Reja: Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari



Yüklə 158,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix25.03.2023
ölçüsü158,09 Kb.
#89787
1   2   3   4   5   6
3. мавзуга маьрузалар матни мехнат бозори

UXS
,
bunda:UXS  - har bir tuman (shahar) da so’rov o’tkazilishi kerak bo’lgan uy 
xo’jaliklari soni; UX  - tuman (shahar) dagi uy xo’jaliklari soni; 
b) ikkinchi bosqichda uy xo’jaliklari o’rganiladigan aholi punktlari 
aniqlanadi, bunda: 
tanlab olingan aholi punktlari yonma-yon chegaralarga ega bo’lmasligi kerak; 
tuman markazlari va ulardan yiroqda joylashgan aholi punktlari majburiy 
tartibda o’rganilishi kerak; 
har bir tumanda kamida 5 ta aholi punkti (tuman markazi ham shu jumlaga 
kiradi) o’rganilishi kerak; 
har bir shaharda yonma-yon chegaralarga ega bo’lmagan kamida 5 ta mahalla 
o’rganilishi kerak. 


Aholi punktlarini tanlash tuman (shahar) statistika bo’limi bilan kelishgan 
holda Bandlikka ko’maklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan amalga 
oshiriladi;
v) uchinchi bosqichda har bir aholi punktida o’rganilishi kerak bo’lgan uy 
xo’jaliklari soni aniqlanadi; 
g) to’rtinchi bosqichda aholi punktlarida (mahallalarda) mavjud bo’lgan uy 
xo’jaliklari ro’yxatlari asosida o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining aniq 
ro’yxati aniqlanadi. 
Bunda tanlashning quyidagi tartib-qoidasini nazarda tutadigan "proportsional 
bosqichma-bosqich tanlash" usulidan foydalaniladi: 
- mazkur aholi punktida (mahallada) joylashgan uy xo’jaliklarining 
hisoblangan sonini o’rganilishi kerak bo’lgan uy xo’jaliklarining hisoblangan 
soniga bo’lish yo’li bilan "tanlash bosqichi" aniqlanadi. Masalan, tanlab olingan 
aholi punktida 300 ta uy xo’jaligi mavjud bo’lib, o’rganiladigan uy xo’jaliklari 
soni esa 30 tani tashkil etishi kerak bo’lsa, "tanlash bosqichi" "10" ni (300:10) 
tashkil etadi; 
- har bir uy xo’jaligiga ranjirlangan tartib raqami berilib, umumiy uy 
xo’jaliklarining sonidan "tanlama to’plam"ga uy xo’jaliklari tanlab olinadi. 
Uy xo’jaliklari so’rovi Davlat statistika qo’mitasi bilan kelishgan holda 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan 
maxsus so’rovnoma bo’yicha amalga oshiriladi. 
Tanlab olingan uy xo’jaliklarining mehnatga layoqatli yoshdagi barcha 
a’zolari so’rab chiqilishi kerak, ular hozir bo’lmagan taqdirda esa, hozir bo’lmagan 
uy xo’jaliklari a’zolariga tegishli javoblarni uy xo’jaligining boshqa vakolatli 
a’zosidan olinadi. 
So’rovni amalga oshirgan xodimlardan uy xo’jaliklari so’rovining to’ldirilgan 
so’rovnomalarini qabul qilish Bandlikka ko’maklashish markazining ishga 


joylashtirishga muhtoj bo’lgan aholini hisobga olish va ular bo’yicha ma’lumotlar 
bankini shakllantirish bo’limi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi. 
To’ldirilgan so’rovnomalarni qabul qilishda: 
so’rab chiqqan xodim tomonidan uy xo’jaliklari so’rovining aniq tarzda 
tanlanishiga rioya qilinganligi; 
so’rovnoma savollari to’liq to’ldirilganligi; 
so’rovnoma savollariga javoblarning mantiqliligi va bir-biriga zid emasligini 
tekshirish ta’minlanishi kerak. 
Uy xo’jaliklari so’rovi o’tkazilishining sifati uchun javobgarlik uy xo’jaliklari 
so’rovini o’tkazgan xodimga va so’rovnomani qabul qilib olgan shaxsga 
yuklanadi. 
So’rovnoma materiali qabul qilib olingandan keyin uni qayta ishlash maxsus 
kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini 
shakllantirish (ma’lumotlarni kompyuterga kiritish) Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ma’lumotlar kompyuterga to’liq kiritilgandan keyin ma’lumotlar bazasi har 
bir tuman bo’yicha alohida fayllar shaklida keyinchalik uzil-kesil puxta ishlash va 
tahlil qilish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga 
yuboriladi. 
Ma’lumotlarni puxta ishlash va tahlil qilish quyidagi muddatlarda amalga 
oshiriladi: 
ma’lumotlar bazasini shakllantirish (kompyuterga kiritish) - hisobot choragi 
oxirgi oyidan keyingi oyning 1-kunigacha; 


har bir tuman bo’yicha yig’ma jadvallarni puxta ishlash va olish - hisobot 
choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 10-kunigacha; 
tekshirish natijalari bo’yicha tahliliy ma’lumotnoma va tahliliy jadvallarni 
tayyorlash - hisobot choragi oxirgi oyidan keyingi oyning 15-kunigacha. 
Barcha mulk shaklidagi korxona va tashkilotlarni ro’xatidagi ishchilar soniga 
doimiy, mavsumiy, vaqtincha bir va undan ortiq kunga ishga qabul qilinganlar 
hisoblanadi. 
Bu ko’rsatkich har bir kalendar kuniga barcha ishga kelgan ishchilar ishdan 
qatnashidan qatiy nazar ya’ni ishlayotganlar, ishlamayotgan vaqti (prostoe) xizmat 
safari, kasallik bo’yicha ishga kelmayotganlar: davlat va jamoa topshiriqlarini 
bajaruvchilar, qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilinganlar, malakasini oshirishdagi, 
mehnat ta’tilidagi va boshqalar. 
Ro’yxatdagi aholi soniga qo’shilmaydilar, korxona va tashkilot ro’yxatida 
turmaydiganlar, o’rindoshlar, ishga jalb qilinganlar.
Ishchilarning ro’yxatdagi soni 
 

Yüklə 158,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin