Fizik–kimyoviy xossalari. Vodorod–eng yengil gaz (u havodan 14,5 marta yengil), rangsiz, ta`msiz, hidsiz, suvda kam eriydi (1 l suvda 20 0C da 18 ml eriydi), -252,8 0C da suyuqlanadi. Suyuq vodorod rangsiz. Vodorodning massa sonlari 1, 2, 3 bo`lgan protiy - 1H, deyteriy - 2D va tririy - 3T izotoplari mavjud.
Birikmalarda vodorod doimo I valentli bo`ladi, oksidlanish darajasi +1, lekin metallarning gidridlarida –1 ga teng bo`ladi. Molekulasi ikki atomdan tarkib topgan. H : H yoki H2, H2 = 2H, ∆H0 = 436 kJ/mol.
Vodorod kislorodda yonganda ko`p miqdorda issiqlik chiqadi. H-O alangasining harorati 3000 0C ga yetadi. 2 hajm H bilan 1 hajm O ning aralashmasi qaldiroq gaz deyiladi. Bu gaz qattiq portlaganda suv hosil bo`ladi:
2H2 + O2 = 2H2O
Yuqori haroratda H ishqoriy va ishqoriy–yer metallari bilan birikib, oq kristall moddalar–gidridlar hosil qiladi. Gidridlar suv ta`sirida oson parchalanib, tegishli ishqor va vodorodni hosil qiladi:
CaH2 + 2H2O = Ca(OH)2 + 2H2↑
Atomar vodorodning reaksiyaga kirishish xususiyati juda kuchli bo`ladi: u xona haroratida metallarning oksidlarini qaytaradi, O, S, P bilan birikadi.
H + H = H2, ∆H0 = -436 kJ/mol.
Vodorod qizdirilganda ko`pchilik metallarni ularning oksidlaridan qaytaradi. Masalan, CuO + H2 = Cu + H2O
H2 – 2e- = 2H+ │2 │1
Cu2+ + 2e- = Cu │2 │1
Ishlatilishi. Vodorod yengil gaz sifatida aerostatlar va dirijabllarni to`ldirish uchun (He bilan aralashmasi) ishlatiladi.
Vodorod yuqori harorat hosil qilish uchun ishlatiladi: O-H alangasi bilan metall qirqiladi va payvandlanadi. Undan metallarning oksidlaridan metallarni olish uchun, kimyo sanoatida–havo azotidan ammiak olish uchun va ko`mirdan sun`iy suyuq yonilg`i olish uchun, oziq-ovqat sanoatida–yog`larni gidrogenlash uchun foydalaniladi. Vodorodning izotoplari–deyteriy bilan tritiy atom energetikasida muhim yonilg`i (termoyadro yonilg`isi) sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |