− Estetik va kreativ ko‘nikmalar media kontentni
ijodiy jihatdan anglash,
yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali
o‘quvchi mazkur ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi mumkin.
− Interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media-
rollarni bajarib ko‘rish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim
va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va
qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi.
− Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy
vositalardan foydalangan holda,
turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi.
Ushbu ko‘nikmalar rang-barang mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali
yaxshiroq rivojlanadi;
− Xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularni oldini
olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy
makonni himoya qilish hamda zararli kontent
va muloqotdan voz kechishni
nazarda tutadi.
Mediasavodxonlik - insonning jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his
qilgan
holda
faol
va
savodli
bo‘lishi,
mediamatnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta
olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-
madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir.
Media va axborot savodxonligi — «soyabon», ya’ni
bir tushuncha
mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YuNESKO tomonidan tavsiya
etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur.
Har bir atamaning mohiyatidan kelib chiqqan holda ularni tavsifi quyidagicha
keltiriladi. Axborot savodxonligi —
axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va
uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Media savodxonlik — mass-mediani qabul
qilish va uning faoliyatini
baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni
amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini
ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy
jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga
urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media
va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro
hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan
bog‘liq. Ushbu bir-biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha
tushuntirib beruvchi
ikkita ilmiy maktab mavjud.
Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi
sifatida ko‘rishadi. Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi
media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha
keng soha ekanligini ilgari
suradilar.
Ammo YuNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa
axborot xizmatlarining bir-biridan farqi, balki ularning o‘zaro
aloqadorlik
nuqtalarini ham aniqlagan.
Dostları ilə paylaş: