Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə69/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

XXI asrda Turkiya. 2000-yillarda ham harbiylar va islom dini tarafdorlari o‘rtasidagi munosabat Turkiya uchun asosiy muammo bo‘lib qoldi. 2007-yili o‘ta millatchi «Ergenekon» yashirin tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq tergov va qamoqqa olishlar boshlandi. Turkiya sudi uch nafar iste’fodagi generallarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda aybdor deb topdi va 20 yildan qamoq jazosiga hukm qildi.
Turli muddatga qamalganlar orasida yozuvchilar, jurnalistlar, professorlar va parlament deputatlari ham bor edi. Bu tashkilot a’zolari R.Erdo‘g‘on hukumatini ag‘darib tashlashga tayyor garlik ko‘rishda ayblandi. Tashkilot a’zolari va ularga xayrixoh bo‘lgan ayrim jurnalistlarning fi kricha, bu sud jarayoni mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlashga intilayotgan hukumat tomonidan uyushtirilgan ig‘vo edi.
Shu davrdan Turkiya Suriyadagi voqealarga faol aralasha boshladi. Suriya bilan chegaradosh Diyorbakir aviabazasiga F–16 qiruvchi samolyotlar joylashtirildi. NATO ham Turkiyani qo‘llashga tayyorligini bildirdi.
2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida R. Erdo‘g‘on Turkiya Respublikasi prezidenti etib saylandi. Bu Turkiyada prezident bevosita xalq tomonidan saylangan birinchi saylov edi. Ilgari prezident parlament tomonidan saylangan. Referendumda aholi prezidentning xalq tomo nidan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylanishi uchun ovoz bergandan so‘ng 2012-yili bu haqda qonun qabul qilindi.
2015-yilning ikkinchi yarmida Suriyada ISHIDga qarshi antiterrorchilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Rossiyaning Su – 24 harbiy samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirildi. Bu ikki mamlakat o‘rta sidagi munosa batlarni murakkablashtirdi, Rossiya Turkiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
2016-yili Turkiya harbiylari navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinib ko‘rdi. Bir qator harbiy qismlar Anqara, Istanbul, Marmaris, Ko‘nya va Malate shaharlarida strategik muhim obyektlarni o‘z nazoratiga olishga urindi. Istanbul shahridagi prezident qarorgohi samolyotlardan bombardimon qilindi. Ayni paytda isyonchilar Istanbul va mamlakat poytaxti Anqara shaharlaridagi xalqaro aeroportlarni o‘z nazoratiga oldi. R. Erdo‘g‘on isyonchilar egallashga ulgurmagan telekanal orqali xalqqa murojaat qildi. Aholi prezidentni qo‘llab shaharlarda namoyishga chiqdi. To‘ntarishga urinish jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoralandi.
Isyon bostirildi. 60 mingdan oshiq kishi, asosan armiya ofitserlari qamoqqa olindi. Turkiya armiyasida, davlat apparatida tozalash o‘tkazildi. Muxolifatga aloqador deb hisoblangan o‘nlab gazetalar, telekanallar yopildi. 2017-yil aprelda referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, Turkiyada prezident boshqaruvi joriy qilindi.
Harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin muxolifatga qarshi qat’iy harakatlari uchun AQSH va YI tomonidan tanqidga uchragan Turkiya hukumati Rossiya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Turkiya prezidenti R. Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti V. Putin bilan bir necha bor uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida uzilib qolgan savdo, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni tiklashga kelishib oldi. 2017-yil noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida V. Putin, R. Erdo‘g‘on va Eron prezidenti H. Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, unda terrorchilikka qarshi hamkorlikda kurashishga, Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaror qilindi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin