MAVZU: MA’NAVIYATNI SHAKLLANTIRUVCHI MEZONLAR
REJA:
1. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar
2. Ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi
3. Milliy o‘zlikni anglash va uning mohiyati
1. Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar.
Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dinining o‘rni beqiyosdir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bu haqda shunday deydi: “Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir. Islom –haqiqatni anglash demakdir, u odamzotni ezgu amallarni bajarishga undaydi, har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi. Biz islom dinidan zo‘ravonlik va hunrezlik maqsadlarida foydalanishga urinayotgan kimsalarni keskin qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Muqaddas dinimizni doimo himoya qilamiz”. Shuning uchun islom dini va ma’naviy qadriyatlari bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar – inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi, tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlarni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruh millat, xalq, davlatchilik, madaniyat, me’moriy yodgorliklar va boshqa shk kabilarni qamrab oluvchi tarixni, ming yillar davomida rivojlanib kelayotgan qishloq va suv xo‘jaligi bilan bog‘liq agrar madaniy an’analarni, geografik shart-sharoitga aloqador tarixiy munosabatni va boshqalarni ifodalovchi moddiy meros; ikkinchi guruh xalqimizga xos bir necha ming yillik diniy e’tiqod, ta’lim-tarbiya, shuningdek, barcha ilm-fan sohalari va ular rivojida muhim o‘rin tutgan mutafakkirlar va ularning asarlari, xalq ijodini qamrab oluvchi madaniy meros; uchinchi guruh xalqimizga xos an’analar, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar, turmush tarzi bilan bog‘liq boshqa madaniy omillar; to‘rtinchi guruh xalq qadriyatlari, tafakkur tarzi, mafkurasi, xalqqa xos ma’naviy xususiyatlar, g‘oyalar, ruhiyat va o‘zaro ijtimoiy munosabatlar; beshinchi guruh hozirgi jamiyatimizda bevosita amaliy faoliyat yuritayotgan, inson tarbiyasida katta ta’sirga ega, umuman, ma’naviy dunyoqarash shakllanishida bosh rol o‘ynaydigan ta’lim-tarbiya maskanlari, OAV, kutubxona, teatr, san’at saroylari va shu kabi boshqa ma’naviy ta’lim vositalarini o‘z ichiga oladi.
Milliy ma’naviyatimizda xalq og‘zaki ijodi muhim o‘rin tutib, u millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, uni avlodlardan avlodlarga o‘tkazib, tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqarib, o‘zligini doimo saqlab kelayotgan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlarini o‘zida ifoda etadi. Shu o‘rinda Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan biri bo‘lgan muqaddas dinimizning ahamiyati beqiyosdir. Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyat mezonlari shakllanishiga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta’kidlash lozim. Jamiyat esa o‘z zaminining mutafakkirlari, dini va kashfiyotlari, ma’rifat, ilmu fan, madaniyat kabi sohalaridan bularning barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishda, uni namuna qilib ko‘rsatishda foydalanadi. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini avlodlarga yetkazish masalasi barcha, birinchi galda, ziyolilar, butun jamoatchilik uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lgan kishi, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan yana biri ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiya bo‘lib, ularga inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi sifatida qaralgan.
Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar haqida so‘z ketganda, mahallaning o‘rni va ta’siri xususida to‘xtalish zarur. Ma’lumki, o‘zbek mahallalari azaldan chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib keladi. Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida chuqur joy egallagani bejiz emas. “Mahalla – ham ota, ham ona” degan hikmatli naql ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilinadi. Har qaysi xonadon, butun el-yurtdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo‘lgan kishi, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini avvalo mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlardan yana biri ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiya bo‘lib, ularga inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi sifatida qaralgan.
Kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarning bugun qan day ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ishi ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lib qoladi. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Bunda maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
2. Ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi
Islom dini ta'limotida bayon qilinishicha, inson jism va ruhdan tarkib topgan. Ma'lumki, jism moddiy bo‘lib, tuproqdan yaratilgandir. Alloh taolo aytadi: