MAVZU MOLIYAVIY HISOBOT HALQARO STANDARTLARIGA MUVOFIQ NOMONOVIY HISOBOT
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va foydalanish imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o’tib borayotgan, ayrim hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik printsiplari va qoidalari ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo’shimcha xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash bo’yicha yuqori sarf-xarajatlarni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko’rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo’qoladi. Hisobotlarning xalqaro miqyosdagi turli tumanligi quyidagilarga olib keladi:
moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo’ljaldan yuqori darajada bo’lishi – chunki transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatlari haqida turli mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo’ladilar;
tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini baholash uchun yagona tizimga ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Kompaniyalar, bundan tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi hisobotlar turlicha bo’lgani holda juda mushkul hisoblanadi.
standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal qilinishi kerak.
Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.
standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal qilinishi kerak.
Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.