Biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun nimalarni bilish kerak Marketing-iste’molchilarining ehtiyojlarini qondirish va foyda olish uchun quyidagilar orqali qilinadigan barcha narsalar hisoblanadi:
• ular ehtiyoj sezayotgan, mahsulot va xizmatlarni taqdim etish;
• ular to’lashga tayyor bo’lgan narxlarni belgilash;
• iste’molchilarga, sizning mahsulot yoki xizmatlaringiz bahosini oshiruvchi, tovarlarni yetkazib berish va xizmatlarni ko’rsatish;
• tovar va xizmatlarni sotib olishga iste’molchilarni jalb etish va reklama qilish.
Masalan, tadbirkor non va non mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan bo’lsa, o’z mijozlarining ehtiyojlarini o’rganishi, ularga qanday non kerak va qanday xizmatlarga ularda ehtiyoj borligini muhokama qilishi kerak.
Marketingni to’g’ri tashkil qilish uchun, u marketing izlanishlarini o’tkalizishi jarayonida olish mumkin bo’lgan ma’lumotlarni yig’ishi kerak. Marketing izlanishlarini olib borishda iste’molchilar va raqobatchilar haqida ko’proq o’rganishga harakat qiling. Quyidagilar haqida ma’lumot oling:
• Sizning tovar yoki xizmatlaringizni qancha va qaysi turdagi iste’molchi sotib olmoqchi?
• Qanday mahsulotlarga ular ehtiyoj sezadilar?
• Ular qanday bahoni to’lashga tayyor?
• Ular qaerda joylashishgan va qaerdan xarid qiladilar?
• Qanday miqdordagi tovar yoki xizmatlarni ular sotib olishadi va tez-tezmi?
• Sizning raqobatchilaringiz kimlar va xuddi shunday tovar yoki xizmatlarga nisbatan ularning takliflari qanday?
Siz izlanishlarni o’tkazib bo’lganingizdan va o’z iste’molchi hamda raqobatchilaringiz haqida ko’p narsa bilib olganingizdan keyin, to’plangan ma’lumotlarni, o’z iste’molchilaringiz ehtiyojlarini qondirish uchun qo’llashingiz kerak.
Buning uchun siz quyidagilarni aniqlashingiz kerak:
• Qanday tovar yoki mahsulotlar sizning iste’molchilaringizga kerak?
• Iste’molchilar qanday bahoni to’lashga tayyor?
• Iste’molchilarning borishi qulay bo’lishi uchun sizning korxonangiz qaerda joylashishi va tovarlaringiz qaerda sotilishi kerak?
• Iste’molchilarni xabardor qilish va ularni sizning tovarlaringizni sotib olish, xizmatlaringizdan foydalanishga qiziqish uyg’otish uchun siz tovarlarni bozorda ilgari surish(ommaviy takdimot) va reklama qilishning qanday usullaridan foydalanasiz?
Marketingning yuqorida qayd etilgan bu asosiy tashkil etuvchilari (lotincha 4P) ni to’g’ri qo’llash orqali bozorda muvaffaqiyat qozonasiz. Bularning to’rttalasi ham lotincha P bilan boshlanadi va shuning uchun 4R deb ataladi:
1. Product - (mahsulot)
2. Price (sotilish bahosi)
3. Place (joylashishi)
4. Promotion (ilgari surish(ommaviy takdimot))
Bu marketing tashkil etuvchilarni alohida ko’rib chiqamiz: