Reja Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va
10.3. Savol bayoni. Hayolning analitik –sintetik faoliyati. Hayolning analitik xususiyati bo’yicha nemischa « tendens», lotincha «tendyege» kelib chiqqan bo’lib, psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti davomida har xil ko’rinishlarda hukm surib kelmokda. Analitik holat hayolning mazmunini, mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrofmuhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi jabhalarining qo’shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi hayolning asosiy vazifasi ekanligi g’oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida qat’iy ravishda ximoya qilinib kelinmoqsa. Ikkinchi tendensiya biosfera va neosfera to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiytarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali hayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan g’oyaga asoslanadi. Bu tendensiyada obrazlarning tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o’chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda inson xotirasida, ko’z o’ngida namoyon bo’lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham hayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo’lib, o’zaro birbirini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy hayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo’shadi, yaqqol voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg’ilar tasviri hamda tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi.
Tiklovchi hayol insoniyat tomonidan oldiN yaratilgan narsalar va hodisalar to’g’risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi, o’zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dogda qoldiradi. Har ikkala tendensiya uyg’unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi hayol turlari vazifasiga, ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin.
Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichi yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir.
Hayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Hayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo’shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat hayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. huperbo1ye bo’rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «schema» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «tupos» iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o’xshatma muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar.
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko’rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro’yrost yaxlitlashtirish imkoniyati yo’q xilmaxil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki hayoliy kompozitsiyasi to’qib chiqariladi (lotincha sotrozSho tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuligo’yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o’tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar.