Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə60/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

1990-yillarda Italiya. Italiyada postindustrial jamiyatning asoslari o‘tgan asrning 80-yillarida shakllandi. Keng miqyosda sanoat ishlab chiqarishining texnik bazasi va texnologiyasini yangilash jarayoni – ishlab chiqarishga kompyuter boshqaruv tizimini joriy qilish, robotlardan keng foydalanish boshlandi. Eng asosiysi, bu jarayonning oldingi safida kichik korxonalar bordi.
Jamiyatning ijtimoiy strukturasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jadal rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni tez o‘sdi.
Siyosiy hayotda beqarorlik va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylandi. Italiyada davlat institutlarining chuqur inqirozi, shuningdek, mafiya tizimlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Hokimiyatning yuqori organlarida misli ko‘rilmagan korrupsiya Italiya siyosiy mexanizmining o‘ziga xos tomonlari bo‘lib qoldi. Saylov bu yerda proporsional tizim bo‘yicha o‘tkazilardi. 1993-yilgi referendumda Italiya aholisi bunday saylov tizimidan voz kechish uchun ovoz berdi.
1980 – 1990-yillar boshlarida ichki siyosiy jarayonlarga an’anaviy partiyalarning ta’siri kamaydi. 1991-yili Italiya kommunistik partiyasi tarqalib ketdi. Uning bazasida Liberal-sotsialistik partiya va Kommunistik uyg‘onish partiyasi tashkil qilindi.
1992-yil fevral oyida mamlakatda «Halol qo‘llar» kampaniyasi boshlanib, hokimiyatning yuqori qatlami va asosiy partiyalar rahbariyatida ommaviy korrupsiya holatlari aniqlandi. Pora olish bilan bog‘liq yangi siyosiy janjal avj oldi. Yirik tadbirkorlar, Xristian-demokratlar partiyasi (XDP) va Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) yetakchilari, deputatlar va senatorlar, bir necha vazirlar tergovga tortildi. Italiya prezidenti F.Kossiga iste’ foga chiqdi. Jami 20 ming kishi tergov ro‘yxatiga kiritildi. 1992-yil fevraldan boshlab ikki yil ichida poraxo‘rlikda ayblanib uch mingga yaqin kishi, jumladan, sobiq bosh vazirlar, parlament deputatlari, vazirlar
qamoqqa olindi. Hokimiyatning oliy rahbariyati bilan mafiya o‘rtasidagi aloqani ochib tashlagan sud jarayoni butun jamiyatni hayratga soldi. Qarshilik harakati to‘lqinida shakllangan partiyaviy-siyosiy tizimning qulashi boshlandi. 1992-yilgi parlament saylovlari asosiy siyosiy partiyalar, jumladan, XDP va ISPning ham jamiyatdagi nufuzi pasayganligini ko‘rsatdi. 1993-yili XDP bazasida Italiya xalq partiyasi tuzildi. ISP tarqalib ketdi. 1994-yil martda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari avvalgi partiyaviy tizimning qulaganligini namoyish qildi. Yangi, hali tanilmagan guruhlar: «Olg‘a, Italiya!», «Shimol ligasi», «Milliy alyans» – neofashistlar va o‘ng natsionalistlar bir lashmasi oldingi maydonga chiqdi.
Hukumatni «Shimol ligasi» va «Milliy alyans» koalitsiyasi asosida S.Berluskoni shakllantirdi. Hukumat 1994-yil oxirigacha tura oldi, xolos. Korrupsiyaga qarshi kurash e’lon qilgan S.Berluskonining o‘zi soliq qoidala rini buzganlikda ayblandi va iste’foga chiqdi. Italiyaning yangi hukumati partiyasizlardan tashkil qilindi.
1996-yildan hokimiyatda so‘l markazchilar koalitsiyasi turdi. Biroq, ijtimoiy ta’minot tizimini o‘zgartirishga urinish bilan bog‘liq masala lar bo‘yicha koalitsiyada kelishmovchiliklar yuz berdi. Ayni paytda bir qator mafiya guruh lari boshliqlarining
qamalishi jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Biroq, bosh vazir Romano Prodi hukumati ichki kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmadi va parlamentdagi ustunlikni yo‘qotib, 1998yili iste’foga chiqdi. Massimo D’Alema bosh vazir lavozimini egalladi. M.D’Alema shu paytgacha yuqori darajada saqlanib kelayotgan ishsizlikni qisqartirishni taklif qildi.
2000-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda barcha shimoliy viloyatlarda o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi. Ijtimoiy fi krga «Halol qo‘llar» operatsiyasi katta ta’sir ko‘rsatdi, katolik cherkovi ham o‘nglarni qo‘llab-quvvatladi. M.D’Alema iste’foga chiqdi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin