MXST, SM va Q, texnika xavfsizligi va yong’in xavfsizligi qoidalariga, mehnat
xavfsizligi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni olish va
qishloq xo’jalik korxonalarini mehnat xavfsizligi talablariga
javob berish
maqsadida pasportlashtirish o’tkaziladi.
Pasportlashtirish shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo’limi (hudud)
bo’yicha bir qancha pasportlashtirish texnologik varaqalari to’ldiriladi. Bular
bo’lim pasportini tashkil etadi. U bino ma’lumotlarining umumiy tavsifini, sexlar,
hududlar, ishlab chiqarish kategoriyalari, portlash, yonish xavfi bo’yicha
xonalar
klassi, noqulay mehnat sharoitida
ishlaydiganlarning soni, sanitariya-maishiy
xonalar bilan ta’minlanishi, maxsus kiyimlarni tikish va ta’mirlash punktlari,
tibbiyot xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat xavfsizligi xonalari hamda
burchaklarini, sanitariya maishiy xonalar rejasi, shuningdek mehnat xavfsizligi
vositalari tavsifini (himoyalovchi to’siqlar va signal beruvchi moslamalarning
mavjudligi, elektr tokidan himoyalanish vositalari, shaxsiy himoyalanish vositalari,
mehnat sharoitlariga baho beruvchi vositalar, o’t uchirish vositalarining
mavjudligi) o’z ichiga oladi.
Pasportlashtirishni bo’lim (hudud) rahbarlari o’tkazadilar va ish joyida
noqulay omillar faollashganda (kuzda va qishda) uni har kuni mehnat xavfsizligi
bo’yicha muhandis nazorat qilishi shart. Nazoratni yuqorida turgan tashkilotlar va
viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo’yicha texnik inspektsiyasi olib boradi.
Mehnat xavfsizligini va sharoitlarini pasportlashtirishning natijalarini ishlab
chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini rejalashtirishda
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: