Reja: Maktabgacha ta’lim



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə2/8
tarix16.03.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#88330
1   2   3   4   5   6   7   8
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi

Qaror (huquqda) — 1) davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujjati. Qaror, odatda, ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinib, u ana shu organning oʻz vazifalarini amalga oshirish vositalari va yoʻllarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish hamda baholashga oid erki ifodasi hisoblanadi. Qaror ijro etuvchi hokimiyat tegishli organi kompetensiyasi doirasida qabul qilinadigan meʼyoriy yoki individual (aniq huquqiy hujjat koʻrinishida yuridik rasmiylashtirilishi natijasida shaxs yoki vaziyatga taalluqli) huquqiy ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv faoliyatini amalga oshirish jarayonida uzoq muddatli va muayyan soha bilan bogʻliq faoliyatni (ishlarni) istiqbolli loyihalash yuzasidan qarorlar, masalan, maqsadli dasturiy qarorlar, joriy asosiy faoliyatni amalga oshirish boʻyicha tezkor, protsessual, uslubiy, tavsiyaviy, individual va shahrik. qarorlar qabul qilinishi mumkin. Qarorda uni amalga oshirish muddatlari va ijrochilari aniq belgilab qoʻyilgan boʻladi. U qabul qilinishidan oldin loyihasi tayyorlanib, muhokama qilinishi maqsadga muvofiqdir; 2) fuqarolik, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlari boʻyicha sud tarkibi yoki sudya chiqaradigan huquqiy hujjat (qarang Sud qarori.).

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin