Reja:
1. Major va minorning asosiy uchtovushliklari
2.Uchtovushliklar va ular aylanishiт 3.Major va minorning yondosh uchtovushliklari. 4.Tabiiy va garmonik major hamda minor pog’onalaridan tuzilgan uchtovushliklar Bir vaqtda qo’shilib eshitilgan hamda tertsiya bo’yicha joylashgan uch va undan ortiq tovushlarga akkord deyiladi. Akkord berilgan pastki tovushdan yuqoriga qarab tuziladi.
Uchta tovushdan iborat, tertsiya bo’yicha joylashgan akkord uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlikning qaysi holatda bo’lishi shu uchtovushlik tarkibiga kiradigan tertsiyalarning joylashuv tartibi va holatiga bog’liq bo’ladi.
Major yoki katta uchtovushlik kat.3 va kich.3 dan tuziladi hamda ikki chetidagi tovushlar sof 5 intervalidan iborat bo’ladi.
Minor yoki kichik uchtovushlik kich.3 va kat.3 dan tuziladi, ikki chetidagi tovushlar sof 5 intervalidan iborat bo’ladi.
Orttirilgan uchtovushlik ikkita kat.3 dan tuziladi. Ikki chetidagi tovushlar oralig’i ort. 5 dan iborat bo’ladi.
Кamaytirilgan uchtovushlik ikkita kich.3 dan tuziladi va ikki chetidagi tovushlar oralig’i kam.5 dan iborat bo’ladi:
Major va minor uchtovushligidan hosil bo’lgan barcha intervallar ohangdosh intervallarga kiradi. Orttirilgan va kamaytirilgan uchtovushliklardan tuzilgan intervallar esa noohangdosh intervallarga kiradi, ular ort.5 va kam.5 dan iborat.
Demak, major va minor uchtovushliklari ohangdosh bo’ladi, orttirilgan va kamaytirilgan uchtovushliklar esa noohangdosh bo’ladi.
Akkord tovushlari tertsiya bo’yicha joylashgan bo’lsa, unga akkordning asosiy ko’rinishi deyiladi.
Akkordning har bir tovushi mustaqil nomga ega. Tovushlarning nomlari asosiy ko’rinishdagi akkordning pastdan yuqoriga tomon joylashgan tovushlari hosil qilgan intervallar nomidan kelib chiqadi. Uchtovushlikning eng pastki, ya’ni asosiy tovushi prima, ikkinchi yoki o’rta tovushi – tertsiya, uchinchi yoki yuqori tovushi – kvinta deyiladi.
Agar uchtovushlikda eng pastki tovush tertsiya yoki kvinta bo’lsa, bu uchtovushlik aylanmasi deyiladi.
Uchtovushlik ikkita aylanmaga ega, birinchisiga sekstakkorddeyiladi, unda prima tovushi bir oktava yuqoriga ko’chiriladi, ikkinchi aylanmasi kvartsekstakkord deyiladi, bunda prima bilan tertsiya bir oktava yuqoriga ko’chadi.
Sekstakkordning pastki tovushi tertsiya bo’ladi, kvartsekstakkordning pastki tovushi esa kvinta bo’ladi:
Sekstakkord 6 raqami bilan belgilanadi. Кvartsekstakkord esa 6/4 raqamlari bilan belgilanadi. Akkord asosiy tovushdan prima va tertsiya tomon tuziladi. Masalan, re majorda sekstakkord tuzish talab etilsa, quyidagicha bo’ladi:
Yoki si minorda kvartsekstakkord tuzish talab qilinsa, quyidagicha bo’ladi:
Major yoki minor uchtovushliklarining aylanmalarini istalgan tovushdan tuzish va ularning tonalliklarini aniqlash uchun:
Akkordning qo’shni tovushlari orasida qaysi xildagi intervallar hosil bo’lishini va;
Sekstakkordda yuqori tovushi prima ekanligini, kvartsekstakkordda esa, o’rta tovush primaligini bilish talab qilinadi.
Quyida major va minor uchtovushliklari aylanishining interval tuzilishi tartibi keltirilgan:
Major sekstakkordi - kich.3 +sof 4;
Minor sekstakkordi - kat.3 + sof 4;
Major kvartsekstakkordi - sof 4 + kat.3;
Minor kvartsekstakkordi - sof 4 + kich.3.
Major va minor uchtovushliklari aylanishining interval tuzilishini va ulardagi asosiy tovushlar ko’rinishini bilganda, kerak bo’lgan akkordni tuzish juda oson bo’ladi.
Masalan: re tovushidan major sekstakkordi tuzish talab qilinsa;
si bemol major sekstakkordi hosil bo’ladi.
Re tovushidan minor kvartsekstakkordi tuzish talab qilinsa;