Reja: Metrologiya va standartlashtirish



Yüklə 37,45 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü37,45 Kb.
#100979
  1   2
metrologiya 1



Metrologik o’lchashlarga bo’lgan talabning oshishi.
Reja:
1.Metrologiya va standartlashtirish.
2.Metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar.
3.Metrologik o’lchashlarga bo’lgan talabning oshishi.
4.Xulosa.

"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esatalabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir. Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi.


Texnologlar uchun standartlar:
Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi.
Metrologik me'yorlar va qoidalarning xalqaro va tarmoqlararo ahamiyatini hisobga olgan holda o‘zaro tushunish va harakatlarni kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining "Metrologiya to‘g‘risida" Qonunida, O‘z O‘DT ning asos bo‘luvchi hujjatlari O‘z DSt 8.010:2002, O‘z DSt 8.010.2:2003, O‘z DSt 8.010.3:2004, O‘z DSt 8.010.4:2002 da va aloqa va axborotlashtirish sohasida foydalaniladigan “Tst 45.025.2000. Metrologik ta'minot. Atamalar.” tarmoq standartida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atama va tushunchalar keltirilgan:
Metrologiya – o’lchashlar, ularning birliligini ta'minlash metodlari va vositalari va talab etilgan aniqlikka erishish usullari to‘g‘risidagi fan.
O‘lchashlar birliligi – o’lchashlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalangan va o‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma'lum bo‘lgan holat.
O‘lchash – maxsus texnik vositalar yordamida fizik kattaliklar qiymatlarini tajriba yo‘li bilan topish. O‘lchash vositasi normalashtirilgan metrologik tavsifga ega bo‘lgan o‘lchash asbobidir. O‘lchash vositasi, o‘z navbatida, o‘lchov, o‘lchash o‘zgartirgichlari, o‘lchov asboblari, o‘lchash axborot tizimi va o‘lchash qurilmalari kabi turkumlarga bo‘linadi.
O‘lchash asbobi (pribor) deb, kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov informasiyasi signalini ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchov deb, berilgan o‘lchamli fizik kattaliklarni qayta tiklash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga aytiladi. O‘lchovlar to‘plami deb, maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar majmuiga aytiladi.
Birlik etaloni – Fizik kattalikning o‘lchamini boshqa o‘lchash vositasiga berish maqsadida fizik kattalik birligining o‘lchamini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchashlar vositasi.
Davlat etaloni – O‘zbekiston Respublikasi hududida kattalik birligining o‘lchamini o‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich ztalon sifatida tan olingan etalon.
O‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‘lchash vositasidir. Namuna o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi.
Etalonlar deb, fan va texnikaning eng yuksak saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy o‘lchovlarga aytiladi.
O‘lchov birligi o‘lchash natijasi ko‘rsatilgan birlikda ifodalangan va o‘lchash xatoligi berilgan ehtimollikda ma'lum bo‘lgan o‘lchash holatidir.
O‘lchash aniqligi – bu o‘lchash natijalarini va o‘lchanayotgan kattalik haqiqiy qiymatining mos kelish darajasidir. O‘lchash xatoligi o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalikning asl qiymatidan farqlanishidir.
Fizikaviy kattalikning asl qiymati xatoliklardan xoli bo‘lgan qiymatdir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ta'sirida olingan natijalar qiymatidir. O‘lchash ob'ekti u yoki bu fizik kattalikdir.
Qonunlashtiruvchi metrologiya – bu metrologiyaning1 bir qismi bo‘lib metrologiya bo‘yicha milliy organ tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatga taalluqli va birliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchash laboratoriyalariga doir davlat talablariga ega.
Metrologiya xizmati – Davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o‘lchashlar birliligini ta'minlashga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘lchash vositalarining qiyoslanishni olib borish uchun metrologik xizmatni akkreditlash – bu qiyoslashishlarini bajarishga davlat tomonidan, davlatning ishonchli vakili tomonidan rasmiy tan olinishi. O‘lchash vositasini qiyoslash usuli – bu qiyoslash sxemasi bo‘yicha yuqoridagi o‘lchash vositalaridan quyidagi o‘lchash vositalariga birlikning o‘lchamini uzatish usuli. O‘lchash vositalarining qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish - bu o‘lchash vositalarini qiyoslash natijalari bo‘yicha rasmiy hujjatni tuzish va o‘lchash vositasini yaroqliligini ko‘rsatish.
O‘lchash vositalarini taqqoslash – bu sistematik xatoliklarni aniqlash uchun o‘lchash vositasini etalon yoki o‘sha turdagi namuna o‘lchash vositasiga solishtirish, ya'ni o‘lchovni o‘lchov bilan, priborni pribor bilan.
Bazaviy (asos) metrologiya xizmati – bu aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xizmat bo‘lib, biriktirilgan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik ta'minot masalalari bo‘yicha ish faoliyatini muvofiqlashtiruvchi xizmat.
Davlat metrologiya nazorati – bu o‘lchash vositalarining turi va qiyoslanishi, sotilishi va ularning prokatini lisenziyalash bo‘yicha davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Davlat metrologiya tekshiruvi - bu davlat metrologiya xizmati organi tomonidan amalga oshiriladigan metrologiya qoidalariga rioya qilinishi tekshirish maqsadidagi faoliyatdir.
O‘lchanadigan kattalik - o‘lchashga tortiladigan kattalik.
O‘lchash vositasini kalibrlash - bu kalibrlash laboratoriyasi tomonidan o‘lchash vositasining metrologik xarakteristikasi haqiqiy qiymatlarini va qo‘llanilishga yaroqliligini aniqlash va tasdiqlash maqsadidagi muolajalar majmuidir.
O‘lchash vositalarini qiyoslash – O‘lchash vositalarining o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlatmetrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini tayyorlash (ta'mirlash, sotish, ijaraga berish) ga lisenziya – Ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga huquqini tasdiqlovchi, yuridik va jismoniy shaxslarga davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan beriladigai hujjat.
O‘lchash vositalarini metrologik attestatlash– donalab ishlab chiqarilgan (yoki O‘zbekiston hududiga donalab keltirilgan) o‘lchash vositalarining, ularning xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida, qo‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash – metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarning o‘rnatilgan akkreditlash doirasida o‘lchashlar birliligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga huquqligini rasmiy tan olish.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huquqini rasmiy tan olish.
O‘lchashlarni bajarish metodikalarini metrologik attestatlash – O‘lchashlarni bajarish metodikasining unga qo‘yilgan metrologik talablarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan tadqiqot.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi – O‘lchashlar natijalariga avvaldan ma'lum bo‘lgan xatolik bilan erishishni ta'minlaydigan ishlar va qoidalar majmui.
O‘lchash noaniqligi – Tekshirish- bu belgilangan talablarni to‘laqonli ta’minlash uchun obyektiv dalillar yordamida ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minash.
ISO tashkiloti a’zolari o‘zlarining MSTsiga ega; biroq ko‘plab mamlakatlar MSTga ega emas, ushbu mamlakatlar ISO tashkilotining standartlari va qonunlaridan foydalanadi. Hozitgi kunda dunyo bo‘yicha 148 mamlakat ISO tashkiloti a’zolari hisoblanadi.
Eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar 1917 va 1925 yillar oralig‘ida 15ta MST joriy etildi. Germaniya ular orasida birinchi bo‘lib o‘zining MSTsini tashkil etdi. Keyinchalik shu vaqtlar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Belgiya, Kanada, Niderlandiya, Shvetsariya va Austriya ham o‘zlarining MSTni tashkil etishdi. MST quiyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
Milliy standartlarni tayyorlash va chop etish;
Sanoatda standartlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish;
Texnika masalalariga bog‘liq bo‘lgan masalalar va bular milliy hamda xalqaro standartlar bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlash haqidagi ma’lulotlarni e’lon qilish;
Standartlar bilan aloqador forumlarda va xalqaro faoliyatlarda mamlakat ishtirokini nazorat qilish; Hozirgi vaqtda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidao‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimida o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, ta'mirlash va metrologik shahodatlash huquqiga ega bo‘lgan uchta akkreditlangan metrologiya xizmatlari mavjud: O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi hamda «O‘zbektelekom» AK «Shaharlararo aloqa korxonasi» filialidagi metrologiya xizmatlari. UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmatining qiyoslash va ta'mirlash laboratoriyasi sohaviy hisoblanadi va u sohadagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar uchun ta'mirlash va qiyoslash ishlarini o‘tkazish huquqiga ega. Oxirgi ikkita xizmat akkreditlash sohasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning ichki ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash huquqiga egadirlar. Ushbu metrologik xizmatlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun namunaviy o‘lchash vositalari, yordamchi uskunalar va normativtexnik hujjatlar bilan ta'minlanganlar.
Hozirgi vaqtda, metrologiya xizmatlari yo‘q bo‘lgan (o‘lchash vositalarining to‘plami kam bo‘lganligi sababli), aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarida o‘lchash vositalari holati, tegishli hujjatlarda belgilangan vazifa va majburiyatlari uchun javobgarlar tayinlangan.
Barcha metrologik xizmatlarga va o‘lchash vositalari holati uchun javobgar shaxslarga asosiy talablar - bu o‘lchash vositalarini, qiyoslash va ta'mirlash ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazish.
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlariga qiyoslash laboratoriyalari bilan bir qatorda davlat metrologiya nazorati va tekshiruviga tegishli bo‘lgan sohadan tashqaridagi o‘lchov vositalari uchun kalibrlash laboratoriyalarini tuzish maqsadga muvofiqdir. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida o‘lchash vositalarini kalibrlashning tashkiliy va texnik asoslarini joriy qilish o‘lchash vositalari holatini nazorat qilishni osonlashtirishga imkon beradi. «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» DAK, uyali aloqa kompaniyalari, Internetning yirik operator va provayderlarining qayta tashkil qilinishi sababli ularning tarkibiy bo‘linmalari va filiallarini metrologik ta'minlashda muammolar tug‘ildi.
Tabiiyki, akkreditlashning qisqa sohasi bilan chegaralangan mavjud uchta metrologik xizmatlarning faoliyati yangi tuzilgan tarkiblar va bo‘linmalarni ta'mirlash va qiyoslash ishlari bilan to‘liq ta'minlay olmaydi.
Bu muammolarni hal qilish uchun va namunaviy o‘lchash vositalarini ta'mirlash va qiyoslash laboratoriyalarini yuqori texnologiya uskunalari bilan jihozlash yo‘li bilan mavjud metrologiya xizmatlarining akkreditlash sohasini izchillik bilankengaytirish va mutaxassislarni yangi texnika hamda texnologiyalar bilan ishlashning zamonaviy uslublari va ishlash malakalarini oshirish uchun muntazam ravishda o‘qitish zarur.
UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologik xizmatlari ishlarini muvofiqlashtiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasining xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning metrologiya xizmatlari o‘lchashlar birliligi va talab etilgan aniqligini (o‘lchashlarni bajarish uslublarini ishlab chiqish va attestatlash, normativ hujjatlar loyihalarining metrologik ekspertizasi, loyihalash, konstruktorlik va texnologik hujjatlashtirish hamda boshqa turdagi ishlar bo‘yicha) ta'minlash sohasida muayyan faoliyatni amalga oshirishda texnik vakolatliligini tan olishga, ixtiyoriy ravishda akkreditasiyadan o‘tishi mumkin.
Metrologik ta'minotning tarkibiga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, UNICON.UZ markazi qoshidagi Asos metrologiya xizmati, Telekommunikasiyalar va pochta aloqasi sohasidagi standartlashtirish bo‘yicha Texnika qo‘mitasi, Davlat aloqa inspeksiyasi, metrologik xizmatlar va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlari o‘lchash vositalarining holati uchun mas'ul shaxslar kiradi.
1906- yil elektrotexnika sohasidagi xalqaro darajadagi ishlarni standartlashtirish maqsadida dastlabki xalqaro tashkilot tashkil etildi, ushbu tashkilotga 15 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi, hamda tashkilotni xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) deb nomlandi. 1946- yilda Londonda uchrashgan 25 davlat delegatsiyasi “standartlar sanoatining umumlashuvini hamda o‘zaro muvofiqliligini ta’minlashga qaratilgan” barcha maqsadlarni o‘zida qamrab olgan yagona xalqaro tashkilot tizishga qaror qilishdi. Yangi tuzilgan tashkilotni Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) deb nomlashdi, va ushbu tashkilot 23 fevral 1947- yildan rasman faoliyat yurita boshladi. ISO qisqartmasi Greekcha isos so‘zidan “tenglik” degan ma’noni beradi. Shuning uchun qaysi davlat yoki qanaqa tilda bo‘lishidan qat’iy nazar tashkilotning nomi qisqacha ISO tarzida yuritiladi. Hozirgi kunda 148 davlatning MSTsi ISO ning tarmog‘i hisoblanadi, muvofiqlashtirish tizimining markaziy sekretariati Shvetsariyaning Geneva 31 Mundarija: shahrida joylashgan. ISO nodavlat (nohukumat) tashkilot hisoblanadi.2 MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, televidenie, telekommunikasiya, priborlar yaratish sohalari bo‘yicha shug‘ullanadi.
1975- yildan boshlab MEK tavsiyalari xalqaro standartlar statusini oldi. MEK standartlari elektrotexnik jihozlar va elektron qurilmalarni eksport qilishda qo‘llaniladi. Hozirda 41 ta milliy komitetlar MEK ning a'zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda er kurrasining 80 % aholisi yashab, dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvutining 95 % ning iste'molchilari hisoblanadi. MEK ning oliy rahbar idorasi MEK kengashi hisoblanadi. Unda eng yuqori lavozimida MEK prezidenti turadi va u har 3 yilda saylanadi. MEKning ishchi tili bo‘lib, rus, ingliz va fransuz tillari hisoblanadi.
Qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOZM) 1956- yildan beri mavjud va hozirda 50 dan ortiq qonunlashtiruvchi metrologiya bo‘yicha Xalqaro hamkorlikni ta'minlash mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi xalqaro masshtabda o‘lchashlar birliligini ta'minlash, o‘lchash xatoliklarni baholash, o‘lchash usullari, terminologiya va shartli belgilashlar bo‘yicha tavsiyaishlab chiqishdir. Uning oliy organi - Xalqaro konferensiyadir. Bu konferensiya Xalqaro miqyosda o‘lchashlar birliligini ta'minlash amaliyoti bo‘yicha MBMV - o‘lchov va tarozi bo‘yicha xalqaro byuro hisoblanadi. MOZM organlari quyidagilar:
1. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro konferensiyasi
2. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro komiteti
3. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro byurosi.
Bundan tashqari MOZM tarkibida ishchi-texnik guruhlar ham faoliyat ko‘rsatadi.
Qonunlashtiruvchi metrologiyaning xalqaro konferensiyasi har yili bir marta chaqiriladi. Qonunlashtiruvchi metrologiyaning Xalqaro komiteti MOZM ning rahbar organi hisoblanadi.
MOZM ning shtab-kvartirasi Parij shaxrida Jenevada esa ISO va MEK tashkilotlarning sekretariatlari joylashgan. MKZM-prizidenti va ikki vise-prizidenti olti yil mudatga saylanadi.
MKZM-majlisi har ikki yilda chaqiriladi. MOZM ning ijro organi bo‘lib MBZM (qonunlashtiruvchi metrologiya xalqaro byurosi) hisoblanadi. Byuro shtati MOZM ga a'zo davlatlar a'zolik badali hisobiga saqlanib turadi. Byuro MOZM ning sekretariati vazifasini bajaradi, markaz hisoblanadi hamda MKZM majlisi va konferensiyalarini tayyorlaydi.
hliqlari 13 mart 1992-yilda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni olib borish to‘g‘risida Bitimga imzo chekdi.
 Bu Hamkorlik davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarning imkoniyatlarini va boyliklarini birlashtirishga, ilgari to‘plangan tajribalar va me'yoriy hujjatlardan birgaliqda foydalanish va ularni takomillashtirishga, shuningdek faoliyatning bu sohalarida yagona texnik siyosatni amalga oshirishga imkon berdi. DAK ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishlari MDH da quyidagilarni ta'minlashga qaratilgan:
yagona me'yoriy baza - davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni qo‘llanish va rivojlantirish;
yagona etalon baza va o‘lchashlar birliligini ta'minlash tizimlarini shu jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid standart ma'lumotnoma ma'lumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish;
mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish.
DAK ning texnik siyosati a'zo-davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralari, ilmiy-texnikaviy komissiyalari (ishchi guruhlari) va standartlashtirish bo‘yicha davlatlararo TQ (texnik qo‘mita) tomonidan shakllantiriladi.
DAK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnikaviy komissiyalar yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil o‘lchanishini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimni bajarish bo‘yicha vakolatli vakillarining Kengashi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha 230 dan ortiq davlatlararo TQ doimiy ishlamoqda. Hozirgi vaqtda Kengashning ishchi idorasi Minsqda joylashgan standartlashtirish bo‘yicha Byurodan iborat. Kengashni rotasiya asosida DAK a'zomamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha milliy idoralarining rahbarlari boshqaradi.
 Kengash davlatlararo stavdartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qator hukumatlararo bitimlarni tayyorladi va bular MDH 35 Mundarija: mamlakatlari hukumat boshliqlarining majlislarida qabul qilingan. Bunday bitimlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish to‘g‘risida Bitim (13.06.1992, Moskva);
Vaqt va chastotani o‘lchash birxilligini ta'minlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim (09.10.1992, Bishkek);
Qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o‘tiladigan me'yoriy hujjatlar, etalonlar, o‘lchash vositalari va standart namunalarni olib o‘tishga bojxona to‘lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdan ozod qilish to‘g‘risida bitim (10.02.1995, Almati);
O‘zaro etkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo‘yicha kelishilgan me'yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to‘g‘risida Bitim (12.04,1996, Moskva);
Erkin savdo hududida texnik to‘siqlar bo‘yicha Bitim (20.06.2000, Moskva); MDH davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Konsepsiya.
 MDH mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg‘unlashtirish maqsadida DAK da model qonunlar ishlab chiqilgan:
"Standartlashtirish to‘g‘risida" (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-yalpi majlisida qabul qilingan); "O‘lchashlar birliligini ta'minlash to‘g‘risida" (MDH PAA ning 11-yalpi majlisida qabul qilingan).  DAK doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda:
Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish va o‘zaro tan olish prinsiplari to‘g‘risida (04.06.1992, Krasnodar);
Davlat sinovlari va xilini tasdiqlash, metrologik attestatlash, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent);
Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini yaratish va qo‘llanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida (06.10.1992, Toshkent);
Moddalar va materiallarning fizik konstantalari va xossalari to‘g‘risida ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida (06.10.1992, Dushanbe); DAK standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, MEK) va YEvropa Ittifoqi (SYEN) standartlashtirish bo‘yicha tashkiloti, standartlashtirish bo‘yicha hududiy tashkilot tomonidan tan olingan va unga ISO va MEK da qabul 37 Mundarija: qilingan.
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan umumiy talablar MИ 2091-90 “OʻDT. 
Kattliklarni oʻlchash. Umumiy talablar" tavsiyalari bilan oʻrnatiladi.
Oʻlchashlarga tayyorgarlik koʻrishda ba’zi normativ-texnik hujjatlarda 
umumiy qabul qilingan va belgilangan qoidalarga muvofiqligini hisobga olish kerak: 
- oʻlchash natijalari GOST 8.417 talablariga javob beradigan kattalik 
birliklarida ifodalanishi kerak; 
- oʻlchashlar sinovdan va qiyoslash (kalibrlash)dan oʻtgan oʻlchash 
vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak; 
- eng mas’uliyatli, takrorlanadigan va murakkab oʻlchashlarni amalga 
oshirish qoidalarini oʻlchash usullari bilan tartibga solish tavsiya etiladi; 

oʻlchashlarni 
rejalashtirishda 
oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri 
qoʻyilganligini tahlil qilish, oʻlchash xatoligi, oʻlchashlar soni, operatorning 
malakasi, oʻlchash natijalarini taqdim etish shakli uchun talablarni belgilash va 
ularning bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish kerak. 
Oʻlchash topshirigʻining toʻgʻri qoʻyilganligini tahlil qilish quyidagilarni 
oʻz ichiga oladi: 
- oʻlchash obyektning xususiyatlariga mos keladigan modelni tanlash. 
Modelni tanlashda tanlangan modelning oʻlchash obyekti bilan mos kelmasligi va 
oʻlchash uchun sarflanadigan vaqt davomida oʻlchanadigan fizik kattaliklarning 
beqarorligi tufayli yuzaga keladigan xatoliklarning miqdori ruxsat yetilgan oʻlchash 
xatoligi chegarasining 10% dan oshib ketmasligi kerak; 
- oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini aniqlash; 
- oʻlchash natijasining taxminiy aniqligini va uni taqdim etish shaklini 
baholash. 
Oʻlchash natijalari xatoligiga qoʻyiladigan talablar oʻlchash 
topshirigʻining maqsadiga mos kelishi kerak. 
Oʻlchash natijasi odatda oʻlchash amalga oshirilganda paydo boʻladigan
xatolik koʻrsatkichi bilan birga keladi. Oʻlchash topshirigʻining maqsadiga qarab, 
oʻlchash natijasining xatoligi uning tarkibiy qismlari yoki ehtimoliy ishonchliligini 
koʻrsatadigan umumiy xatolik bilan ifodalanishi mumkin. 
Oʻlchashlarga qoʻyiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham kiritish 
mumkin:

1) Oʻlchashlar birliligini ta’minlashning davlat tomonidan tartibga solish 


sohasiga tegishli oʻlchashlar attestatlangan oʻlchash usullari (usullari) boʻyicha 
amalga oshirilishi kerak, tekshiruvdan oʻtgan tasdiqlangan turdagi oʻlchov 
vositalaridan foydalangan holda toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchashlarni amalga oshirish 
uchun moʻljallangan oʻlchash usullari bundan mustasno. Oʻlchov natijalari 
Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish uchun roʻxsat kattalik birliklarida 
ifodalanishi kerak. 
2) Bevosita oʻlchashlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan oʻlchash 
metodlari (usullari) oʻlchash vositalari uchun ekspluatasiya hujjatlarga kiritiladi. 
Ushbu oʻlchash usullarining oʻlchashlar uchun qoʻyilgan majburiy metrologik 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash oʻlchash vositalarining turlarini tasdiqlash 
jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa hollarda, oʻlchash usullarining oʻlchashlar 
uchun belgilangan majburiy metrologik talablariga muvofiqligini tasdiqlash 
oʻlchash usullarini attestatlash orqali amalga oshiriladi. Attestatlangan oʻlchash 
usullari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar attestatlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan oʻlchashlar birliligini ta’minlash uchun 
“texnik jihatdan tartibga solish” agentligi axborot fondiga yuboriladi. 
3) Oʻlchashlarning bir xilligini ta’minlashni davlat tomonidan tartibga solish sohasiga 
tegishli oʻlchov usullarini attestatlash belgilangan tartibda 
akkreditatsiyadan oʻtgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi va 
texnikasining takomillashib borishi, shuningdek iste’molchilar talablarining ortib 
borishi natijasida mahsulotlar va xizmatlarning sifatiga boʻlgan talablar ham 
murakkablashib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida metrologik oʻlchashlarga boʻlgan 
talablar va ularning sifatiga e’tiborning oshishiga sabab boʻlmoqda.
Tahlillarga koʻra, hozirgi kunda ishlab chiqarish sohasida oʻlchashlarning 
yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga qaratilgan va ularni oʻtkazishga 
sarflanadigan xarajatlar mahsulotni tayyorlashga ishlatiladigan umumiy sarf-
xarajatlarning 20 foizini tashkil qilmoqda. Boisi, qaysi sohani olmaylik, birgina 
notoʻgʻri oʻlchash jiddiy xatoliklarga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, ishlab 
chiqarishda - sifatsiz mahsulot, tibbiyotda – notoʻgʻri tashxis, qurilishda - aniq 
asosga ega boʻlmagan bino-inshootlar, ekologiyada atrof-muhitning zaharlanishiga 
olib kelishi hech gap emas. 
Yurtimizda mamlakatimiz rahbarining metrologiya tizimiga boʻlgan e’tibori 
natijasida 2018-2022 yillar davomida davlat byudjetidan 21 dona etalon xarid qilish 
uchun 5,8 million dollar ajratilib, milliy etalonlar bazasini 33 taga yetkazish 
rejalashtirildi.

XULOSA
Men bugungi ilmiy ishdan metrologiya, metrologiya bo’yicha xalqaro tashkilotlar haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo’ldim.




Yüklə 37,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin