Reja: Media va axborot savodxonligi tushunchasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89248
1   2   3   4   5   6
ldyWBOlPneZNaJiOm7PIij30Gz1718rzb6Ek7LXV

 


 
 
− Estetik va kreativ ko‘nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash
yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali 
o‘quvchi mazkur ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi mumkin. 
− Interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media-
rollarni bajarib ko‘rish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim 
va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va 
qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi. 
− Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda
turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. 
Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali 
yaxshiroq rivojlanadi; 
− Xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini 
olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy 
makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni 
nazarda tutadi. 
Mediasavodxonlik - insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his 
qilgan 
holda 
faol 
va 
savodli 
bo‘lishi, 
mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta 
olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-


madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir. 
Media va axborot savodxonligi — «soyabon», ya’ni bir tushuncha 
mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YuNESKO tomonidan tavsiya 
etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur. 
Har bir atamaning mohiyatidan kelib chiqqan holda ularni tavsifi quyidagicha 
keltiriladi. Axborot savodxonligi — axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va 
uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. 
Media savodxonlik — mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini 
baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. 


Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni 
amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy 
jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga 
urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media 
va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro 
hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan 
bog‘liq. Ushbu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi 
ikkita ilmiy maktab mavjud. 
Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi 
sifatida ko‘rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi 
media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari 
suradilar. 
Ammo YuNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa 
axborot xizmatlarining bir-biridan farqi, balki ularning o‘zaro aloqadorlik 
nuqtalarini ham aniqlagan. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin