Ish vaqti va dam olish rejimi Korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar ish vaqtining me’-yoriy muddati haftasiga 40 soatdan oshiq bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida 18 yoshga to‘lmagan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagicha belgilangan:
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga
haftasiga ko‘pi bilan 36 soat;
15 yoshdan 16 уоshgachа bo‘lgan xodimlarga, shuningdek, ta’til vaqtida ishlayotgan 14 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga haftasiga ko‘pi bilan 24 soat.
Mehnat sharoitlari zararli bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga ko‘pi bilan 36 soatdan iborat ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilangandir.
Xodimlar uchun ikki kun dam olinadigan besh kunlik ish haftasi belgilangan.
Mehnat qonunlarida ko‘rsatilishicha ishlab chiqarish xususiyati va ish sharoitiga ko‘га besh kunlik ish haftasi joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lmagan korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi belgilanadi. Ish haftasi olti kunlik bo‘lganida haftalik ish vaqti me’yori 40 soat bo‘lgani holda har kungi ish muddati 7 soatdan oshmasligi, haftalik ish vaqti me’yori 36 soat bo‘lganda 6 soatdan oshmasligi va haftalik ish vaqti me’yori 24 soat bo‘lganida har kungi ish muddati 4 soatdan oshmasligi kerak.
Dam olish kunlari arafasida ish haftasi olti kunlik bo‘lganida ish muddati 6 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasining“Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi QonuniToshkent, 1993 y.
V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
O. Qudratov, T. G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO TEXNOLOGIYA HUZURIDAGI ANGREN TEXNOLOGIYA TEXNIKUMI MEXNAT MUHOFAZASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Guruh:______________________ Bajardi:_____________________ Qabul qildi:__________________