Reja: Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar


"Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman"



Yüklə 32,38 Kb.
səhifə2/2
tarix28.12.2023
ölçüsü32,38 Kb.
#200905
1   2
ManaVIYAT

"Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman" (Sod surasi 71 oyat)
Ruh g‘ayb olamiga tegishlidir: Sha'ni ulug‘ Zot:
"Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" (Sod surasi 7 oyat)
Demakki inson mana shu ikki narsaning jamlanmasidan yaratilgan. Agar jismni ruh tark etadigan bo‘lsa, endi biz uni inson demaymiz, balki jasad deymiz. Shunday ekan, insonning kamolot topishi, ikki dunyo saodatiga yetishi uchun uning ham moddiy hayoti, ham ma'naviy olami isloh bo‘lishi kerak.
Insoniyat o‘zining ustidan moddiy hayot g‘olib kelmasligiga urinishi, ma'naviy falsafalarga sho‘ng‘ib ketishlikdan saqlanishi lozim. Dunyo deya oxiratni, oxiratni deya dunyoni tashlab qo‘ymasligi kerak. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
"Oxiratni deb dunyoni, dunyoni deb oxiratni tark qiladiganlaringiz yaxshilaringiz emasdir. Lekin yaxshilaringiz undan ham, bundan ham nasibasini olgan kishidir", deganlar. Yana bir hadisi sharifda:
"Dunyo qanday ham yaxshi ulovdir. Uni ulov qilib olinglar. Sizlarni oxiratga yetkazadi", deyilgan. Bir kishi Ali roziyallohu anhuning huzurlarida dunyoni yomonladi. U zot: "Dunyo uni rostga chiqargan kishi uchun rostlik diyori, uni tushungan kishi uchun najot diyori, undan zodi rohila oladigan kishi uchun boylik diyoridir", dedilar. Demak, qachonki biz dunyoga shung‘ib ketib, asl mohiyatni eslamaydigan bo‘lsak, bu bizning dunyoni to‘g‘ri anglamaganimizdan bo‘lar ekan. Buning aksini qilib, moddiy hayotdan butkul yuz buradigan bo‘lsak, buning so‘ngidan kelgan fasod ko‘zlagan maqsadimizga ta'sir qilmay qolmaydi. Zero, hakimlardan biri: "Badan ozuqalanadigan narsalarni to‘plash do‘nyoga o‘chlik emas", degan.
Shu o‘rinda ba'zi bir nazariyotchilarning oldin moddiy hayotni, keyin ma'naviy masalalarni o‘ylash kerak, degan mazmundagi fikrlari mutlaqo xato bo‘lib, kishiga faqat zarar yetkazishini bugun hayotning o‘zi har qadamda tasdiqlab turibdi.
Yuqoridagi hadisda Dunyo ulovga o‘xshatildi. Ulov bo‘lmasa manzilga yetishlik mushkul. Shuning bilan birga hamma narsani ulov uchun sarf qilib, manzilga quruq kirib borish ham oqillar ishidan emas.
Ma’lumki, ma’naviyat jamiyat hayotida iqtisodiyot bilan birga shakllanmog‘i lozim. Binobarin Birinchi Prezident “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, moddiy va ma’naviy hayot tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-birini to‘ldiradi. YUksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dealiktik va uzviy bog‘liqlik asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan uyg‘un holatda olib borilmoqda. YUrtboshimizning sa’y-harakatalari bilan istiqlolning dastlabki yildaridan boshlab xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzu maqsadlari va zamon talablarini, dunyoviy taraqqiyot mezonlarini hisobga olgan holda, jamiyatimiz hayotida ana shu ikki omilning uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ijtimoiy voqelikni o‘ziga xos bir shakli sifatida o‘zbek modeli iqtisodiy rivojlanish bilan birga, ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy rivojlanish omillarini ham o‘zida qamrab olganligi bilan boshqa modellardan farq qiladi. Uning asosiy farqlaridan biri - biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizdan kelib chiqib davlatchiligimizning demokratik tamoyillar asosida shakllantiruvchi milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalaridan biridir. SHu ma’noda o‘zbek modeli faqatgina iqtisodiy rivojlanish modeli emas, balki milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.

3. Milliy o‘zlikni anglash va uning mohiyati


Milliy o‘zlikni anglash har bir inson uchun ma’naviy barqa- rorlikning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Chunki u avvalo, o‘zining kimligini bilib olsa, qaysi millatga mansubligini tushunib yetsa, avlod-ajdodlari, ular qoldirgan moddiy va ma’naviy merosni o‘zlashtirsagina to‘laqonli shaxs darajasiga yetishi mumkin. Bunday shaxslar millatning aksariyat ko‘pchilik qismini tashkil qilsagina bunday millatning istiqboli buyuk bo‘ladi. Shuning bilan birga o‘zini-o‘zi anglab yetgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan uyg‘ongan va jipslashgan xalq va millatni mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab ketish, huquqlarini paymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.
O‘z-o‘zini anglash bu xalqning, millatning o‘tmishi, tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlod-ajdodlarining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Milliy o‘zlikni anglash - millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun o‘zini safarbar etish, barcha imkonyatlari, kuch-g‘ayratini ishga solish demakdir. O‘zlikni anglash o‘z mohiyatiga ko‘ra millat va elatlar uchun xos bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni ifoda etib, o‘z vazifasiga ko‘ra milliy manfaatlarni himoya qiladi.
Shunday qilib, har bir millat va elatning o‘zini real mavjud subyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi etnik birlik, til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarga mansubligi, manfaatlar va ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishga milliy o‘zlikni anglash deb ataladi. Milliy o‘zlikni anglash millat birligining mustahkamligini, millat manfaatlarining shaxs, mahalliychilik manfaatlaridan ustun turishini anglash darajasi bilan bog‘liqdir.
Milliy o‘zlikni anglash millatimiz til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi ma’naviyatning o‘ziga xosligidan iborat millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. Milliy o‘zlikni anglash millat­ning mustaqil belgisi ekanligi - milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va millat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan belgilanadi.
Milliy o‘zlikni anglash omillarining qudrati quyidagi sharoitlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi:

  1. Agar milliy o‘zlikni anglash rivojlangan bo‘lsa, yuqorida qayd etganimizdek, millatning manfaatlariga, ayniqsa, sha’ni, qadr- qimmati, obro‘-e’tibori poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan sharoitda, millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida o‘zaro muxolifatda bo‘lgan tomonlar ham millatning sha’ni, g‘ururi, obro‘-e’tiborini himoya qilish manfaati yo‘lida birlashadilar.

  2. Milliy o‘zlikni anglash ruhiy his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uni millatning xatti- harakatlari, intilishlari va maqsadlarini amalga oshirishdagi salohiyati orqali bilib olish mumkin bo‘ladi.

Siyosiy ma’naviyati, milliy ongi rivojlangan, milliy jihatdan o‘zligini anglab yetgan xalq, millat mustaqilligining buyuk kuchiga aylanadi. Millatning, xalqning kuch-qudrati uning sha’ni bilan bir qatorda siyosiy yetukligi, milliy ongning o‘sganligi, milliy g‘ururi, hissiyoti, tuyg‘uning qay darajadaligi, o‘z-o‘zini anglab yetganligi, uyushganligi bilan belgilanadi. O‘zligini anglagan millatni harbiy ustunlik bilan vaqtincha qaram qilish mumkin, ammo uni batamom qaram qilib bo‘lmaydi. Undagi milliy g‘urur har qanday sharoitda ham ozodlikka chiqishi uchun kurash olib borishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston,
1997. – 326 b.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.:
Ma’naviyat, 2008. – 176 b.
3. Abdullaev A. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. – T.: Ma’naviyat, 1999.
4. E. Mallayeva. Ma’naviyat asoslari [Matn]: uslubiy qoʻllanma / E. Mallayeva. – Toshkent: Bookmany print, 2022. – 82 b.
5. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. – 760 b
Yüklə 32,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin