natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari.
■
kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan
ko’rsatmalar bilan tekshiriladi)
■
agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa (H-1
shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4
nusxada
to’ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi);
■
ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona
manfaatlarini ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda;
■
avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida,
elektr
transportida yo’l harakati hodisasi natijasi;
■
korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida
ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
■
ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi
berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda;
■
shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy
nazar, korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda;
■
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati
tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo ’qotilsa.
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy
sug’urta qilish.
Korxonalarning xodimlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan
tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy
sug’urta qilinishlari shart.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya
qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz
hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining
222-moddasida quyidagicha o’z aksini topgan:
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va
tekshirish
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o ’z
vaqtida tekshirishi
va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog ’i
bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma
berishi shart.
(Ozbekiston respublikasi MK).
Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik
organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o’rganib chiqadi,
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari
buzilishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus
tekshirish asosida olib boriladi:
>
bir vaqtning o’zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan
guro’hiy baxtsiz
hodisalar;
>
o ’ lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
>
oqibati og’ir baxtsiz hodisalar.
Guro’hiy o’lim bilan tugagan yoki og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan
ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
>
Davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
>
muttasaddi xo’jalik organiga;
>
Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligiga;
>
viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasiga;
>
baxtsiz hodisa yuz bergan j oydagi prokuraturaga;
>
baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
>
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligiga;
>
«O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va agar
baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa,
viloyat kasaba
uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak.
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori
jabrlangan odamning o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini
yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi
(TMEK) va kasaba
uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga
olgan holda ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli
belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnatni muhofaza qilish
to’g’risidagi qonunning 28-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi:
28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon etkazganlik uchun
korxonalarning moddiy javobgarligi.
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb
kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to ’liq yoki qisman yo ’qotgan xodimga
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va
miqdorda korxona bir
marta beriladigan nafaqa to ’laydi hamda sog ’liqqa etkazilgan shikast uchun tovon
to ’laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan
belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo ’lmasligi lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo ’ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy
yordamning boshqa turlariga muhtoj bo ’lsa, korxona
jabrlangan xodimga bu
tadbirlar bilan bog ’liq xarajatlarni to ’laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini
o ’zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini
ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi.
Dostları ilə paylaş: