Reja: Major va minorning asosiy uchtovushliklari


Major va minorning asosiy uchtovushliklari



Yüklə 490,5 Kb.
səhifə2/2
tarix07.09.2022
ölçüsü490,5 Kb.
#63458
1   2
Reja Major va minorning asosiy uchtovushliklari

Major va minorning asosiy uchtovushliklari
Major va minorning barcha pog’onalaridan uchtovushliklar tuzilishi mumkin. Tabiiy major pog’onalaridan uchtovushlik tuzilganda, ulardan uchtasi major ekanligini ko’ramiz. Bular 1, 4 va 5–pog’onalardagi uchtovushliklardir. Har bir uchtovushlik mustaqil nomga ega bo’ladi.
1 - pog’ona uchtovushligi tonika uchtovushligi;
4 –pog’ona uchtovushligi subdominanta uchtovushligi;
5 – pog’ona uchtovushligi esa dominanta uchtovushligi deyiladi.
Bular major uchtovushliklari bo’lganligi sababli major ladi uchun xarakterlidir. Bu uchtovushliklar boshqa uchtovushliklarga qaraganda lad funktsiyalarini, ya’ni, turg’un va noturg’un tovushlar munosabatini ko’proq ifodalaydi. Shuning uchun ham ular asosiy uchtovushliklar deb ataladi va katta T, S, D harflari bilan belgilanadi.

Minorning asosiy uchtovushliklari esa kichik harflar bilan yoziladi:
t, s, d.

Garmonik ko’rinishdagi minorda asosiy uchtovushliklarning tuzilishi tabiiy major va minordagidan farq qiladi.
Majorning 6–pog’onasi pasaytirilganda minor subdominanta uchtovushligi hosil bo’ladi va garmonik majorning yanada mayin eshitilishiga yordam beradi. Minorning 7–pog’onasi ko’tarilganda major dominanta uchtovushligi hosil bo’ladi. Bu esa, minorga major ladining ba’zi xususiyatlarini beradi:







Major va minorning yondosh uchtovushliklari. Tabiiy va garmonik major hamda minor pog’onalaridan tuzilgan uchtovushliklar
Tovushqatorning asosiy uchtovushliklar pog’onalaridan tashqari, barcha (2, 3, 6, 7) pog’onalari yondosh pog’onalar deyiladi. Ular ladning asosiy uchtovushliklariga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyatga egadir.

Tabiiy majorda uchta minorli va bitta kamaytirilgan uchtovushlik yondosh uchtovushlik bo’ladi (7 – pog’ona).

Tabiiy minorda uchta majorli va bitta kamaytirilgan uchtovushlik yondosh uchtovushlik bo’ladi (2 – pog’ona).

Garmonik majorda ikki va yettinchi pog’onalarda 2 ta kamaytirilgan, 6 – pog’onada birta orttirilgan uchtovushlik hosil bo’ladi.

Garmonik minorda: oltinchi pog’onada birta majorli, 2 va 7 – pog’onalarda ikkita kamaytirilgan va uchinchi pog’onada – birta orttirilgan uchtovushlik hosil bo’ladi.

Uchtovushliklar soni quyidagilardan iborat bo’ladi:

  1. Tabiiy major yoki minorda – 3 ta majorli, 3 ta minorli va bitta kamaytirilgan uchtovushlik bo’ladi. Garmonik major yoki minorda 2 ta majorli, 2 ta minorli, 2 ta kamaytirilgan va 1 ta orttirilgan uchtovushlik;



Sifrovka bo’yicha akkordlar ketma-ketligini fortepianoda chalish:

Mavzu bo’yicha аdаbiyotlаr:



  1. Rahimov Q. “Musiqa nazariyasi “T. Musiqa” nashryoti, 2007

  2. Rahimov Q. Musiqaning elеmеntar nazariyasi bo‘yicha mashq va vazifalar to‘plami. Toshkent, “O`zbekiston”, 2006.

  3. Rahimov Q. Garmoniya bo‘yicha mashq va masalalar to‘plami. «Aloqachi», 2005.

4.American – popular-music 2007 year, USA.
5.Mark Feezeell. Freefreerelltheorybook vol 1 2011 year, USA.
6.Майк Физел “ Music theory fundamentals” 2011 year, USA.
Yüklə 490,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin