Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


-MAVZU: JANUBI-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə67/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

23-MAVZU: JANUBI-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI.
1991-2017-YILLARDA HINDISTON VA TURKIYA RESPUBLIKALARI
REJA:
1. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari-ning umumiy tavsifi
2. Vyetnam, Kambodja, Laos
3. Sharqiy Osiyo mamlakatlari.
4. Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi «yangi industrial davlatlar».
5. 1991-2017-yillarda Hindiston va Turkiya respublikalari
Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malay ziya, Bruney, Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi. Bu mamlakat larda yarim milliarddan oshiq aholi yashaydi. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambod ja, Laos 1990-yillarda juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyo ning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirardi. Sotsia listik yo‘nalishdagi hukmron partiyalar hokimiyatda qolgan bo‘lsada, ular o‘z mamlakatlarida jiddiy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Vyetnam, Kambodja, Laos. 1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam Kom munistik partiyasi ning VII syezdi islohotlar kursini e’lon qildi. Syezd erkin tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi.
Bozor islohotlari natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi, XX asrning so‘nggi yillarida bu ko‘rsatkich yiliga 9% ni tashkil qildi. Chet el kapitali muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi, investitsiyalarning o‘sishi kuzatildi. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida Vyetnamda chet el firmalari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Iqtisodiy yutuqlar aholining yashash darajasini oshirish imkonini berdi. Bu esa ko‘pmillatli davlatda barqarorlik garovi bo‘lib qoldi.
Hozir Vyetnam oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida birinchi, sholi eksporti bo‘yicha dunyoda mamlakatlar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida 1991-yil oktabrda yakunlangan Parij konferensiyasida qaror qilindi. BMT ning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy saylov larga tayyorgar lik ni amalga oshirdi.
1999-yili Kambodja ASEANning teng huquqli a’zosi bo‘ldi. XXI asr boshlarida Kambodja og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib, xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi. Mamlakatda «tirik tovar» savdosi keng avj olgan bo‘lib, ota-ona lar bolalarini arzimagan pulga sotardi. XXI asr boshlarida ayrim ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi.
Sog‘liqni saqlash va ta’limga ajratilgan xarajat lar ko‘paytirildi, mamlakatda
qashshoqlik darajasini pasaytirish tadbirlari amalga oshirildi.
Laosda 1991-yili konstitutsiya qabul qilindi. Parlament – Milliy assambleya
ning qonunchilik faoli ya ti kuchaydi, Laos ASEANga a’zo bo‘ldi.
XXI asr boshiga kelib iqtisodning faqat 10 % i davlatga tegishli edi. 1999-yili mamlakat birinchi marta o‘zini sholi bilan ta’minladi. Astasekin Laosga chet el kapitali qaytmoqda, infl atsiya pasaydi, milliy valuta – kipaning qiymati oshmoqda. Konstitutsiyaga binoan mamlakatda bir partiyali tizim hukmron bo‘li shiga qaramasdan, demokratiya elementlari asta-sekin paydo bo‘lmoqda. 2016-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bir o‘ringa o‘rtacha 1,5 nafar nomzod to‘g‘ri keldi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari. 1980 – 1990-yillar Sharqiy Osiyo mamla katlarining barchasida iq ti sodiy o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatildi. Bu ularga
1990-yillarning boshidayoq zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan «yangi industrial mamlakat lar» deb ata luvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi.
Malayziya shiddatli iqtisodiy rivojlanish tufayli korrupsiya va mamlakat shimolida islom fundamentalistlarining faollashuvi bilan bog‘liq ichki siyosiy inqirozni yengib o‘tdi. 1995-yil aprelda bo‘lgan saylovlarda doktor Mahatxir Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya birlashgan Muhammad milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu bilan islom fundamentalistlari hokimiyatga kelishining oldini oldi.
1990-yillardan Malayziyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga intilmoqda. XXI asr boshlariga kelib mamlakat nafaqat xomashyoning muhim turlarini, balki juda katta miqyosda sanoat mahsulotlarini ham eksport qilmoqda. Malayziyada mamlakatni rivojlantirishning 2020-yilgacha bo‘lgan dasturi ishlab chiqilgan. Unga binoan, 2020-yilga kelib, Malayziya industrial rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Indoneziyaga 1990-yillardagi «Osiyo inqirozi» juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasa yib ketdi. Bu aholining ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. Prezident Suxarto iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Bu paytga kelib mamlakatni islom fun damentalizmi to‘lqini qamrab oldi. Musulmonlar orasida g‘alayonlar, xris tianlarni qirg‘in qilish, mamlakatning turli hududlarida ayirmachilik
chiqishlari boshlanib ketdi.
2001-yili mamlakat prezidenti etib Megavati Sukarno putri saylanishi aholi tomonidan iliq qarshi olindi, rupiyaning kursi tezda oshib ketdi, fond bozori ham faollashdi. 2014-yili bo‘lib o‘tgan navbatdagi say lovlarda Joko Vidodo Indoneziya prezidenti etib saylandi.
Filippinda 1992-yilgi saylovlarda general Fidel Ramos mamlakat prezidenti etib saylandi. U janubdagi musulmon ayirmachilarini tor-mor qilishga urindi, ammo bunga erisha olmadi.
Filippinda musulmonlarning bir necha radikal tash ki lotlari mavjud. Ularning ixtiyorida o‘n minglab yaxshi qurollangan, Afg‘oniston va Shimoliy Kavkazda tajriba orttirgan, Iroq va Suriyada ISHID saflariga borib qo‘shilgan jangarilar bor.
Ichki holatning og‘irligiga qaramasdan 1990-yillari iqtisodiy o‘sishni jadallash tirishga erishildi. Filippin elektron va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakat lardan biriga aylandi.
2016-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rodrigo Roa Duterte g‘olib chiqib, Filippin prezidenti bo‘ldi. U mamlakatda 2006-yili bekor qilingan o‘lim jazosini qayta tiklash tarafdori. 2016-yil iyul oyida mamlakatda nar kotik savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilarga qarshi kampaniya boshlanib, narkotik savdosida gumon qilingan 2 mingdan oshiq kishi o‘ldirildi. Narkotik savdosida gumon qilinganlarning sudsiz o‘ldirilishi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi «yangi industrial davlatlar». XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida jadal modernizatsiyalashni amalga oshirgan Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlab, «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atala boshlandi. Ularda aholining yashash darajasi keskin yaxshilandi.
Bu mamlakatlarda sanoatning kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash sohalari va yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ilmtalab yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlash tirish bo‘yicha yuqoridagi davlatlar dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin