Reja: Moliyaviy infratuzilma tarkibi


-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi



Yüklə 46,52 Kb.
səhifə2/2
tarix18.04.2023
ölçüsü46,52 Kb.
#100290
1   2
Moliyaviy infratuzilma maruza

8-rasm. Moliyaviy infratuzilma tarkibi

Moliyaviy tizimni tartibga soluvchi ba’zi funksiyalar xususiy kompaniyalarni birlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan, boshqalari esa davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik jihatdan davlat muassasalarining vakolatiga kiruvchi bu kabi alohida vazifalarni bajarish, ko‘pincha, xususiy sektor1 tashkilotlariga topshiriladi. Bunday tartib AQShda va shu kabi dunyoning boshqa davlatlarida qabul qilingan. Ba’zan bunday xususiy sektor tashkilotlari sifatida professional tor ixtisoslashgan assotsiatsiyalar, masalan, AQShdagi Moliya hisobi standartlari bo‘yicha kengash (FASB – Financial Accounting Standard Board); boshqa holatlarda – fond birjalari, uchinchidan – Xalqaro svop sotuvchilari assotsiatsiyasi (ISDA – International Swap Dealers Association)ga o‘xshagan savdo assotsiatsiyalari maydonga chiqadi.


Davlat, iqtisodiyotning har qanday boshqa sohasidagi kabi, moliyaviy sohada ham ijobiy rol o‘ynashi va mamlakat iqtisodiy faoliyati samara-dorligining ortishiga imkon yaratishi mumkin. Biroq, muvaffaqiyatli davlat siyosati, asosan, davlatning moliyaviy masalalarga qay darajada aralashishi va uning qaysi chegaradan o‘tmasligi zarurligini to‘g‘ri aniqlash bilan bog‘liq.


2. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari

Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.


Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy instrumentlar savdosini tashkillashtiruvchi va savdo jarayonlarini ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi institutlar uning savdo tizimi tuzilmasini tashkil qiladi.
Hozirda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlari – moliyaviy instrumentlarning (pul, kreditlar, valuta, qimmatli qog‘ozlar) bozor muomalasi jarayonlarini tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy-me’yoriy hujjatlar), traditsiyalar (jumladan etik normalar), tamoyillar hamda ushbu jarayonlarni normal kechishiga xizmat ko‘rsatuvchi professional qatnashchilar majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Boshqacha qilib aytganda, savdo tizimi – bu bitishuv to‘g‘risida shartnoma tuzishni, tuzilgan shartnoma parametrlarini tekshirish, kliringni (hisob-kitobni) amalga oshirish, bitishuv talablarini oxirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlarni yangi egasiga berish) imkoniyatlarini beruvchi texnik, texnologik va tashkiliy vositalar majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Savdo tizimlarida moliya bozorining tovari bo‘lgan turli moliyaviy instrumentlar bozor muomalasi jarayonlarida bo‘ladi. Bu jarayonlarda moliya bozorining barcha qatnashchilari ishtirok etadi.
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‘yicha quyidagicha ajratish mumkin:

  • qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimlari;

  • pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli xillari) va valuta (horijiy EKV) savdosi tizimlari;

  • kreditlar savdosi tizimlari;

  • sug‘urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;

  • moliyaviy (valuta) qiymatga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari, qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi tizimlari.

Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‘lishi mumkin.
Valutalar savdosi tizimi misolida FOREX xalqaro elektron tizimini va valuta almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.
Sug‘urta polislari sug‘urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar yordamida sotiladi.
Valuta qiymatiga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus auktsionlarda savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar maxsus auktsionlarda savdo qilinadi.
Moliya bozorining eng katta savdo tizimlaridan qimmatli qog‘ozlar (fond) birjalari va birjadan tashqari elektron savdo tizimlari hisoblanadi. Bo‘lardan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorida maxsus fond do‘konlari, Internet-broker (Internet-treyder) tarmoqlari, “chakana ko‘cha” yoki anderrayterlik (chakana savdo) tarmoqlari mavjud.
Aytish joizki, jahon savdo amaliyotida 50 dan ziyod turli xil elektron savdo tizimlari mavjud bo‘lib, ularning yarmisi fyucherslar savdosiga xizmat qiladi.
Hozirda qimmatli qog‘ozlar savdo tizimlari turli bazisli (valutali, tovar-xomashyoli, indeksli, foiz stavkali, qimmatli qog‘ozli va h.k.) qimmatli qog‘ozlar muomalasini tashkillashtiradi. Bu esa qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlarini boshqa savdo tizimlarga qaraganda ancha kengligi va salmoqliligidan dalolat beradi, demak ularning iqtisodiyotdagi va moliya bozoridagi roli kattaligini bildiradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi. Bunday bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar birja bozorlari va birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari orqali ham, mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin.
Egasi yozilgan shuningdek, yuridik shaxslar ishtirokida tuziladigan egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tomonlarning o‘z xohish-irodalarini izhor etganliklarini qayd etish imkonini beradigan hujjat shaklida amalga oshiriladi.
Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarga oid bitimlar birjadan tashqari bozorda mustaqil suratda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz hukumat belgilaydigan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar yuzasidan tuziladigan bitimlarni tartibga solish birjalardagi va birjalardan tashqaridagi oldi-sotdi bitimlariga, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni hadya etish, meros qilib olishga, ustav fondiga kiritishga hamda ularning egasini o‘zgarishiga olib keladigan boshqa harakatlarni amalga oshirishga nisbatan qo‘llaniladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bitimlarni faqat qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shakldagi topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnomalar asosida ularda ko‘rsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya qilgan holda mijozlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Mijoz yoki uning topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakili shartnoma bajarilguncha bir yoqlama tartibda uning amal qilishini to‘xtatish huquqiga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lsalar ruxsat etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, daromad keltirish darajasi o‘zgarishi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan qilinadigan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq har bir bitim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Yuridik shaxslar ishtirokida egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar, shuningdek, egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Tashkiliy yo‘sinda yo‘lga qo‘yilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish chog‘ida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi o‘rtasidagi vaqt qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdolar tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi va yetkazilgan zarar uchun bitimning aybdor tomoni, agarda uning aybdor ekanligi aniqlansa, javobgarligiga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarni tashkil etish ma’lum tartib va xususiyatlarga ega. Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarni tashkil etish fond birjalari, qonun hujjatlariga muvofiq fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar hamda qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari savdolar tashkilotchilari tomonidan tegishli litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar bilan shuningdek, ularning hosilalari yuzasidan birja savdolarini tashkil qilish fond birjalari, hamda markazlashtirilgan tizimda qimmatli qog‘ozlarni yagona kotirovkasini ta’minlovchi, bitimlar yuzasidan hisob va hisobotni yagona tartibini ta’minlovchi fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar tomonidan amalga oshiriladi.
Birja savdolarini markazlashtirilgan tizimi qonunchilikda belgilangan tartibda fond birjalari va fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar tomonidan tashkil qilinadi.
Boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdolarini tashkil qilish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida (savdo tizimlarida) narxlar kotirovkasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalash fond birjalari tomonidan markazlashtirilgan tartibda, shuningdek, birjadan tashqari bozorda dilerlar tomonidan amalga oshiriladi.
Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, qimmatli qog‘oz kursini, qimmatli qog‘oz bo‘yicha talab va taklif narxini qayd qilish, narxlarning eng baland va eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar.
Narxlarni emitentlarning o‘zlari kotirovkalashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo operatsiyalari to‘rt bosqichda amalga oshirilishi mumkin:

  • bitishuvni (shartnomani) tuzish;

  • tuzilgan bitishuv parametrlarini tekshirish (solishtirish);

  • qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdoni amalga oshirish;

  • bitishuv talablarini oxirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlarni yangi egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi tomonidan amalga oshiriladi.

Fond bozori savdo tizimlarida qimmatli qog‘ozlarning turlariga qarab ular bo‘yicha savdo shakllari, usullari, metodlari va mexanizmlari ma’lum darajada farqlanishi mumkin. Shu munosabat bilan savdo tizimlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

    • emissiyalanuvchi qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimi;

    • emissiyalanmaydigan qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimi;

    • bazaviy qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimi;

    • bazisli qimmatli qog‘ozlar (derivativlar, ya’ni hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) savdosi tizimi.

Savdo tizimlarini qimmatli qog‘ozlar bozori segmentlari bo‘yicha ham tasniflash mumkin:

    • birlamchi tarzda ilk bor joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar savdosi tizimi (birlamchi bozor savdo tizimi);

    • ikkilamchi bozor (spekulyativ) savdo tizimi.

Ushbu savdo tizimlari birjaviy va birjadan tashqari bozorlarda mujassamlashgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, savdo tizimlari moliya bozorida muhim rol o‘ynaydi. Ularning bu roli o‘zlarida moliya bozorining barcha qatnashchilari uchun moliyaviy instrumentlar bo‘yicha samarali savdo jarayonini tashkillashtirish, unda yetarli va qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bu jaryonda obyektiv bozor narxlarni belgilash bilan ifodalanadi.
Savdo tizimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • har bir savdo qatnashchisiga bozordan alohida joy ajratib berish;

  • narx-navoning muvozanat va obyektiv darajasini arbitraj asosida aniqlash;

  • savdo jarayonida taraflar tomonidan savdo ijrosini aniq, to‘liq, o‘z vaqtida va kafolatli bajarilishini ta’minlash;

  • savdolarni ochiqlik va oshkoralik asosida tashkillashtirish;

  • savdo qatnashchilari tomonidan etik normalarga va kodeksiga rioya qilinishini ta’minlash.

Savdo tizimlarining funksiyasi – bu o‘zi orqali moliyaviy resurslarni samarali va obyektiv narxlarda iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida taqsimlanishini va qayta taqsimlanishini ta’minlash.
Savdo tizimlarining emitentlar, investorlar va professional moliya institutlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda moliya bozoridagi va umuman iqisodiyotdagi roli va faoliyat samaralarini ko‘rish mumkin.
Aytish joizki, moliya bozori savdo tizimlarining yuqorida aytilgan roli asosan ulardagi tovarlar (ya’ni moliyaviy instrumentlar) turlari, xossa va xususiyatlariga, sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Umuman olganda savdo tizimida ma’lum bir turdagi va sifatga ega bo‘lgan, savdoga qo‘yilgan tovar (jumladan, tovarga tuzilgan standart kontrakt) muomalada bo‘ladi.
Birja tovari – birja savdosi obyekti bo‘lib, uning sifatida turli standartlangan va sertifikatlangan tovarlar bo‘lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‘ozlar, xomashyolar, mulk, kredit, valuta va h.k.
Savdo tizimlari tomonidan tovarlarga ma’lum talablar qo‘yiladi: standartlilik, bir xil sifat (sertifikatlangan), bir tovarni boshqa partiyadagisi bilan almashuvchanligi, tovarning miqdor o‘lchamliligi.
Savdo mexanizmi tovarning obyektiv (real) narxini (baxosini, kotirovkasini) talab va taklifga bog‘liq tarzda belgilaydi. Tovar kotirovkasi o‘zgaruvchan bozor kon’yunkturasi sharoitida savdo qatnashchilari uchun muhim oriyentir bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchining sifat darajasini va bozordagi mavqeini aks ettiradi, tovar ishlab chiqaruvchi va xaridor orasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rnatadi. Bu jarayonda savdo tizimi tovar kotirovkasini belgilash (o‘rnatish) orqali xaridor, ishlab chiqaruvchi va vositachiga ko‘maklashadi, ularni o‘zaro bog‘lab bozor munosabatlarini tartiblashtiradi.
Umuman olganda, moliya bozori savdo tizimlari tovarlarning sifat darajasini bozor savdosi qatnashchilari tomonidan savdo jarayonida barqarorligini ta’minlanilishini tartiblashtiradi.


1 “Sektor” lotincha “sektor” – qirquvchi, qirqib ajratuvchi. 1. Doiraning yoy va ikki radius bilan cheklangan qismi va shu shakldagi narsa. 2. Yaxlit bir hududning ma’lum radius va chegaralar bilan cheklangan qismi, alohida ajratilgan hudud. 3. Ba’zi idora va muassasalarning muayyan faoliyatga ixtisoslashgan bo‘limi. 4. Xalq xo‘jaligining muayyan iqtisodiy va ijtimoiy belgilar bilan ajralib turadigan qismi, sohasi. Qarang: o‘sha manba. J.III. –B.475.


Yüklə 46,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin