Moddiy nuqtaning o‘z harakati davomida bosib o‘tgan nuqtalarini
birlashtiruvchi chiziq harakat trayektoriyasi deb ataladi.
4. Yo‘l va ko‘chish
Jism trayektoriyasini miqdor jihatdan baholash uchun fizik kattalik – yo‘l
qabul qilingan.
Jismning harakat trayektoriyasi bo‘ylab bosib o‘tgan masofasi,
trayektoriya uzunligi yo‘l
deb ataladi va
S
harfi bilan belgilanadi.
Yo‘lning, umuman, uzunlikning o‘lchov birligi qilib metr qabul qilingan.
Uning namunasi – etaloni etib Parijdagi Xalqaro O‘lchovlar Byurosida
saqlanadigan platina-iridiydan tayyorlangan maxsus sterjen uzunligi olingan.
Ba’zi hollarda jismning bosib o‘tgan yo‘li emas, balki u harakatni qaysi
nuqtadan boshlab, qaysi nuqtada to‘xtatgani ahamiyatliroqdir.
Jism harakatidagi boshlang‘ich va oxirgi vaziyatini tutashtiruvchi
yo‘nalishli kesma ko‘chish deb ataladi.
Siz ko‘l qirg‘og‘idagi so‘qmoqdan yurib, A nuq-
tadan B nuqtaga egri chiziqli trayektoriya bo‘ylab
100 m yo‘lni bosib o‘tishingiz mumkin (10-rasm).
Bunda ko‘chish A nuqtadan B nuqtagacha bo‘lgan
masofaga, ya’ni 40 m ga teng bo‘ladi. Do‘stingiz
esa qayiqda A nuqtadan B nuqtaga to‘g‘ri chiziq
bo‘yicha suzib o‘tsa, trayektoriya va ko‘chish
ustma-ust tushib, uning uzunligi 40 m bo‘ladi.
Toshkentdan Andijongacha ko‘chish 245 km
bo‘lgani holda, avtomobil Toshkentdan Andijonga
borish uchun 380 km yo‘lni bosib o‘tadi. To‘g‘ri chiziqli harakatda esa yo‘l
va ko‘chish bir-biriga teng bo‘ladi.