Buyuk Britaniya XX asr oxirida. 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda «tetcherizm»ning avtoritar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz kechishga qaratilgan edi. Ammo uning ko‘plab saylovoldi va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi. Shunga qaramasdan, 1992-yil bahor oyida Jon Meyjor bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari J. Meyjorning taktikasi to‘g‘riligini ko‘rsatdi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda g‘olib bo‘ldi.
XX asrning 90-yillari birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodiyoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi. Infl atsiya juda yuqorilab ketdi. Soliq tizimini isloh qilishga urinish muvaffaqiyat keltirmadi, aksin cha, konservatorlar partiyasining obro‘yiga salbiy ta’sir qildi. 1990-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘yini ko‘tarmadi. J.Mey jor «tetcherizm»dan qat’iy uzoqlashib, o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi.
Shunday holatda o‘zlariga yangi yetakchi va yangi mafkuraviy dasturni tanlagan Leyboristlar partiyasi 1997-yil may oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Partiya yetakchisi yosh Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘ldi. Endi ular o‘zlarini «yangi leyboristlar» deb atadilar.
E. Bler kabineti faoliyati ning asosiy yo‘nalishi konsti tutsion islo hot bo‘ldi. E. Bler va uning safdoshlari fikricha, is lo hotlar Shotlan diya va Uelsga avtonomiya, Angliya mintaqalariga ko‘proq mustaqillik berishni, saylov haqidagi qonunni isloh
qilishni, yuqori palatani qayta tashkil qilish va uning saylanishini joriy qilishni va boshqa bir qator tadbirlarni ko‘zda tutardi. Ammo bu islohotlarni amalga oshirish ancha og‘ir kechdi. Faqat 1999-yilga kelib dastlabki yutuqlarga erishildi. Shotlandiya va Uels milliy assambleyalariga saylovlar o‘tkazildi. Tashqi siyosatda leyboristlar siyosati an’anaviyligicha qoldi. E. Bler hukumati tashqi siyosatdagi barcha masalalarda AQSHning eng yaqin hamkori bo‘ldi.