Reja: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda ona tilining ahamiyati


Xalq ertaklari o`z xususiyatlariga ko`ra bir necha turga bo'linadi



Yüklə 184,95 Kb.
səhifə6/7
tarix21.06.2022
ölçüsü184,95 Kb.
#61949
1   2   3   4   5   6   7
Reja Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbi

Xalq ertaklari o`z xususiyatlariga ko`ra bir necha turga bo'linadi: 




  • hayotiy ertaklar


  • hayvonlar haqidagi ertaklar, 


  • sehrli-afsonaviy ertaklar, 


  • ijtimoiy-maishiy ertaklar


Xalq ertaklarida el-yurtni ko`z qorachig`iday avaylab saq-lovchi ajoyib qahramonlar ulug`lanadi, ayollarning haq-hu-quqlari himoya qilinadi, uzoq masofalar yaqin qilinadi, kishi-lar xarakteridagi yaramas odatlar, noma'qul illatlar tanqid ostiga olinadi, mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevar-lik, halollik, vafodorlik, saxiylik g`oyalari ulug`lanadi
Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «matalchi» deb atashgan. Ertaklaming xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o'rin beriladi, mubolag'a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E'tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g'alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifoda­laydilar.
Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, va­tanga muhabbat, rostgo'ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuoma­lalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Ertaklar turli mavzularda bo'lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo'linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoya­lardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya'ni ko'chma ma'noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo'rlik, laqmalik bo'ri orqali 
ifoda etiladi. «Bo'ri bilan tulki», «Echkining o'ch olishi», «Ochko'z bo'ri», «Ayiqpolvon» kabi ertaklar ana shunday asarlardir.
Sehrli ertaklar ham Siz sevib va qiziqib o'qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo'lidan keladigan mo'jizakor kimsalar «ur to'qmoq», «ochil dasturxon», «semurg'», «susambil» ertaklaridan iborat. Johillik, ikkiyuzlamachilikni la' natlash, aql- farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ'ib qilishdir.
Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealaming aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. «Zumrad va Qimmat», «Oygul bilan Baxtiyor», «Ziyod botir», «Tohir va Zuhra», «Ozodaehehra», «Farhod va Shirin», «Malikayi Husnobod», «Ueh og'a-ini botirlar» ana shunday ertaklar sirasidandir. Biz yuqorida tilga olgan hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar uyg'otadigan, muayyan tarbiyaviy yo'nalishga ega bo'lgan asarlardir. Siz ular bilan tanishgach, botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat haqida aniq tasavvurga ega bo'lasiz, o'zingizda ham ertaklar qahramonlaridagi yaxshi fazilatlami bo'lishini xohlab qolasiz, shunga intilasiz.
Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o'qiymiz dedik. Tinglaydigan er­taklarimiz professional ertak aytuvchilar, ya'ni ertakchilar tomonidan qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Ertakchilar shunchaki hikoya qilmaydilar. Har bir ertakchi u yoki bu ertakni qayta yaratadi desak, xato bo'lmaydi. Chunki ularning har biri o'zining hikoya qilish uslubi, didi, dunyoqara­shiga ko'ra ajralib turadi. Bundan tashqari, ertakchi tinglovchilarning saviyasi va talabiga ko'ra ertakni o'zgartirishi mumkin. O'zbek xalq og'zaki ijodi tarixida ertaklaming badiiy asar darajasiga ko'tarilishi va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi o'g'li, Haydar Baychi o'g'li, Nurali Nurmat o'g'li, Husanboy Rasul o'g'li kabi ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og'zidan yozib olingan 0' zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma'naviy zavq berib kelyapti. O'zbek adabiyotida xalq ertaklari asosida yaratilgan she'riy, nasriy asarlar teatr va kinoda ham o'z aksini topgan. Qiziqarli ertaklarsujeti asosida sahna asarlari, kinofilmlar ­multfllmlarni bolalar sevib tomosha qilmoqda.
Bolalar, ertaklaming yaratilishiga ko'ra yana bir turi - yozma ertaklar ham mavjudki, ujahon adabiyoti, xususan, o'zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Keyingi ikki - uch yuz yillikda fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-1703), nemis ertaknavislari Emst Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Velgelm­Karl Grimm (l786-1859)lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854­1900), rus ertakchilari A. S. Pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa o'n yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag'ishlagan L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdilar. O'zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Jadid bobolarimiz Mahmudxo'ja Bchbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o'zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko'plab ibratli ertaklar yaratdilar. O'tgan asr o'rtalarida Hamid Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg'», Sulton Jo'raning «Zangori gilam», Shukur Sa'dullaning «Ayyor chumchuq», «No'xat polvon», «Laqma it» she'riy ertaklari, «Yoriltosh», «Afsona yaratgan qiz» ertak-pyesalari, «Kachal polvon» ertak-qissasi mashhur bo'ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an'analarini keyinchalik X. To'xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, 0'. Imon­berdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.
«Ertaklar - yaxshilikka yetaklar» degan naql bar xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir.
XX asr o'zbek she'riyatining yorqin vakillaridan biri Hamid Olimjon bor-yo'g'i 34 yil umr ko'rgan bo'lsa-da, o'zidan juda boy adabiy meros qoldirib ulgurgan. Shoir tomonidan yaratilgan asarlar o'n jild (yirik kitob )ni tashkil qilishi ham uning naqadar sermahsul ijodkor bo'lganidan darak beradi. Hamid Olimjon qobiliyatli rah\Jar va olim ham bo'lgan edi. U o'ttiz yoshga yetar-yetmas O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasini boshqardi, o'ttiz uch yoshida akademik unvonini oldi.
Hamid Olimjon 1909-yiI12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. Jizzax ham yurtimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari singari ko'plab xalq baxshilarining vatani hisoblanadi. Bu yerdagi xalq sayillari, to'ylar, turli yig'inlar hozir ham baxshilar ishtirokisiz o'tmaydi. O'tgan asrning boshlarida, odamlaming uyida radio-televizor tugul oddiygina elektr chirog'i bo'lmagan zamonlarda kishilar sham va qora chiroq yorug'ida kun kechirardilar. Ayniqsa, uzoq qish kechalari xalq kitoblari, turli dostonlar o'qilar, bir uy bolalar ham bu ma'rifat nuridan bahramand bo'lib o'sardilar.

34-Mavzu: Ozbek bolalar adabiyoti


Reja:

  1. Bolalar adabiyoti haqida

  2. MTT da bolalar kitobxonligi turlari

Mukammal tarbiyali inson boshqalarga hech bir ozor yetkazmaydi, takabburlik qilmaydi, hech kimga haqorat ko‘zi bilan qaramaydi, yolg‘on so‘zlamaydi, rostgo‘y bo‘ladi. O‘zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so‘zli va xushmuomala bo‘ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig‘vo, g‘iybat, munofiqlikdan o‘zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o‘zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug‘laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-u muhabbatli bo‘ladi, qo‘shnilarini ranjitmaydi, ular bilan yaxshi murosada bo‘ladi. Yomon yo‘llardan, yaramas ishlardan, nojo‘ya harakatlardan o‘zini saqlaydi. Mana shularga o‘xshagan go‘zal xislatlar mukammal tarbiyali insonda mujassam bo‘ladi. Inson komillikka yetishi uchun kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi. Bolalar adabiyoti fani yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi mustaqillik davrida bu fanga intilish, qiziqish, o‘rganish, o‘zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo‘lishi, ular qalbida chuqur o‘y-fikrlar uyg‘otishi, yorqin obrazlar va yuksak g‘oyalarga boy bo‘lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy „Mahbub-ul qulub“ asarida tilni „ko‘ngil xazinasining qulfi“, deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa 9 va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir. Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho‘qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar qilishga o‘rgatadi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr tuyg‘ularini o‘stiradi. Shunday ekan, bugungi kunda qudratli qurol bo‘lgan bolalar adabiyotidan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar adabiyotining o‘ziga xos qonuniyatlari bor: agar bu fan bo‘limlarga ajratib o‘rganilmas ekan, pala-partishlik, turli tushunmovchilik kelib chiqishi tabiiy. Eng avvalo kitobxonlik — kitob o‘qish, tinglash, hikoya qilishdek e’tibor berilishi zarur bo‘lgan amallar bor. Shunga ko‘ra bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin: 1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha). 2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11 — 12 yoshgacha). 3. O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi (13 — 14 yoshdan 15 — 17 yoshgacha).

35-Mavzu: Bolalar uchun yaratilagan badiiy asarlar, sherlar va ularning mualliflari haqida ma’lumot. ( Quddus Muhammadiy, Zafar Diyor)



  1. Zafar Diyor hayoti va ijodi

  2. Quddus Muhammadiy hayoti va ijodi

Zafar Diyor (1912-1946) o‘zbek bolalar she’riyati taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan kichkintoylarning sevimli shoirlaridan biridir. U 1912-yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumaniga qarashli Samsoqtepa qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Zafarning otasi dala ishlarida, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 1927-yilda Zafar to‘liqsiz o‘rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o‘qishga kiradi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko‘rina boshlaydi. O‘tgan asrning 20-yillar oxiri va 30-yillarning boshlarida hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida, “Yosh kuch” jurnallarida she’rlari chop etila boshladi. Shoir o‘z asarlarida kichkintoylarning orzu-umidlari, armonlari, kattalarga berayotgan yordamlari, do‘stliklari zo‘r muhabbat bilan kuylanadi. 164 Zafar Diyor XX asrning 30-yillar bolalar adabiyotida o‘z ovoziga ega bo‘lgan ijodkori edi. U 34 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, shu qisqa davr mobaynida bolalar adabiyotimiz sahifalarini bezaydigan ko‘plab she’rlar yaratishga erishgan. U o‘zbek bolalar adabiyotida maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan yangi yo‘nalishning tom ma’nodagi yaratuvchilaridan biri edi desak, yanglishmaymiz. Zafar Diyorning ijodi 1928- yildan boshlangan. 1932- yilda chop etilgan ilk she’rlar to‘plami “Qo‘shiqlar”da Ona-Vatanni kuylash va vatanparvarlik, yaratuvchilik mehnati hamda yangi hayot qurilishidagi yutuqlar, yoshlarning mardonavor kurashi madh etilgan. Vatanparvarlik hissi bilan sug‘orilgan “Tantana” (1938), “She’rlar” (1939), “Muborak” (1940), “She’r va hikoyalar” (1940) kabi to‘plamlari nashr etilgan. Zafar Diyor ijodida yosh avlodni ma’naviy kamolot sari yetaklash, ilm-fan yutuqlarini egallashga targ‘ib qilish mavzulari yetakchi mavqe kasb etadi. “Serquyosh o‘lka” va “O‘zbekiston” she’rlari ona-Vatan go‘zalliklarini kuylash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilsa, “Muborak” va “Zafar nishonasi” she’rlarida yaratuvchilik mehnati bilan Vatan shuhratini oshirishga xizmat qilayotgan xalqning halol mehnati natijasida kun sayin gullab-yashnayotgan ona-Vatan kuylanadi. “Kel, uchaylik Shimolga”, “Po‘lat qanotlar” (1937) she’rlari yosh avlodni mard va jasur, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. “Mashinist”(1936) dostonida mehnat jarayonida tarbiyalanayotgan yangi avlod timsoli yaratilgan. “Burgut”, “Madriddan kelgan mehmon”, “Yangi ertak”, “Toshxon bilan Moshxon”, “Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o‘rtoq haqida qissa”, “Kichkina bog‘bon” singari ertak va dostonlari esa bir jihatdan, o‘zbek bolalar adabiyotida adabiy ertak va doston janrining shakllanishida o‘ziga xos o‘rin tutsa, ikkinchi tomondan xalq og‘zaki ijodidan ta’sirlanish, o‘rganish mahsuli sifatida e’tiborga sazovordir. “Kitob, mening do‘stimsan” (1939), “Birinchi qadam” she’rlari o‘z davrining o‘quvchilarini ilm-fan nuridan bahramand bo‘lishga undaydigan eng sara asarlardan hisoblanadi. “Archa qo‘shig‘i” (1938), “Bahor” (1939), “Bahor keldi”, “Gunafsha”, “Qushlar qo‘shig‘I”, “Qanotli do‘stlar” kabi asarlari yil fasllari, tabiat va hayvonot dunyosi tasviriga bag‘ishlangan, Vatan go‘zalliklarini ko‘z-ko‘z qilish ruhidagi asarlardir. Shoirning Ikkinchi jahon urushi davrida yozgan “Bizning oila”, “Bizning qurolimiz” she’riy to‘plamlariga kirgan “Ona qo‘shig‘I”, “Qurol bering menga ham”, “Oppoq bolam”, “Poyezd ketar frontga” singari she’rlarida xalqimizni nemisfashist bosqinchilariga qarshi kurashga chorlash, vatandoshlarimizning frontdagi qahramonligi o‘z aksini topgan bo‘lsa, “9 may”, “Tabassum” she’rlari g‘alaba nashidasi sifatida yangraydi. Shoir vafotidan so‘ng, 1948- yilda chop etilgan “Chaman” nomli she’, ertak va dostonlar to‘plami maktabgacha yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan. Zafar Diyorning bolalarga atalgan she’rlari yosh avlod ma’naviy kamolotini ta’minlash, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash va shakllantirishda ulkan badiiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. 165 Zafar Diyorning ijodiy yo‘li XX asrning 30-40-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo, badiiy adabiyot to‘laligicha sho‘ro siyosati manfaatlariga bo‘ysundirilganini ta’kidlash joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qat’iy nazar, xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalaridagi ijobiy natijalarni sho‘rolar tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga majbur bo‘ldilar. Zafar Diyor ijodi ham bundan mustasno emas. Biroq har bir ijodkor asarlari orasida tom ma’nodagi badiiyati, samimiyati, badiiy adabiyotning estetik-ma’rifiy mohiyati birinchi o‘ringa qo‘yilganligi bilan ajralib turadigan asarlar bo‘ladiki, ular davrlar buhronidan omon-eson o‘tib, bir umr kitobxonlarni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga, umrboqiy qadriyatlarni kuylashga, sharaflashga xizmat qilaveradi. Zafar Diyor ijodida ham shunday asarlar oz emas. Ularda ota-bobolarimizning yaratuvchilik mehnatini madh etish, yosh avlodni otalar ishiga sadoqat ruhida tarbiyalash manfaatlari yetakchi mavqe’ kasb etdi. Jumladan, “Po‘lat qanotlar”, “Lola”, “Parvoznoma”, “Qahramonning o‘limi”, “Taygada suhbat” she’rlari qahramonlik haqidagi eng yaxshi, g‘oyaviy-badiiy puxta she’rlardan hisoblansa, “Kitob, mening do‘stimsan!”, “Birinchi qadam”, “Lager qo‘shig‘i”, “Bog‘chamiz”, “Sentabr qo‘shig‘i” she’rlari yosh avlodni ilm-ma’rifat nuridan bahramand bo‘lish sari yetaklashga xizmat qiladi. “Bog‘chamiz”, “Birinchi sentabr”, “Sentabr qo‘shig‘i”, “Birinchi qadam” she’rlari bog‘chadan ilk bora maktab sari yo‘l olayotgan bolalar tilidan yozilgan. Ularda maktab va o‘quv qurollariga muhabbat, savod o‘rganish quvonchi va bir yosh ulg‘ayish mas’uliyati o‘z aksini topgan. “Lager qo‘shig‘i” va “Kanikul kunlari” she’rlarida esa yozgi ta’tilda oromgohlar quchog‘ida o‘ynab-kulib dam olgan, yangi kuch-g‘ayratga to‘lib, qadrdon maktabi sari oshiqayotgan o‘quvchilar quvonchi tuyg‘ulari aks etgan. Jumladan: Yashna, Vatan, Jon Vatan Senga sharaf-shon Vatan. Sensan Bizning onamiz, Hadya senga jon va tan,– satrlari bilan boshlanadigan “Vatan” she’rining ushbu quyma misralarida shoir qalbidan jo‘shib chiqayotgan ezgu tuyg‘ularini yosh kitobxonga yetkazish uchun mazmunga mos shunday o‘ynoqi shakl topganki, ohangdorlik, vaznlardagi hissiy ko‘tarinkilik yosh qalb urishining durkun zarblariga hamohang tushayotganday bo‘ladi. She’rning ohangdorligini ta’minlaydigan badiiyat unsurlaridan takror san’ati “vatan” va “sen” so‘`zlarini 4 martadan takrorlash orqali yaratilgan bo‘lsa; tajnis san’ati “jon” (birinchi o‘rinda ko‘chma ma’nodagi, erkalashni ifodalaydigan “jonim”, ikkinchi o‘rinda esa o‘z ma’nosida) va “vatan” (birinchi o‘rinda o‘z ma’nosida, ikkinchi o‘rinda “va tan” so‘zlari yordamida so‘z o‘yini) so‘zlari vositasida yaratilgan. Binobarin, ana shunday badiiyat unsurlari, bir jihatdan, ijodkor mahoratini belgilovchi qirra bo‘lsa, ikkinchidan, she’rning ham shakl, ham mazmun jihatidan baquvvat, puxtaligini ta’minlagan. 166 “Vatan” she’ri Ikkinchi jahon urushi yillarida yozilgan. Ma’lumki, har bir davrning o’z yetakchi mavzulari bo‘ladi. Bu mavzularda yaratilgan asarlar qimmati esa, avvalo, konkret davr voqeligini qay darajada jonlantira olganligi bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda Ikkinchi jahon urushi davrining asosiy mavzusi ona Vatan madhidir. Shu davrda yaratilgan Ona-Vatan mavzusidagi asarlarda o‘sibulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni tug‘ilib-o‘sgan, kindik qoni to`kilgan ona tuproqqa sadoqat ruhida tarbiyalash, uning har bir qarichini avaylab-asrashga o‘rgatish ruhi ustuvorlik qiladi. Biroq Vatan mavzusi Zafar Diyor ijodiga urush munosabati bilangina kirib kelgan tasodifiy mavzu emas. Uning “Serquyosh o‘lka”, “O`zbekiston’ singari she’rlari serquyosh O‘zbekistonning umumlashma poetik timsolini yaratishga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, o‘ttizinchi yillarda bitilgan bir qator she’rlarida diyorimiz go‘zalliklarini butun olamga ko‘z-ko‘z qilgan, yosh avlodni ona-Vatanni yanada yashnatish uchun yaratuvchilik mehnati sari chorlagan yil fasllari Vatan go‘zalligi bilan hamohang tasvirlanadi. Tabiat va hayvonot dunyosi tasvirida ham o‘zgacha bir mehr barq urib turadi. “Yanvarda", "Archa", "Archa qo`shig‘i", "Bahor yaqin", "Navbahor", "Bahor keldi", "Bahor keldi, o‘rtoqlar", "Gunafsha", "Qushlar qo‘shig`i", "Qanotli do‘stlar" singari she’r va qo‘shiqlar shular jumlasidandir. "Archa qo‘shig`i" (1938) she’rida yangi yil archasi atrofida quvnab o‘ynayotgan bolalar shodligi, xursandchiligi tarannum etiladi. Shuni ham aytish joizki, shu she’r o‘zbek adabiyotidagi archa bayrami, yangi yil archasi tasviriga bag‘ishlangan ilk asarlardandir. Chunki yangi yilni bezatilgan archa atrofida o‘yinkulgi bilan kutib olish ham aslida o‘ttizinchi yillarda joriy etilgan, O‘zbekiston hayoti uchun esa bu umuman yangilik edi. Demak, bu ham she’riyatning hozirjavobligini, she’r qimmatini ko‘rsatadigan misollardan. She’r bolalar tilidan yozilgan bo‘lib, ularning baxt, quvonch qo‘shig`i kabi yangraydi: Chaman-chaman bog‘larning, Bizlar jambil, rayhoni. Bizning quvnoq qo‘shiqlar, Jaranglatar har yonni. Haqiqatan ham, farzandlarimiz “chaman bog‘”ning obod Vatanimizning eng go‘zal va so‘lmas gullari "jambil, rayhon"laridirlar. Faqat ulargina "quvnoq qo‘shiqlar" aytib, "har yonni jaranglatib", baxtli yoshlikni madh etishlari mumkin. Mana shu faxriyaning bolalar tilidan aytilishi va "jambil, rayhon" singari takrorlanmas o‘xshatishlar esa she’r samimiyati va g`oyaviy-estetik ahamiyatini yanadi oshirgan, yosh kitobxonga to‘la yetib borishini ta’minlagan. Bu fikr "Bahor" (1939) she’rida yanada yorqinlashtirilgan. Gul Vatan, gulzor Vatan bahorda yanada ko‘rk ochishi, uning farzandlari gulu bulbullari erkinlikni, baxt-saodatni kuylashi she`rning boshidan oxirigacha qizil ip bo‘lib o‘tadi: Yana gulga To‘lgay Vatan, Biz qo‘ynida yayraymiz; Gul novdaga Qo‘nib turgan 167 Bulbul kabi sayraymiz... Biz shu ko‘rkam Gulbahorning Go‘zal asl gullari! Shu ruh tabiat go‘zalliklarini Vatan go‘zalligi bilan bog‘lab tasvirlash shoirning bu mavzudagi deyarli barcha she’rlariga xos bo`lgan xususiyatlardandir. Ushbu she’rda ham yosh bolaning o`sib-unib kelayotgan beg‘ubor gulga, Vatanning ushbu gullar bilan yanada chiroy ochgan gulzorga, farzandlarimizning Vatan go‘zalliklarini kuylashdan charchamaydigan bulbulga o‘xshatilishi to‘la ma’noda o‘zini oqlagan, she’r badiiyatini oshirishga xizmat qilgan. Shuningdek, Zafar Diyorning hayvon va parrandalarga bag‘ishlangan she’rlarida ham shunga o‘xshash ikki maqsad ko‘zga tashlanadi. Ularning birinchisi bolalarga hayvon yoxud parrandalarning o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot berish bo‘lsa, ikkinchisi bolalarni tabiat va hayvonot dunyosiga mehribon bo‘lish, ularni avaylab-asrash va ko‘paytirish hamda do‘st bo‘lishga undashdir. Har ikkala maqsad ham aslida tarbiyaga borib taqaladi. Tarbiyaning quruqdan quruq pand-nasihat tarzida emas, balki go‘zal badiiy shaklga solingan she’r tarzida berilishi maqsadga tezroq yetkazishi va yosh kitobxonning badiiy didini ham charxlashini iste’dodli san’atkor to‘g‘ri anglagan va asarlarida aks ettira olgan ham. Ma’lumki, bolalar adabiyoti bir vaqtning o`zida ham estetik, ham ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Binobarin, u yosh avlodni ilm-fan nuridan bahramand qilish orqali ma’naviy kamolotga yetkazish manfaatlariga mas’uldir. Bolalar adabiyotimizda ushbu mavzudagi asarlar yetakchilik qilishi ham shu boisdan. Bu asarlarda ilm-ma’rifat ta’riflanadi, unga hamdu-sanolar o‘qiladi. Ular orasida Zafar Diyorning "Kitob, mening do`stimsan!" (1939) she’ri alohida o`rin tutadi. She’r bola tilidan hikoya qilinishi, chuqur samimiyati va o`ynoqiligi, ravonligi va musiqiyligi, bolalarbopligi bilan ajralib turadi. Zero: Gulshan aro men ila Suhbatlaring chiroyli, Katta-kichik el aro Ulfatlaring chiroylik!– deyish faqat kitobga o‘rtoq bo‘la olgan bolagagina xosdir. Har bir to‘rtlikdan so‘ng takrorlanuvchi: Shuning uchun deymanki, Kitob, mening do‘stimsan! naqaroti esa she’r ohangini yanada musiqiylashtirgan, kitob yaxshi sifatlar jamuljami ekanligi ta’kidini yanada asoslagan. Ushbu she’rdagi jonlantirish san’ati (kitob bilan suhbat) she’r badiiyatiga ko`rk bo`lib tushganki, bu badiiyat unsurlari birlashib, shoir ijodiyotining betakror namunasi bo`la oladi. Zafar Diyorning 30-yillar ijodiyotida satirik, yumoristik va allegorik tarzdagi didaktik asarlar ham alohida o‘rin tutadi. Bunda, avvalo, yumor va majoziylikda bolalar adabiyotining ba’zi o‘ziga xosliklari namoyon bo`lishining ta’siri ko`rinadi. Shuningdek, satira va yumorning tarbiyada katta o`rin tutishi ham ijodkorlarni 168 ulardan unumli foydalanishga undagan bo`lish tabiiy bir holdir. "Zarar emasmi?" she’ri bu mavzudagi asarlar orasida ajralib turadi. Unda bolalar quvnoq kulgi bilan toza-ozoda yurishga, shaxsiy gigienaga amal qilishga o`rgatiladi va nuqsonlarini tuzatishga undaladi. Ikkinchi jahon urushi davrida she`riyat bolalar adabiyotining yetakchi janri sifatida kichiklar ruhiy dunyosini chuqur ifodalay oldi. Zafar Diyor bu yillarda "Bizning qurolimiz" (1941), "Bizning oila" (1942), "Sovg`a" (1944) singari she’riy to`plamlarni yaratdi. Bu to`plamlardagi kelajakka ishonch ruhi bilan sug`orilgan qator asarlarida shoirning front va mamlakat ichkarisidagi farzandlarimizning qahramonona hayotlari va insonparvarlik xislatlariga yo`g`rilgan olijanob tuyg`ulari poetik ifodasini topdi. Tasvirdagi lirizm kuchayib, bola qalbining katta voqealarga munosabatini aniq aks ettira olish darajasiga ko`tarildi. Tashviqotchilik, hishayajonni yuksak pafosda ifodalash, jangovar chaqiriq, xitob singari emotsional kechinmalar asarlar mazmuniga chuqur singdirildi. Ona yurtga sadoqat, do`stlik va mardlik mavzularining tasviriy ko`lami yanada kengaydi. Mazkur mavzularda yaratilgan asarlarda optimistik ruh, g`alabaga qat’iy ishonch ruhi barqaror bo`ldi. Bu davr shoir ijodining yulduzli, eng sermahsul va kamolotga erishgan davri bo`ldi. Muhimi esa Zafar Diyor asarlari bugungi kunimizda ham, ertaga ham farzandlarimizni, shoirning o`zi bir she’rida ta’kidlaganiday, "o`zbek o`g`li er o`g`li, asl botir sher o`g`li" bo`lish ruhida tarbiyalashga beminnat xizmat qilaveradi. Zafar Diyorning she’rlarida bolalarning tabiat va jamiyat hodisalari bilan tanishishiga katta ahamiyat beriladi. Kichkintoylar o`zlarining do`stlari –kapalaklar, qaldirg`ochlar, laylaklar haqida quvnab-quvnab kuylaydi. Shoirning "Kapalak" she’ri sujetli voqea asosiga qurilgan. Jajji lirik qahramon kapalakka murojaat qilib, u bilan suhbat qilish, do`st tutinish orzusini bayon qiladi: Kapalakning tutqich bermay, shoshib uchishi, guldan gulga qo`nib, sharbat so`rib o`tirishi - "pildir-pildir uchishi" lirik qahramonga zavq bag`ishlaydi, ammo uni tutolmaganidan halak. Negaki, u kapalakni juda yaxshi ko`rgani uchun do`st bo`lmoqchi, xolos. Unga ozor yetkazmoqchi emas. Ana shu orzusini aytish 169 uchungina uni tutib, suhbatlashmoqchi. Bu jihat kichkintoylar tabiatiga xos va mosligi anglashilib turadi. Bu jihat shoirning “Binafsha” she’ri uchun ham xos bo`lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga mo`ljallab yoilgan. Bu kabi she’rlar sodda, samimiy tuyg`ularga yo`g`rilgan, obrazlarning ko`rimliligiga asoslangandir. Zafar Diyorning ertak va dostonlarida esa o`smirlar tafakkuri yetakchi. Shoirning 30-yillarda yozgan "Yuksak tog‘, keng o`tloq va mard o`rtoq haqida qissa" dostoni qo`riq va bo`z yerlarni o`zlashtirishga bag`ishlangan bo`lib, davr voqeligi yorqin aks etgan ertak-dostondir. U uch o`rtoq – keng o`tloq, yuksak tog` hamda mard o`rtoq – inson muloqoti, hamkorligiga bag`ishlangan. Ertak keng sahrolar tasviri, chang-u to`zon qoplagan dashtning qonib suv ichish orzusini hikoya qilish bilan boshlanadi. Ayniqsa, uning bag`ridagi o`tloq alamzada. Negaki: – Dilbar yozda, bahorda, Kunduz, hatto nahorda, Bir qush yayrab o`tmasa, Bir qultum suv yutmasa, Karvonlar ham o`tar kam. Shu sababdan o`tloq o`ksib-o`ksib yig`lab, qiyomatli o`rtog`i bo`lgan tog`ga dardli boqadi. Yuksak tog` esa usti to`la oppoq qor, xuddi posbon-u, osmon unga soyabondek turardi. O`tloq unga yolbora boshlaydi: – Do`stim, senda suv mo`ldir, Ustingda qor mo`l-ko`ldir. Suv bor – shunday obodsan, Obodlikdan xo`b shodsan. Sen ham yashnab kul desang, Sevinchlarga to`l desang, Ber suvingdan menga ham Qo`yay hayotga qadam. Afsuski, shunday yuksak tog` qadrdon o`rtog`i – o`tloq sahroga obihayot berishdan, ko`ksiga suv quyishdan ojiz edi. U shundan nadomat chekadi: – Bilsang, oyoq-qo`lim yo`q, 170 Senga eltar yo`lim yo`q, Qanday qilib o`rtoqjon, Suv yo`llayman sen tomon. Buning uchun kuch kerak, Kuchga to`la zo`r bilak. Ularning ana shu suhbati ustiga qomati chinordek, savlati Go`ro`g`lidek bir mard o`rtoq kelib qoladi. Birinchi bo`lib, yuksak tog` so`z boshlaydi: – Hoy, mard o`rtoq, mard o`rtoq, Qara, shuncha keng o`tloq, Suvsizlikdan dili tog`… Chamanzorga aylantir, Mangulikka shodlantir. Bu fikrni issiqlikdan qovjirab, hansirab yotgan o`tloq ham qo`llab quvvatlaydi: – Suv ber menga, suv bergin, Ko`ksimdan so`ng gul tergin,– deydi. Ana shundan keyin uch o`rtoq o`zaro kelishib, "Sir" tomon, ya’ni Sirdaryoga yo`l oladilar. U o`z yo`lida goh qirg`oqlarga sig`may to`lib-toshar, goh to`qaylar-u bog`lardan o`tib, Orol dengiziga suvini etib quyar edi. Inson qo`li tufayli o`sha suvlarning bir qismi, qaqrab yotgan sahrolarga burib yuboriladi… Ertak shu uch o`rtoq orzusining ro`yobga chiqishi bilan xotima topadi. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, do`stlikning, o`zaro hamkorlikning ulug`lanishi asarning tarbiyaviy ahamiyatini belgilaydi. Shuningdek, asar yosh avlodni tabiatga muhabbat ruhida voyaga yetishlariga hissa qo`sha oladi. Zafar Diyor bolalar va o`smirlarga xos shijoatkorlikni, mehnatsevarlikni kuylagan. Ayni paytda o`z davrining dolzarb mavzusi – qo`riq va bo`z yerlarni o`zlashtirish masalasini bolalar adabiyotida o`ziga xos usulda, ertak janri sujetini zamonaviy voqelik asosida yaratishga erishadi. Lirik qahramonlarning nomlanishi (o`tloq, tog`, o`rtoq) va sifatlari (keng, yuksak, mard) ham an’anaviy va zamonaviy talqinlarga xos. Shu bilan birga, asar g`oyasi bugungi ekologik fojealar zaminini oydinlashtirishga, uni zamondosh o`quvchiga tushuntirishga xizmat qiladi. Umuman, Zafar Diyor ona yurt, serquyosh o`lka, kichkintoylar baxtiyorgligi, qiziqishlari, kechinmalarini tarannum etuvchi she’rlari bilan o`tgan asrning 30- yillari bolalar adabiyotiga alohida hissa qo`sha olgan, bugun ham she’rlari jajji o`quvchilar tilida baralla kuylanadigan shoir sifatida barhayotdir. 171 Quddus Muhammadiy 1907-yilda Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keladi. Bo`lajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov ancha savodli kishi edi. Shu sababli u dastlabki ma’lumotni otasidan oldi. 1925-yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, so`ngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Quddus Muhammadiyning birinchi she’ri "Chuvalachi" maydonga keladi va bu yerda chiqadigan "Quyosh" nomli devoriy gazetada e’lon qilinadi. Shu ilk mashqlaridayoq bo`lajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish talanti hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko`rinadi. U yetti yillik maktabni tamomlab, Toshkent qishloq xo`jalik texnikumiga o`qishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun she’rlar yoza 172 boshlaydi. Uning "Tong o`yini", "Paranji", "Ahmad va asalari", "Seleksiya stansiyasi" nomli she’rlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 1931-yildan Quddus Muhammadiy maktabda botanika o`qituvchisi bo`lib ishlaydi, shu bilan birga, O`rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida o`qiy boshladi. Quddus Muhammadiy ilk she’rlaridan biri orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu iste’dodli bolalar shoirini hamisha qo`llab-quvvatlab, ijodiga g`amxo`rlik qilib kelgan. Bir kuni Yozuvchilar uyushmasida mushoira bo`ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon she’r o`qish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. U zavq bilan "Sa’va sayrarkan" she’rini o`qiydi. Bo`lajak shoirning ijodiy qobiliyatini payqagan Hamid Olimjon she’r tugashi bilan uni yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri she’r yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, she’r ma’qul tushganini aytadi. So`ng bolalar uchun she’rlarning kamligi haqida to`xtalib, mana shunday ajoyib she’rlarni ko`proq yozishni ta’kidlaydi. Shoirning birinchi she’rlar to`plami 1946-yilda "O`quvchiga esdalik" nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin "She’r va ertaklar", "Sinov" (1947), "Orzu", "Bahor keldi" (1948), "Qirq o`g`il, qirq qiz" (1951), "Yangi uy" (1953), "Mehribon do`stlar" (1955), "Tanlangan asarlar" (1957), "Qanday bo`lmog`im kerak?" (1960), "Juda qiziq, juda chiroyli" (1961), "Ona-bola mehri" (1963), "Bola boshidan, o`g`lon yoshidan" (1964), "Dono boboning nevara-chevaralari" (1966), "Qanotli do`stlar" (1967), "Ochildasturxon" (1971), "Tabiat alifbesi" (1971), "Bog`larda bolalar" (1976), "Qanotli do`stlar" (1978), "Cho`pon bobo qo`shig`i" (1979), "Kitob-oftob qo`shig`i" (1985), "Men sizga bir hikmat aytayin" (1987) singari 60 dan ortiq she’r va ertaklar to`plamlari Quddus Muhammadiyni haqli ravishda bolalar she’riyatimizning sarvari, sarkori sifatida tanitdi. Bolalar adabiyotida o`ziga xos hodisa bo`lmish besh kitobdan iborat "Tabiat alifbesi" (1971-1980) esa tom ma’noda shoir ijodining gultoji hisoblanadi. Quddus Muhammadiyning she’riy to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining o`ziyoq, uning ommabop va hammabop she’rlar yozganidan dalolat beradi. Muhimi, ana shu ehtiros hali-hanuz so`ngani yo`q. Shoir she’rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdek, sevib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari bilan to`lishib bormoqda. Q.Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo`lishga da’vat etish, fan va texnikani o`rganish muammolari asosiy mavzulardan hisoblanadi. Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir she’rni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizg`in yozdi, soz yozdi. Bolalarni o`qishga, hunar o`rganishga, odobli bo`lishga, mehnatga chaqirdi, qiziqtirdi, yordam berdi. Buni shoirning "O`quvchiga esdalik" she’rida ko`rish mumkin. Asarda maktab o`quvchisining ma’naviy qiyofasi va vazifalariga mufassal to`xtalib, o`qish, bilim o`rganish zarurligini ta’kidlaydi: Bo`lay desang bog`bon, Yo Vatanga posbon. 173 Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimani qilsang tilak, Bariga o`qish kerak. O`quvchi, sendan talab, Maktabga bor ertalab. O`qi berib mehringni, Qo`yib ko`ngil, zehningni,– satrlari minglab bolalarning kelajagini belgilashda, ularni ilm-ma’rifatga oshno qilishda yo`l boshlovchi bo`lib xizmat qilgan bo`lsa, ajab emas. Chunki nihoyatda samimiy bu she’rida shoir har bir yosh kitobxon bilan g`oyibona uchrashib, dildan suhbatlashadi, ularni hayotda o`z o`rnini topib, vataniga, xalqiga, oilasiga munosib farzand bo`lishga chorlaydi. Juda katta ma’rifiy-ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan ushbu she’r badiiy-estetik qimmati nuqtayi nazaridan ham bolalar she’riyati xazinasidan o`rin egallaydi. Quddus Muhammadiy ijodiga xos bo`lgan asosiy xususiyat uning asarlarida badiiylik, ma’rifiylik va tarbiyaviylikning uyg`unligi, chambarchas bog`lanib ketganligidadir. Shoir asarlarining yetakchi mavzulari Ona-Vatanga muhabbat, a’lo o`qish, fan va texnikani egallash, xulq-odobda kamolotga intilish singarilarda namoyon bo`ladi. U har bir she’rini bevosita bolalar hayotidan olib yozishga intiladi, kichkintoylarni a’lo o`qishga, kasb-hunar o`rganishga, odobli va mehnatsevar bo`lishga chorlaydi. Shoir ijodida mehnatsevarlik va mehnatkashlar timsolini yaratish mavzusi ham alohida o`rin tutadi. "Mirob", "Bu binoni kim qurgan?", "Mamajon shofyor", "Mashinistka", "Ipak nimadan paydo bo`ladi?", "Militsioner amakim", "Sharofat xolam pazanda" she’rlarida shoir turli kasb egalarining fazilatlarini ulug`laydi, yosh kitobxonni kasb-hunar sirlari bilan tanishtiradi, mehnatkash inson qo`li bilan yaratilgan har bir buyumning yaratilish tarixini hikoya qilib beradi, eng oddiy kasbhunardan ham go`zallik izlaydi, oddiy mehnat kishisi timsolini bolalar nazdida o`rnak bo`ladigan ulug`vor inson darajasiga ko`taradi Quddus Muhammadiy ijodiga xos jihatlardan yana biri ona-tabiatni tarannum etishda namoyon bo`ladi. U yurtimiz tabiati, fasllarining go`zalligini berilib tasvirlash bilan o`quvchida go`zallikni sevish hissini tarbiyalaydi, o`z fikrlarini tabiat tasviri, ko`rinishlari va fasllari orqali jonlantirib beradi. "Bahor ostonasida", "Bahor keldi", "Bahor meni chaqirar", "Bahor bilan so`zlashdim" turkum she’rlarida bahor kelishi bilan tabiat uyg`onishi, dala-dashtlar dehqonlar mehnati bilan yanada yashnab, ko`rk ochishi yorqin tasvirlar, poetik epitetlar, o`xshatish va jonlantirishlar vositasida go`zal badiiy bo`yoqlarda tasvirlasa, "Qish ham chiroyli", "Qish ertasi", "Qish boboning hazili" she`rlarida qish fasli go`zalliklarini yosh kitobxon nigohi bilan kashf etadi. Bu jihatdan, ayniqsa, shoirning "Bahor keldi" she`ri e`tiborga sazovordir: Qo`llarida soz bilan, Gul-g`uncha pardoz bilan, Silkinib parvoz bilan, 174 Uchib turna g`oz bilan Sevimli bahor keldi. Shoir tabiatning uyg`onish fasli bo`lgan bahorni tom ma’noda jonlantirish bilan tabiatning uyg`onishini xursandchilik ayyomi, to`y-tomoshaga o`xshatadi, bahorning qo`llariga sozini olib, gul-g`unchalar bilan bezanib – pardoz qilib, yurtimizga bahorda tashrif buyuradigan turna-yu g`ozlar bilan birgalikda parvoz qilib kirib kelishi manzarasini yosh kitobxon ko`z o`ngida yorqin namoyon qilishga erishadi. "Bizning kuz" she’ridagi: Kuzimizning go`zalligin, Og`aynilar, ko`rganmisiz? Tokdan husayn, yerdan qirqma, Shoxdan behi uzganmisiz? Uzum uzib, sharbat suzib, Shinniga o`t yoqqanmisiz? Gala-gala do`stlar bilan Duv-duv yong`oq qoqqanmisiz? satrlari esa serquyosh o`lkamizdagi pishiqchilik fasli hisoblanmish kuzning o`ziga xos manzarasi yaratilganligi bilan e’tiborni tortadi. Shoir ijodining ushbu qirralari qay jihatlardandir, xalq og`zaki ijodiga yaqinlashib ketadi, tasvir va ta’riflarning xalqona soddaligi, tabiiyligi, beg`uborligi bilan e’tiborni tortadi. Ma’lumki, Quddus Muhammadiy 1941-45- yillarda Islom shoirning kotibi bo`lgan. Ta’bir joiz bo`lsa, ushbu xalqonalik shogirdga ustozdan ko`chgan bo`lib, xalq og`zaki ijodi donoligining shoir ijodiga samarali ta’siri dalolatidir. Quddus Muhammadiy she’rlaridagi yana bir fazilat shoirning jonli tabiatga tabiatshunos murabbiy sifatida nigoh tashlashi va undagi har bir dov-daraxt, o`simlik, gullar hamda jonivorlar – qushlardan qurt-qumursqalargacha har birini yosh kitobxonga tanishtirishi, eng oddiy narsalardan ham go`zallik izlashi, o`quvchining tabiat haqidagi tasavvurini boyitishi, bilmaganini bildirishi, ko`rmaganini ko`rsatishida aks etadi. "Tok daraxti bir xil-u, uzumi nega har xil?", "Tolim gullaydi-yu, nega meva tugmaydi?", "Shaftoli doktor", "Chuvalchangtraktor" she’rlari shu jihatdan xarakterlidir. Shoir ijodining yana bir qirrasi yosh avlodning a’lo o`qishi, xulq-atvorining shakllanishiga xalaqit beradigan yomon odatlarni hajv yo`li bilan tasvirlash hamda o`tkir satira tig`i va yengil kulgi vositasida tuzatishga harakat qilishida ko`zga tashlanadi. Mashhur "Dum" she’ridan boshlab, "Ahmadjonga uyat", "O`tkirjon va vaqt", "Do`nansher nega “2” chi?", "Ravshanjonning qo`li tilga kirdi", "Tugmacha" singari ko`plab she’rlarida bolalar tabiatidagi turfa nuqsonlar ba’zan bevosita, ba’zan majoziy yo`lda hajv tig`i ostiga olinadi. Bu she’rlarni o`qigan yosh kitobxon hajv qilingan qahramonlar timsolida o`zini ham ko`radi, xulq-atvoridagi shunday kamchiliklardan tezroq qutulishga harakat qiladi. Muhimi shundaki, shoir ijtimoiy hayot voqealari va tabiat hodisalariga teran nazar tashlaydi, o`ziga xos ichki va tashqi tomonlarini, rivojlanish qonuniyatlarini 175 chuqur idrok etgan holda ularni bolalar adabiyoti talablariga muvofiq, jonli va dinamik tarzda gavdalantiradi, badiiy umumlashma obrazlar yaratadi, asarlarini bolalarning yoshiga, talabiga va saviyasiga mos qilib yaratadi. Quddus Muhammadiy "nimavoylar"ning savollariga jamiyatning ertasini o`ylagan holda javob izlashi sababi, she’rlar sarlavhasi ham savollardan iborat: "Dadajon, nima uchun oftob yerga qarab turadi?", "Kimning uyi eng kattakon?", "Hamma narsa yer ustida, yer o`zi nima ustida?", "Olcha nega qip-qizil?", "Yong`oqning qobig`i nega qattiq?", "Yong`oqni nega yong`oq deymiz?", "Tok daraxti bir xil-u uzumlari nega har xil?", "O`rik nega sarg`ayib pishadi?", "Jiydaning shoxi nega egik?", "Shaftolining bargi nega achchiq?", "Sada nega meva qilmas?", "Dada, bog`bon tokni nega qirqib turadi?", "Qora mushukchani mashina nega bosdi?", "Nima uchun mushuk odamlardan ajralmaydi?", "Mol nega kavsh qaytaradi?", "Chittak nega qittak?", "Qaldirg`ochlar charchamaydimi, dada?", "Laylakning oyoq-tumshug`i nega uzun?", "Qushlar qishda qayda qo`noqlar?", "Xo`roz nega qichqiradi?" kabi. Bular shunchaki jo`ngina savollar emas, har qanday ota-ona ham ularga dabdurustdan nima deb javob berishga qiynaladi. Aytaylik, o`rik nega sarg`ayib pishadi? – degan savolga g`o`raligida turshak bo`lgan o`rik quyosh nuri bilan haroratdan xlorofill so`rib, qizarib pishib yetiladi, deb javob bergudek bo`lsangiz, unda xlorofill nima, quyoshdan uni qanday so`radi, kabi yangidan-yangi savollar tug`iladi. Quddus Muhammadiyning topqirligi shundaki, u bunday savollarga insonning mehnati va kasbu korini sharaflovchi ma’noga ega didaktik javob topadi, bu didaktik javob yangi savolning tug`ilishiga deyarli o`rin qoldirmaydi. Aytaylik, chindan ham o`rik nega sarg`ayib pishadi? Shoir bu savolga shunday javob beradi: o`rik o`zini ekkan, vaqtida sug`organ, vaqtida tagini yumshatgan, vaqtida quruqshagan shox-shabbasini qirqib parvarishlagan inson dasturxonini ziynatlashni intiqlik bilan kuta-kuta rangi sarg`ayib, yetilib pisharmish. Shoir bunda xalqning "kuta-kuta rangi somon bo`ldi" iborasi mazmunini yangicha talqin etgan. Quddus Muhammadiy she’rlarini to`plam tarzida tartib berishda sharqona mumtoz adabiyotimizning devon tartib berish an’analariga ijodiy munosabatda bo`lishga harakat qilib, o`z asarlaridan saralarini "Oftob, Yer, Suv, Havo", "Dovdaraxt mehrigiyo yashil do`stlar", "Yerdagi jon-u jondorlar", "Qanotlilar" hamda "Odam va maqollar" sarlavhalari ostida besh guruhga jamlab, 1971-yilda "Tabiat alifbesi" nomi bilan nashr ettirgan edi. Bu kitob yosh she’r ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingach, shoir uning qismlarini kengaytirib kitob holiga keltirishga kirishdi, bu sohadagi izlanishlarini 1974-yilda boshlab, 1988-yilda intihosiga yetkazdi. Yetti yil davomida umumiy "Tabiat alifbesi" nomi ostidagi besh she’riy to`plam, chunonchi, "Tabiat alifbesi" (1-kitob, 1974), "Bog`larda bolalar" (2-kitob, 1976), "Qanotli do`stlar" (3-kitob, 1977), "Cho`pon bobo qo`shig`i" (4- kitob, 1979), "Odam - olam qo`shig`i (5-kitob, 1981) kabilar bosilib chiqdi. Shu tariqa, Quddus Muhammadiy o`zbek bolalar adabiyoti tarixida ilk bor besh kitobdan iborat yaxlit majmua yaratish an’anasini boshlab berdi. Bu besh kitobdan iborat she’rlar majmuasi har qanday ko`p tomlik saylanma, yoki tanlangan asarlardan shunisi bilan farq qiladiki, ularning har bir kitobida alohida bir 176 mavzudagi she’rlar, ertaklar jamlangan bo`lib, barchasi birgalikda tabiat alifbesidan saboq beruvchi yagona konsepsiyaga birlashtirilgan. "Tabiat alifbesi" deb atalgan birinchi kitobda olam va uning tuzilishi, yil fasllari, jismlar va ularning inson hayotiga daxldorligini ifodalovchi quyosh, yer, suv va havo haqida bahs etuvchi she’rlar jamlangan bo`lsa, "Bog`larda bolalar" nomli ikkinchi kitob nabotot olamini tashkil etuvchi dov-daraxtlar, gullar, xullas, yashil do`stlar haqidagi she’rlardan tarkib topgan. Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo`lgan uchinchi kitob "Qanotli do`stlar" deb nomlangan va unda qushlar olami, ularning xilma-xil tabiati hamda insonlar hayotiga daxldor qirralarini ifodalovchi she’rlar jamlab berilgan. Masalan, kaptar haqidagi she’rda uning “g`uv-g`uv” xonishi va unga ohangdosh tovushlarning faolligi qush haqidagi tasavvurni uyg`ota oladi: Kaptarim deydi g`uv-g`uv, G`uv-g`uvlab nima der u? Kaptarimning so`zi bu, Kaptar so`zi qizig`-u! G`uv-g`uv degani o`quv, O`quvga kerak uquv, Kaptar maktabi yo`g`-u Kitob-daftari yo`g`-u. G`uv-g`uv so`zi– maktabi, Daftar, qalam, kitobi. Uni o`qib der g`uv-g`uv, G`uv-g`uvning ma’nosi shu! Diqqat qilinsa, butun she’r vujudidan kaptar ovozi taralayotganday, kaptar ovozini ifodalovchi “g`uv-g`uv” taqlidiy so`zi satrlar oxiridagi “u-bu”, “o`quvuquv”, “yo`g`-u” va “shu” so`zlari hosil qilgan ohangdoshlik asosida nafaqat uning shakily, balki didaktik ma’nosi ham ahamiyatli ekani oydinlashadi. Kasb-hunar va mehnatga havas uyg`otuvchi she’rlar "Cho`pon bobo qo`shig`i" nomli to`rtinchi kitobga jamlangan bo`lsa, insonning tabiat farzandi ekanligi haqidagi she’rlar beshinchi kitob sanaluvchi "Odam – olam qo`shig`i" mundarijasini tashkil etadi. Shu zaylda besh she’riy kitob inson va uning hayoti, inson va uning tevarak-atrofida yashovchi qushlar, hayvonlar, hasharotlar, nabotot olami, osmon jismlari, yerdagi narsalar bilan munosabati mohiyatini bolalarga xos qarashlar zamirida badiiy talqin qilishga yo`naltirilgan xilma-xil janrlardagi asarlar silsilasini qamrab olgan. Shu fazilatiga ko`ra, bu besh she`riy kitob nainki Quddus Muhammadiy ijodida, balki XX asr o`zbek bolalar she’riyati tarixida ham o`ziga xos adabiy hodisa bo`lib qoldi. Uning bosh qahramoni esa bolalik va shoirning o`zidir Quddus Muhammadiy butun ijodiy faoliyati davomida xalqni o`z ustozi deb bildi, xalqning boy va qadimiy og`zaki badiiy ijodiga mehr bilan qaradi, uni qunt bilan o`rgandi. Xususan, xalq shoiri Islom ota Nazar o`g`liga shogird tushib, ancha vaqt davomida ijodiy muloqotda bo`lishi uning xalq ijodi sirlarini yanada chuqurroq 177 idrok etishiga keng imkoniyat yaratdi. Xalq qo`shiqlari ritmidagi o`ynoqilikni yuzaga keltirgan vositalarni his eta boshladi, xalq afsonalari, rivoyat, naql, ertak va topishmoq janrlariga xos shakl, syujet motivlari va ritmidan ijodiy ilhomlanib, o`zbek bolalar epik poeziyasini folklorizmlarning xilma-xil jilolari bilan boyitdi. Natijada, "Tovuq nega qaqillaydi?", "Xo`roz nega qichqiradi?", "Mushuk nega pixillaydi?", "Olahakka og`zidan tug`ar emish", "Hakkavoyning xom xayoli", "Bulbul bilan mayna qissasi", "Oy yuzida nega dog` bor?", "Tentak soy", "Buvi va sandiq" qissasi, "Tut daraxti va ipak qurti tutilishi", "Zag`izg`on", "Toshbaqa" singari she’riy afsona va she’riy rivoyatlar, "Bir mayizni qirq bo`lib" she’riy naqli, "Bir o`zboshimcha chumchuq haqida", "Qo`ng`izoy bilan Sichqonvoy", "Sandal va pechka", "Chivin urushqoq va shamol botir", "Oltin daraxt", "Dono bobo va bir yuz besh pahlavon o`g`il va qizlari haqida ertak", "Ola bola va a’lo bola qissasi", "Bog`bon chol uch xum ertak aytganmish", "Erkinjon oyga chiqibdi", "Adashgan bola qissasi" kabi she’riy ertaklar hamda "Oltin olov, shirin palov va yashil qozon haqida topishmoq" she’riy ertak-topishmog`idan iborat oraliq janrlardagi asarlari dunyoga keldi. Bundan tashqari, Quddus Muhammadiy mumtoz she’riyatimizdagi chistonnavislik an’analarini ijodiy rivojlantirib, "Toping-chi?", "Viz-viz", "O`ylab top", "Buni toping, bolalar, aytib bermang onalar" kabi qator she’riy topishmoqlarni yaratdi. Aytaylik, “Toping-chi” topishmog`ida mikroskop, “O`ylab top” topishmog`ida kirpi yashiringan: Dumdumaloq jonivor, Tikanak choponi bor. Kechasi ovga chiqar, Ilonni tutib qirqar. Hech narsadan qo`rqmaydi, Suvga tushsa cho`kmaydi. Olma, uzum yemishi, Olmosdek o`tkir tishi. Odamni ko`rsa koptok, O`zi hayvon, o`ylab top! Shoir topishmoq janri imkoniyatlaridan keng miqyosida foydalanishni ko`zlab, bolalarni ijtimoiy voqelikka faolroq aralashtiradigan va shu xususda fikr yuritishga da’vat etadigan topishmoq-she’r va topishmoq-ertak singari oraliq janrlarda quvnoq asarlar ijod qildi. "Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar" topishmoq she’rining dastlabki bandi yettilik shaklida: olti satri jumboqni tasvirlasa, so`nggi satri o`sha jumboq yechimini ifodalaydi. Keyingi bayti sakkizlik shaklida: yetti satrda jumboq tasvirlangan, keyingisida yechim berilgan. Jumboqlarning birinchisi – lolalar, ikkinchisi – buloqlar! Keyingi jumboq 21 satrda, to`rtinchi jumboq 20 satrda, beshinchi jumboq 10 satrda, oxirgi jumboq 11 satrda tasvirlanib, javobi sir tutilgan. Bularni topish o`quvchilarga havola qilingan.Topishmoq: Buni toping bolalar, Aytib bermang, onalar!,– 178 satrlari bilan intiho topgan. "Qo`ng`izoy bilan Sichqonboy" Quddus Muhammadiy ijodiyotidagi shoh asar bo`lib, 1940-yilda yozilgan va dastlab "Mushtum" jurnalida "Qo`ng`iz bikach bilan Sichqonvoy" nomi ostida bosilib chiqqan. Shoir uni yana qayta ishlov berib, takomillashtirib 1955-yilda hozirgi nomi bilan e’lon qildi. Shundan beri qayta-qayta nashr etilgan bu asar o`zbek bolalar epik poeziyasi taraqqiyotida o`ziga xos salmoqqa ega bo`lib, Hamid Olimjon, Mirtemir va Sulton Jo`ralar boshlab bergan she’riy ertaknavislik an’anasi hosilasi sifatida yuzaga kelgan. Qo`ng`izoy va uning tarafdorlari bilan Sichqonboy va uning tarafdorlari o`rtasidagi o`zaro kurash lavhalari ertak sujeti asosini tashkil etadi. Qo`ng`izoy o`z muhabbati uchun har qancha kurashmasin, pul va zo`ravonlikni kasb qilib olgan Sichqonboyga tegishga majbur bo`ladi. Sichqonboyning o`z xotini va bolalari bor, lekin u Qo`ng`izoy visoliga yetish uchun hech narsadan qaytmaydi, hech narsani ayamaydi, xotinini qo`yib yuboradi, Qo`ng`izoyga sovchi ustiga sovchi yuborib, uni ham, ota-onasini ham holu joniga qo`ymaydi. Boshida o`zini "ombor mudiri, mudirlarning kuziri, tekin puli" oshganidan shoshilib, bosar-tusarini bilolmay "hamyonini xazonday socha boshladi". Bular bilan ham muddaosiga yetolmasligini payqagach esa Kallamushni sovchilikka yuborib, Qo`ng`izoyning otasiga po`pisa qilib, qizini bermasa, o`ldirajagini aytib, nihoyat murodiga yetadi. Shoir Sichqonboy o`tkazgan to`y lavhalarini yanada yorqinroq chizadi. To`yga oid rasmrusumlar tasvirida Sichqonboy va uning safdoshlarining xatti-harakati, dabdabali to`y manzarasi real aks etadi: Tekinxo`rlar kelishib, Biri pazanda bo`pti, Biri sozanda bo`pti, Ola qarg`a karnaychi, Qora qarg`a surnaychi. Baqalar nog`orachi, Go`ng pashsha hofiz, kuychi. Beshiktervat o`yinchi, Chigirtka chertar g`ijjak. Sichqon olifta luchchak. Chirildoq shovvoz naychi, O`yin tushar ninachi. O`rgimchak tor quribdi, Qo`ng`izoy oh uribdi. Bu tasvirda har bir qush, hasharot yoki hayvon o`z qiyofasi, harakati va ovozi bilan jonli gavdalantirilgan. Ularning barchasi to`y shavqidan sarmast, faqat Qo`ng`izoy diliga kulgi sig`maydi. Uning butun vujudini alam va norozilik qoplagan. Shoir bu holatni kelindan rozi-rizolik so`rash udumi orqali yanada bo`rttiradi. Qo`ng`izoyni har qancha zo`rlashmasin, tan mahramlikka rozi bo`lavermaydi, lekin qayta-qayta so`rovlardan keyin uning yangasi Qo`ng`izoy qiz tilidan "ha" deb yuboradi. Nihoyat qizni Sichqonboy uyiga etgan zahoti, yo`lak tomonda: 179 Qo`shni bo`lak tomondan. Yig`lagan ovoz kepti, Bekilmagan eshikdan, Chiqibdi sichqon bekach. Kavak uyda qon bekach, Sichqonboyning xotini. Bir vaqt sevgan otini. Ya’ni jufti yo`ldoshi, Qo`ng`izoyning kundoshi. Ortida sichqonchalar, Tiriklay yetimchalar. Tizilishib ketma-ket, dadalashib, chiyillab kela boshlaydilar. Sichqonboy qancha g`azablanmasin, Qo`ng`izoyning dili ham shu qadar og`riqqa to`lib ketibdi. Bular ham yetmaganday, "Sichqon o`lsin, xotinboz" chiqib qoldi. U "Qancha xotinni qo`ydi, ko`plarni ko`zin o`ydi". Ustiga ustak yana "Ichib keladi kunda, ba’zida yarim tunda" janjal, mashmasha ko`targani-ko`targan. "Erkak xotinga podshoh deya" Qo`ng`izoyni yulqib uradi. Xotiniga Chumchuq bilan yuribsan, – deb tuhmat qilishdan ham tap tortmaydi. Holbuki, Qo`ng`izoyning qo`li uy ishlaridan bo`shamasdi: "Kasov edi qo`llari, Supurgi sumbullari". Dard ustiga chipqon deganlaridek, qaynonasi ham chayonday unga nashtar sanchgani-sanchgan edi. Bunday og`ir vaziyatdan to`ygan Qo`ng`izoy bir kuni qochib onasinikiga keladi. Sichqonboy uning izidan kelib, yana zo`ravonlik bilan uyga olib keladi. Endi uni avvalgidan battar xo`rlay boshlaydi. Shunda uning eski do`stlari kapalak-u ninachilar joniga oro kirib: Qo`rqma sichqon do`qidan, So`yloq tishi o`qidan. Sen uchun biz parvona, Emasmiz-ku begona. Sichqonlar ko`zini och! Dugona, o`rmonga qoch!– deya maslahat beradilar. Qo`ng`izoy shu maslahatga amal qilib, oysiz qorong`u tunda o`rmonga qarab qochadi. Uni o`rmondagi dov-daraxtlar-u gullar, sayroqi qushlar kapalak va ninachilar xursand kutib olishadi. Shunda u tinmay ishlaydi va o`ziga mos mehnatkash asalari bilan topishib oladi. Endi ularning to`yi eskicha udumlarsiz, o`zlari xohlaganlaricha zavqu surur bilan bo`lib o`tadi. "To`yga yurak to`yboshi" bo`ladi. Bu oddiy bir to`y bo`lib, unga barcha o`rmonliklar keladi: Kelishdi juft-juft bo`lib, Ketma-ket to`p-to`p bo`lib. Sa’va, bulbul, to`rg`aygacha, Qolmadi chittakkacha. Bo`ldi ajoyib bazm, O`yin, askiya, hazil. Qushlar sayrar – orkestr, Laylak –drijor master. 180 Kapalaklar o`yinchi, Raqsga tushar ninachi. Ayiqlar masxaraboz, Maymunlar o`ynar dorboz. Bolarilar xizmatda, Qo`ng`izoyim izzatda. Shoir to`y manzarasini butun borlig`i bilan harakatda ko`rsata olgan. Shu zavqu quvonch Qo`ng`izoyning baxtli turmushi dalolatiga aylangan. Ertak oxirida Sichqonboy o`g`rilikka kirib, mushuk qo`liga tushgani xabar qilinarkan, qissadan hissa tarzida "Har kim ekkanini o`rar", degan xulosa o`rtaga tashlanadi. Asar uchun tanlangan voqelik, konflikt va g`oya kattalar hayotiga to`g`ri kelsa-da, ammo u allegorik obrazlar vositasida shartlilik asosida ifodalanganligi natijasida bolalarbop mohiyat kasb etgan. Muhimi, asar yaratilganiga qariyb bir asr bo`layotgan esada, undagi tabiat manzaralari va personajlar tasviridagi mutanosiblik, tanlangan sujetning qiziqarliligi, muammoning hayotiyligi diqqatga sazovor va shu sababli u yosh kitobxonlar tomonidan hamon sevib o`qilayotgani oydinlashadi. Shunday qilib, Quddus Muhammadiy o`zbek bolalar she’riyatini tom ma’noda yangi mavzular va g`oyalar, yangi badiiy shakllar va obrazlar, yangi tasviriy vositalar va uslublar bilan boyitdi; navqiron naslning orzu-armonlari, o`yin, o`qish va yashashdagi zafarlari, iztirob va quvonchlari, orzu va umidlarini, odam va olamga munosabatlarini turfa jilolarda kuylab, o`z yurtida va uning sarhadlaridan tashqarida ham tanildi. Uning asarlari yigirmadan ziyod tillarga tarjima qilinib, S.Marshak, A.Barto, S.Mixalkov singari bolalar shoirlari e’tiborini qozondi. Shoir ijodining nozikta’b tadqiqotchilaridan biri, akademik M.Qo`shjonov fikricha: "U nima to`g`risida asar yaratmasin, nima haqida gapirmasin, doim o`sha narsadan inson hayoti nuqtayi nazaridan ma’no izlaydi. Shoir shu ma’noni topadi ham. Bu oddiy bir ma’no emas, balki bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydigan, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladigan ma’no". Bolalar she’riyatimizning tom ma’nodagi sarbonlaridan biri bo`lmish Quddus Muhammadiyning sodda-beg`uborligi she`rlarida mangulikka ko`chgan bo`lsa, qalbi she’rlarida qodi.

