Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə61/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Italiya XXI asrda. Zamonaviy Italiya – yuqori darajada rivojlangan industrial mamlakat. XX asrning so‘nggi yillarida va XXI asr boshlarida u o‘z taraqqiyotida sezilarli natijalarga erishdi. Infl atsiya ancha pasaydi, ishsizlik kamaydi, yangi korxonalar soni tez o‘sdi. Puxta o‘ylangan yoshlar siyosati olib borilmoqda. Faqat 1998-yili 12 ming kichik va o‘rta biznes korxonalari yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini yoshlarga qarashli firmalar tashkil qiladi. Ayni paytda Italiya yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan ortda qolmoqda.
So‘nggi o‘n yil ichida Italiyada YIM o‘sishi o‘z beqarorligi bilan ajralib turadi. Bu faqat 2008 – 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi bilan bog‘liq bo‘lmasdan, Italiya iqtisodining o‘ziga xos tuzilishi bilan ham bog‘liq. YIM kichik bo‘lsa-da, doimiy o‘sish xarakteriga ega. Ammo davlatning qarzi ham juda katta, hozir u YIMga nisbatan 130% ni tashkil qiladi.
2014-yil fevral oyidan boshlab Italiya hukumatini boshqargan Matteo Rensi so liq larni pasaytirish evaziga italyanlarning daromadini oshirish maqsadini e’lon qildi. U 2015-yildan ta’lim tizimini isloh qilishni ham boshladi. 2016-yil dekabrda bosh vazir lavozimini egallagan Paolo Jentiloni shu siyosatni davom ettirmoqda.
XXI asrga kirib kelgan Italiya dunyoning yetakchi mamlakat lariga nisbatan texnologik qoloqlikni bartaraf etishga, o‘z iqtisodining raqobatbardoshligini oshirishga intilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiya lari ni, iqtisod ning noan’ ana viy sohalari – bank faoliyati, turizm, sport va sog‘liqni saqlash industriyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Proporsional saylov tizimi – bunda mandatlar partiyalar o‘rtasida ular olgan ovozlar soniga proporsional ravishda bo‘linadi.
Neofashizm – bu 1920–1940-yillardagi fashistik tashkilotlarning g‘oyaviy-siyosiy davomchisi bo‘lgan o‘ng radikal tashkilotlar.
Multikulturalizm – bu bitta mamlakatda va butun dunyoda madaniyatlar xilma-xilligini saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosat hamda bu siyosatni asoslovchi nazariya va mafkura.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin