ziga xos jihatga ega shakl-laridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotni insonning bevosita kechirishidan iborat. Masalan, shaxsning musiqani sevishi emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoq-masa, g`azabli emotsional kechinma hosil boiishi ijobiy yoki salbiy emotsiya deyiladi.
Qo`rqinch, dahshat emotsional kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon boiishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo`rquvdan serrayib qoladi, o`zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto o`zini xavf-xatarga tashlashi ham mumkin.
«Hissiyot» (emotsiya) va «his-tuyg`u» degan so`zlar ko`pincha si-nonimlar sifatida qoilaniladi. Torroq ma`noda olganda, hissiyot bu qandaydir biroz doirniyroq his-tuyg`ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iborat. «Emotsiya» so`zi o`zbek tiliga aniq tarjima qilinganda, u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma`noni anglatadi.
Ayrim holatlarda emotsiyalar ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch boiib, g`ayratni oshiradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar (astenik deb atalmish emotsiyalar) faoliikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg`ularning boshdan kechirilishi kishini bo`shashtirib yuboradi.
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari boiishidan tashqari, ba`zida faoliyatni tashkil qiluvchi, goho uni izdan chiqaruvchi omilga ham aylanishi mumkin. Emotsional holatlar yo haddan tashqari kuchaysa yoki susaysa, xullas, me`yori, maromi izdan chiqsa, u holda shaxs faoliyati` maqsadga yo`nalishini yo`qotadi, buning natijasida obyektlar noto`g`ri aks ettiriladi, ular xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga yo`l qo`yiladi.
Affektlar (emotsional portlashlar) deb kishini tez chulg`ab oladi-gan va shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlarga aytiladi. Ular ongoing anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab boiganligi uchun ham qisqa muddatli boiadi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affekt buhrondir.
Emotsional portlash ro`y bergan taqdirda, uning keyingi bosqich-larida kishi o`zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o`ylamaydi va aql-hushini yo`qotib qo`yadi. Tormozlanish miyaning qobig`ini egallab oladi va kishining tajribasi, uning madaniy va ma`naviy negizlari mustahkamlangan muvaqqat bogianishlarning tarkib topgan tizimini ishlatmay qo`yadi.
Affektiv portlashdan keyin holdan toyish, majolsizlik, barcha narsalarga befarqlik bilan munosabatda bo`lish, harakatsizlik, ba`zan esa mudroq bosish boshlanadi. Psixologiyada «telbalarcha» ishq-muhabbat hissining affektiv tarzda kechishi atroflicha o`rganilgan va badiiy adabiyotda esa yana ham yaxshiroq tasvirlangan.
Affekt holati boshlanganda shaxs insoniy qadriyatlarning barcha-sidan uzoqlashib, o`z hissiyotining oqibati to`g`risida o`ylamaydi, hatto tana o`zgarishlari, ifodali harakatlar unga bo`ysunmay qoladi. Kuchli zo`riqish natijasida mayda, kuchsiz harakatlar barham topadi. Tormozlanish miya yarim sharlari po`stini toiiq egallay boshlaydi, qo`zg`alish po`stloqosti asab tugunchalarida, oraliq miyada avj oladi, xolos. Buning natijasida shaxs o`zida emotsional kechinma (dahshat, g`azab, nafratlanish, umidsizlik va hokazolar)ga nisbatan kuchli xohish sezadi.
Affektlar vujudga kelishining dastlabki bosqichida har bir shaxs o`zini tutishni, o`zini qo`lga olishni uddalay olish qurbiyatiga ega bo`ladi. Keyingi bosqichlarda irodaviy nazorat yo`qoladi, irodasiz harakatlar amalga oshiriladi, xatti-harakatlar o`ylanmasdan qilinadi. Affektiv holatlar mas`uliyatsizlik, axloqsizlik, mastlik alomatida sodir bo`ladi, lekin shaxs har bir xatti-harakati uchun javobgardir, chunki u aql-zakovatli insondir.
CHET EL PSIXOLOGIYASIDA SHAXS NAZARIYALARI
Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo moshiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. quyida sanab o’tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplari to’g’risidagi qarashlariga to’xtalib o’tamiz.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning moshiyatidan sosial-psixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida harshlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) shali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi shayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jishatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam sholiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o’rta asr kishilar ongiga va nishoyat yetukli davrdagina (1618 yoshlarda) u Hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulyasiya qonuni" ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) shisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik shayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamoshangdir. o’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib kelgunga qadar (2225 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar "bo’ron va tazyiqlar", ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda "individuallik tuyg’u" si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, shistuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, shis-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari, (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik hartlangan sifatlar hamisha yetakchi va shal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta'limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan hartlangan, ayniqsa birinchi navbatda, u jinsiy (seksual) mayliga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi - bu aksil qutbga joylashgan sosiogenetik nazariya shisoblanadi. Sosiogenetik yondashishga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, shayotning ijtimoiy hart-haroitlarining bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi. G’arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri - bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning moshiyatiga binoan jamiyat o’zining har bir a'zosiga status (shaq-shuquq) deb nomlangan xattiharakat (xulq) ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy mushitda bajarishi hart bo’lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatida, o’zgalar bilan munosabat, muloqot o’rnatishida sezilarli iz qoldiradi.
AqShda keng tarqalgan nazariyalardan yana bittasi - bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o’zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning shayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko’pincha ko’nikmalarni egallash va bilimlarni o’zlashtirishning samarasi qo’zg’atuvchini uzliksiz ravishda mustashkamlanib borishning mashsulidir. (E.Torndayk, B.Skinner va hokazo).
K.Levin tomonidan tavsiya qilingan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi psixologiya fani uchun (o’z davrida) muhim ahamiyat kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko’ra individning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) lar bilan boshqarilib turiladi va ular fazoviy zarurat maydonining ko’lami va tayanch nuqtasiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Yuqorida tashlil qilingan (harshlangan) har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqi (shatti-harakati) ni o’zgalar uchun yopiq yoki mashdud mushit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bu o’rinda odam xoshlaydimi yoki yo’qmi bundan qat'i nazar mazkur haroitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan aqidaga amal qilinadi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson shayotining ijtimoiy-tarixiy vaziyatlari va ob'ektiv hart-haroitlari mutlaqo e'tiborga olinmaganga o’xshaydi.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb shisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tashlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z moshiyati, mashsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.
Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tashlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.
Birinchi davr - go’daklik. Ushbu davrda go’dakda ongsizlikka asoslangan tashqi dunyoga nisbatan "ishonch" tuyg’usi vujudga keladi. Buning bosh sababchisi ota--onaning meshr-mushabbati, g’amxo’rligi va jonkuyarligining nishonasidir. Agarda go’dakda ishonch negizi paydo bo’lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik shissi tug’ilsa, u taqdirda voyaga yetgan odamlarda mashdudlik, umidsizlik shaklida aks etuvchi xavf vujudga kelishi, eshtimol.
Ikkinchi davrda, ya'ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqillik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg’usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo’lmish uyat va shubsha shissi shosil bo’ladi. Bolada mustaqillikning o’sishi, o’z tanasini boshqarishga keng imkoniyat yaratib, bo’lg’usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas'uliyat, javobgarlik, shurmat tuyg’ularini tarkib toptirishga puxta zamin shozirlaydi.
Uchinchi davr - o’yin yoshi deb atalib 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg’usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabodo unda xoshish-istakni ro’yobga chiqarishning yo’li to’sib qo’yilsa, ushbu holatda bola o’zini aybdor deb shisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya'ni guruhiy o’yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko’rishiga, xayoloti o’sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg’usi, uni tushunish mayli tug’ila boshlaydi.
To’rtinchi davr - maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o’zgarishlar ko’zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mashsuldorlikka intilish tuyg’usi bilan ajralib turadi. Uning eng muhim qadriyati - omilkorlik va mashsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jishatlari (illatlari) ham ko’zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo’lmaganligi, ongi shayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammolarni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o’zlashtirishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda mehnatga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr - o’spirinlik - o’zining betakror xislati, individualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o’smirlik shaxs sifatida noaniqlik, muayyan rolning uddalamaslik, qat'iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir.
Mazkur davrning eng muhim xususiyati "rolni kechiktirish"ning o’zgarishi shisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy shayotda bajarayotgan rollarining ko’lami kengayadi, lekin ularning barchasini jiddiy egallash imkoniyati mavjud bo’lmaydi, vasholanki bu kezda o’spirin rollarda o’zini sinab ko’rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o’spirinlarda o’z-o’zini anglashning psixologik mexanizmlarini batafsil tashlil qiladi, unda vaqtni yangicha shis qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo’zg’atuvchi) jarayonlar va ularning turli ko’rinishlari namoyon bo’lishini harshlaydi.
Oltinchi davr - yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixologik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va eshtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada aloshida o’rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tansholik va odamovilik kabi bexosiyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Etinchi davr - yetuklik davri deb atalib, shayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g’amxo’rlikda, pusht qoldirishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mashsuldorlik tuyg’usi unga uzluksiz ravishda hamrosh bo’ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishida turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jishatlarda turg’unlik tuyg’usi nuqson (illat) sifatida shukm surishi eshtimoldan sholi emas.
Sakkizinchi davr, ya'ni qarilik inson tariqasida o’z burchini uddalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlanganligi (qoniqqanligi) tuyg’ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususiyat sifatida ushbu yoshda shayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko’ngil sovish shis-tuyg’ularini ta'kidlab o’tish o’rinlidir. Donolik, soflik, gunoshlardan forig’ bo’lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jishati, saxovati shisoblanadi, binobarin, har bir aloshida olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazardan qarash ularning oliy shimmati sanaladi.
E.Shpranger "o’spirinlik davri psixologiyasi" degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar E.Shpranger bo’yicha:
shaxsiy "Men" ni kashf qilish,
refleksiyaning o’sishi,
v) o’zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e'tirof qilish,
g) shayotiy ezgu rejalarining paydo bo’lishi,
d) o’z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning moshiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg’usini tug’ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati - o’zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan "uzilish inqirozi" va tansholik tuyg’usining paydo bo’lishidir. Bu holatni tarixiy hartlanganlik hart-haroitlar va omillar vujudga keltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo’lib shisoblanadilar.
Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jishatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta'limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish,ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA VA UNIG NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI
Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratilishi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqate’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unum li bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridansirigacha bilib olishimiz mumkin.
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Bironbir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsa lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qi yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea-hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bunday degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham, diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.
Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jara yon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini esla tadi. Agar odam ning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelganidan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq be rilib ketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchast kasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchastkalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlashgan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshitilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obraz li qilib «Bu nima?» deb ataydi. Diqqatning fiziologik asosi hisoblanmish oriyentirovka reflek sining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nis batan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsaning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini keltiradi.
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib turadigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuq tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqatning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,– deydi I.P. Pavlov, – yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi… Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».
A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va bu ning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki, I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omillardan biridir. Oriyentirovka refleksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirishda bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mum-
kin.
Diqqatning turlari
Ixtiyorsiz diqqat paydo bo‘lishida odam ko‘pincha faqat irodaviy zo‘r berish u yoqda tursin, biron-bir narsani ko‘rishini, eshi tishini va shu kabilarni o‘ziga oldindan maqsad qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun bu diqqat maqsadsiz diqqat de yiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni sodir qiluvchi sabablar kuchli qo‘zg‘atuvchilardir. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi katta ahamiyatga ega. Masalan: kuchli momaqaldiroq, o‘q ovozi, tundagi shitirlash. Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Masalan: yoqimli taom hidi uxlab yotgan odamni ham uyg‘otib yuboradi.
Ixtiyoriy diqqat amalda biron-bir narsani idrok qilish yoki ish bajarish maqsadi, niyati paydo bo‘lishi tufayli maydonga keladi. Masalan: biron-bir ishni bajarishga qiynalsak ham, shuni bajarishga intilamiz. Ixtiyoriy diqqat mehnat mashaqqatlari natijasida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r bеrishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ana shu jihatdan olganda ixtiyoriy diqqat bog‘cha yoshidagi bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqatning nеrv-fiziologik asosida miya yarimsharla rining po‘stida vujudga kеladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistеmasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kеlishida nutqning roli g‘oyat kattadir. Chunki ko‘pchilik hollarda, xoh ta’lim jarayonida bo‘lsin, xoh mеhnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tеz charchaydi, chunki ix tiyoriy diqqat odamga hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Shu sababli odam tеz charchaydi. Ana shu jihatdan olganda, ta’lim va mеhnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqtivaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yaxshi natija bеradi. Masalan, qiziqarli rangli ko‘rgazmalar tashkil etish va hokazo.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ishga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play boshlaydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odamning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r berishlarini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixtiyoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyatning ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyoriy diqqatni ishga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.
Diqqatning xususiyatlari
Diqqat turlicha sifat ko‘rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko‘rinishlari diqqatning sifati yoki xususiyati deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, ko‘lami, ko‘chirilishi, taqsimlanishi, to‘planishi (konsentratsiyasi) uning asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Diqqatning xususiyatlari turli odamlarda turlicha darajada ko‘zga tashlanadi.
Diqqatning kuchi va barqarorligi dеb, odam o‘z diqqatini biron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda qarata olmaydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham olmaydi va hatto o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqarorligi bu uncha-muncha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari biz uchun qanchalik ahamiyat ga ega ekanligiga, ikkinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliyatimizga, uchinchidan, nеrv sistemasining ayrim xusu siyatlariga bog‘liqdir. Bularning hammasi obyеktiv, ya’ni bizning irodamiz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va barqarorligi, albatta subyеktiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da bеtob bo‘lib turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tashvish tushgan odamning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.
Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bilan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlaridan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. Diqqat tеbranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqtivaqti bilan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tushuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga quloq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak, diqqatimiz jамgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh baland, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik farqini ajratishda ham xuddi shunday hodisa yuz bеradi. Diqqatning bunday tеbranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, diqqat tеbranishining davomiyligi 2–3 sеkunddan oshmaydi (ko‘pi bilan 12 sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning o‘zgarib turishi ikkilanuv chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik piramidaning tasviriga tikilib qa ralsa, uning ustki tomoni goh oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.
Diqqat turlari va uning hususiyatlari
Одам айрим нарсаларга ўз диққатини онгли равишда ўзи ҳоҳлаб қаратса, бошқа бир нарсалар диққатни беихтиёр яъни бизнинг ҳоҳишимиздан ташқари жалб қилади. Ихтиёрсиз диққат деб тўсатдан таъсир қилган бирор сабаб туфайли бизнинг ҳоҳишимиздан ташқари ҳосил бўладиган диққатга айтилади.
Одамнинг кўз ўнгида пайдо бўладиган жуда ёрқин рангли нарсалар, ўзининг ташқи кўриниши жиҳатидан одатдаги нарсалардан кескин фарқ қилувчи предметлар, тўсатдан пайдо бўлган қаттиқ товуш, бирор нарсанинг кескин ҳаракати ва шу кабилар ихтиёрсиз диққатни юзага келтирувчи сабаблар бўлиши мумкин. Масалан, ҳикоя ўқиш машғулоти пайтида тўсатдан учиб ўтган реактив самолётнинг қаттиқ ва баҳайбат товуши ҳамманинг диққатини беихтиёр ўзига жалб қилади.
Ихтиёрсиз диққат одамнинг ҳар турли эҳтиёжлари ва қизиқиши билан бевосита боғлиқ бўлган диққатдир. Шунинг учун ҳам айни чоғдаги эҳтиёжларимиз, қизиқишларимиз билан боғлиқ бўлган нарсаларнинг таъсири ихтиёрсиз диққатга сабаб бўлади. Масалан, эркин ўйин пайтида залдан эшитиб қолган болани қизиқтирган мусиқа овози унинг диққатини ўйиндан дарҳол ўзига жалб қилиб олади.
Ихтиёрсиз диққатнинг нерв-физиологик асосини ориентировка ёки бу нима? рефлекси ташкил қилади. Чунки теварак-атрофимиздаги нарсаларнинг салгина ўзгариши бизда дарҳол ориентировка рефлексини юзага келтиради. Бошқача қилиб айтганда, «нима гап» деган маънода атрофимизга разм сола бошлаймиз.