36-Mavzu: A.Navoiy ijodi


Reja:

  1. Alisher Navoiy hayoti va ijodi

  2. Alisher Navoiy asarlari

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi. Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg‘a surdi. U aql, ilm insonning eng go‘zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘gil bilimni, qarigach sarf qilg‘il ani“, degan shoirning o‘zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi, o‘qishga beriladi. U yoshligidanoq ko‘p she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini bolalik chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgan. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining „Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo‘lgan mablag‘ ajratadi. 44 Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ko‘proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi. Buyuk so‘z san’atkori va mutafakkiri o‘zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag‘ishlaydi. „Hayrat ul-abror“ (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga ta’lim va o‘git berish masalalariga katta e’tibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, ilmning foydasi va kambag‘al o‘quvchilarning bu yo‘lda chekkan azoblari haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi. „Hayrat ul-abror“ asarining bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni o‘stirish, o‘qitish va balog‘atga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli bo‘lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb ta’riflaydi: Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a... Òun-kunungga aylagali nurposh, Birisin oy angla, birisin quyosh... Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolg‘izlikka nisbatan ko‘pchilik — jamoatni ulug‘lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do‘st bo‘lishlarini istaydi: 45 ... Yo‘q hunari yolg‘uz esa, o‘z ishi, Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi? Fard1 kishi davrda topmas navo, Yolg‘uz ovuchdin2 kim etmish sado?... „Hayrat ul-abror“ning o‘ninchi maqoloti rostgo‘ylik, halollik va to‘g‘rilikka bag‘ishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgo‘y va to‘g‘ri bo‘lishga chaqiradi, yolg‘onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg‘on so‘zlashning yomon oqibatini „Sher bilan Durroj“ masalida ovchining tuzog‘iga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi. Dostonning o‘n birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir o‘sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo‘lida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi. Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini ta’kidlaydi: Ilm, Navoiy, senga maqsud bil, Endiki ilm o‘ldi amal aylagil. Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o‘qish, o‘rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo‘lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. „Farhod va Shirin“ dostonida shoir chin sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g‘oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko‘pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag‘ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog‘laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo‘lgan muhabbatini zo‘r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi.
37-Mavzu: Abdulla Avloniyning ijodi
Reja:

  1. Abdulla Avloniyning ijodi

  2. Abdulla Avloniyning asarlari

Buyuklarning, el-yurtga xizmati singgan ulug‘ kishilarning nomlari mangulikka daxldor bo‘ladi. Asrlar osha unday odamlarning xizmatlari ko‘z-ko‘z qilinaveradi. Ana shunday ulug‘ zotlardan biri, mashhur muallim, tashkilotchi, shoir Abdulla Avloniydir. Prezidentimiz qachon ta’lim-tarbiya haqida gapiradigan bo‘lsa, albatta, Abdulla Avloniy haqida to‘xtaladi. Uning ibratomuz so‘zi va ishini misol qilib aytadi: „Men Abdulla Avloniyning „Òarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir“ degan fikrini ko‘p mushohada qilaman,“ — deb, bu muallimning bosib o‘tgan hayot yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatadi. Ha, ana shunday maqtovga loyiq inson, o‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Òoshkent shahrida to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. Abdulla Avloniy boshlang‘ich diniy maktabda va madrasada o‘qidi, ilm-fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa Sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi. Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o‘zining birdan bir burchi deb bildi va 1904- yilda o‘zi yashab turgan joyda — Mirobodda maktab ochdi. Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o‘ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o‘quv jihozlarini o‘zgartirdi. Bu yerda o‘qiydigan bolalarning ko‘pchiligini 55 kambag‘allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boybadavlat do‘stlarining ko‘magida „Jamiyati xayriya“ tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini ta’minlaydi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‘quvchilarning soni ko‘paya boradi. Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand bo‘lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi. U 1907- yilda „Shuhrat“ deb nomlangan gazeta tashkil etdi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‘ib etdi. Jumladan, gazetaning birinchi sonida: „Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol-olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g‘oyalarini yoyuvchidir“, deb yozgan edi. Abdulla Avloniy „Adabiyot yoxud milliy she’rlar“ deb nomlangan to‘rt qismdan iborat bo‘lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. O‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning „Birinchi muallim“ — „Alifbe“, „Ikkinchi muallim“ — „O‘qish“ kitoblari katta rol o‘ynadi. Bu kitoblarda Avloniy o‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. „Birinchi muallim“da Avloniy dastavval 32 harfni yolg‘iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha „bosh harflar“ga qo‘shib, bo‘g‘inlar hosil qilgan. „Ikkinchi muallim“da axloq-odobga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rangbarang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan.
Darslikda ko‘plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan. Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o‘qituvchi bo‘lib ishladi. U ko‘plab she’rlar, „Maktab gulistoni“, „Òurkiy guliston yoxud axloq“ kabi darsliklar bilan hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‘ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan „Òurkiy guliston yoxud axloq“ Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“, Nosir Xusravning „Saodatnoma“, Sa’diyning „Guliston“ va „Bo‘ston“, Jomiyning „Bahoriston“, Navoiyning „Mahbub ul-qulub“, Donishning „Farzandlarga vasiyat“ asarlari kabi o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda Abdulla Avloniy o‘zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asarning so‘zboshisida muallif bu haqda shunday yozadi: „Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot muhiblari — axloq havaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim“. Darslikdagi har bir bo‘lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning biri ikkinchisini to‘ldiradi, takomillashtiradi. Har bir bo‘limda kichik hajmli, ibratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalarda yoki hikmatli so‘zlarda „qissadan hissa“ chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og‘zaki ijodidan keng foydalangan. Abdulla Avloniyning „Bahor keldi“, „Bulbul“, „Bola ila gul“, „Yolg‘onchi cho‘pon“, „Òulki ila qarg‘a“ kabi juda ko‘p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan. „Maktab bolasi“ she’ri boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o‘qishga muhabbat uyg‘onishi umumiy yo‘sinda bayon etiladi:
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, „Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga“ g‘oyasini ilgari suradi. Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyotida drama janrining rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shdi. Uning „Advokatlik osonmi?“, „Pinak“, „Biz va siz“ pyesalari adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Abdulla Avloniy 1934- yilda vafot etdi. U ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi.
38-Mavzu: O`zbek bolalar shoirlari
Reja:

  1. O’zbek bolalar shoirlari

  2. Turli yosh guruhlar boyicha o`zbek bolalar shoirlarning she’rlarini ifodali o`qish

olalar adabiyoti adabiyotning bolaligi emas, barkamol adabiyotning qaymogʻi, komil mahsulidir. Balogʻatga yetmagan adabiyotda, millatda bolalar adabiyoti alohida shakllanib rivojlanmaydi. Dunyoda shunday nochor adabiyotlar, millatlar hozir ham mavjud. Mustahkam poydevor boʻlmasa, bino barpo qilib boʻlarmidi?
Bolalar shoiri boʻlish mushkul. Buning uchun bolaqalb, bolafeʼl, bolatabiat boʻlish kerak. Ayniqsa, eng kichik yoshdagi bolakayga moslab sheʼr yozib koʻring-chi, uning dilini toping-chi, tilini toping-chi…
Odam jismonan baquvvat, bilimli, har ishda chaqqon, epchil boʻlishi mumkin. Ammo oqkoʻngil, iymon-eʼtiqodli, insonparvar, yurtparvar boʻlmasa, hayotda oʻzidan yaxshi nom, yaxshi iz qoldirolmaydi. Adabiyot va sanʼat bolaning ana shunday goʻzal tuygʻular, fazilatlar sohibi boʻlib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, ayniqsa, bolalar adabiyoti va uning jonkuyarlarining xizmati kattadir.
Bolalar adabiyotida Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmat, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon, Kavsar Turdiyeva, Abdurahmon Akbar, Dilshod Rajab kabi shoir va yozuvchilarning bolajonlarga tuhfa etgan asarlari adabiyotimizda salmoqli oʻrin tutadi. Bu roʻyxatni bugun Tursunboy Adashboyevning nomisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Oʻspirinlik paytimizda Tursunboy Adashboyevning sheʼrlarini koʻp oʻqiganmiz, yod olganmiz. Negadir sheʼrlardagi satrlar xotiramizga tez oʻrnashib qolardi. Keyinchalik uning sheʼrlari bolalar yaxshi koʻradigan shirinlikdek totli ekanligi, shu bois yodlash, maʼnosiga yetish osonligining siridan voqif boʻldik.
Shoir sinchkov kuzatuvchi, bolalarni jondan sevuvchi ijodkor ham. Shu bois quvnoq yumor, samimiy hazil moʻl sheʼrlarida bola tabiati koʻzgudagidek koʻrinadi: sheʼrlarda bola oʻz ichki olami aksini koʻradi, goho harakatlarini shoirbobo koʻrib turganidan xijolat tortadi, bilib qolibdilar-da, deb oʻylasa, ehtimol. Ha, shoirbobo bolalarni, ularning feʼl-atvorini, orzu-maqsadlarini bilib turadigan bolaqalb shoir.
Tursunboy Adashboyev asarlarida bolalar psixologlari oʻz mutaxassisliklarida qoʻllashlari mumkin boʻlgan nozik kuzatishlar, xulosalar mavjud. Bu esa bolalar psixologiyasi bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun tayyor ish dasturi boʻla oladi.

Yüklə 184,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin