Reja Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va
10.2.Savol bayoni.Hayol turlari Hayol o’zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga hayol jarayoni faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalanadi. Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amlaga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv hayol deb ataladi. Odam passiv hayolni ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirishi mumkin: ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan, iroda bilan bog’liq bo’lmagan hayolning mana shunday obrazlari shirin hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yokimli, qiziqarli narsalar xakida shirin hayol surish xamma odamlarga xosdir.
Passiv hayol ixtiyorsiz ravishda xam yuzaga kelishi mumkin. Bunday ixityorsiz ravishda yuzaga keladigan passiv hayol asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal susayishida, odamning vaqtincha xarkatsizlik xolatida, uykusirash xolatida, affekt xolatida, uykuda tush ko’rishda, ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi. Agar passiv hayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlariga bulish mumkin bo’lsa aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi hayoli turlariga bulish mumkin bo’ladi. Uz asosida yozilganlarga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi.
Ijodiy hayol qayta tiklovchi hayoldan fark qilgan xolda orginal va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishi takoza qiladi. Tasavvur hayoli, ijodiy hayol, ixtiyorsix va ixtiyoriy hayol - hayol turlari jumlasidan bo’lib, ular bir-biridan fark qiladi. Tasavvur hayoli deb, xozir yoki utmishda aslida bo’lgan mavjud bo’lsa xam, lekin bizning tajribamizda xali uchramagan va biz idrok kilmagan narsa va xodisalar tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turini aytamiz. Ijodiy hayol deb, bizning tajribamizda bo’lmagan va voqelikning uzida xam uchramagan narsa va xodisalar xakida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan hayol turiga aytiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tasavvur hayoli bilan ijodiy hayol urtasidagi fark faqat nisbiy farkdir. Ijodiy hayol jarayonida bo’lgan kabi, tasavvur hayol jarayonida xam ob’yektlarni obrazlari yaratiladi, yangidan ijod kilinadi. Hayolning bu ikki turi xam aslda ijodiy jarayondir. Orzular va shirin hayol surilishlar ijodiy hayolning aloxida turlardir.
Orzu – ijodiy hayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – kunglimizga yokadigan istikbol obrazlarini yaratish demakdir.
Shirin hayol surish – muayyan bir narsaga qaratilmagan – muayyan bir sistemaga ega bo’lmagan hayol jarayonidir. Shirin hayolga botgan vaqtda turli obrazlar kuz ungidan birin-ketin betartib uta beradi. Bu tasavvurlar jarayonini tafakkur tartibiga solmaydi. Orzularda bo’lgani kabi, shirin hayol surishda xam, asosan, uzimiz xush ko’rgan obrazlar paydo bo’ladi. Shu sababli, ko’pincha, shirin hayol surish odamga xuzur baxsh etadi.
Bizninng tush ko’rishimiz xam ixtiyorsiz hayol faoliyatidir. Odatda, kishi kattik uxlamagan vaqtida tush kuradi; uyku vaqtida, garchi zaif xolda bo’lsa xam, xar xolda, tugiladigan sezgilar, kishi organizmining xolati va extiyojlari, shuningdek, kishi bedor yo’rgan chogida tuygusida kechirgan xissiyotlar, uyku vaqtida beixtiyor paydo bo’ladigan tasavvurlar odamning tush ko’rishiga sabab bo’ladi. Ijodiy faoliyatga xamma vaqt fantaziya kushilgan bo’ladi. Birok xamma vaqt xam odamning amaliy harakatlarida hayol jarayonlari xamma vaqt darxol amalga osha bermaydi. Ko’pincha hayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan obrazlar shakliga ya’ni aloxida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Mana shunday kelajakda odam xoxlaydigan obrazlar orzu deb ataladi.
Hayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jixatlaridan fark qiladi. Hayolning bu xususiyatlari ayrim kishilarda turlicha namoyon bo’ladi va xar bir shaxsning uziga xos xarakterini belgilaydi. Hayol kengligi voqelikning kishilar hayol faoliyati uchun ob’yekt bo’ladigan soxalari doirasi bilan belgilanadi. Tabiatning xozirgi va kelajak xolati, odamlarning utmishdagi va kelakjakdagi tarixiy hayoti, yer ostidagi narsalar, osmon va undagi yulduzlar, texnika va san’at hayol faoliyati uchun ob’yekt bo’ladigan ana shunday soxalar jumlasidandir. Hayolning mazmundorligi biror ob’yektga nisbatan hayolda tugilayotgan tasavvurlarning boyligi xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun xam vallon kishining hayoli kam mazmun (hayoli kambagal) deb gapiramiz.
Hayol kengligi va mazmundorligi, odatda, bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’ladi. Keng hayol ko’pincha mazmunga xam boy bo’ladi. Hayol kuchli va kuchsiz bulishi mumkin. Biz hayol kuchiga hayolda yaratilayotgan obrazlar voqelikni idrok qilishdan xosil bo’lgan obrazlarga kanchalik yaqinlashganligiga qarab, baxo beramiz. Ba’zan hayol shunchalik kuchli suratda ishlaydiki, biz hayol ob’yektlarini xudi kuzimiz bilan kurib, to’rgandek, kulogimiz bilan eshitib to’rgandek, yoki kulimiz bilan ushlab sezayotgande bulamiz. Hayol kuchi avvalo odam extiyojining, kizikishlarining va istaklarining kuchiga bog’liq bo’ladi. Faqat shu bugunnigina uylaydigan, shu bugungusiga magrur yoki uz-uziga magrur kishilarda hayol juda kuchsiz bo’ladi. Hayol kuchi kup daraja kishining umumiy axvoliga va nerv sistemasining xolatiga: kishining tetikligiga yoki charchab kolganligiga, sogligiga yoki betobligiga bog’liq bo’ladi.