Reja: Muvozanat holatda r-n o‘tish



Yüklə 160,13 Kb.
səhifə6/7
tarix27.12.2023
ölçüsü160,13 Kb.
#199569
1   2   3   4   5   6   7
22 - Mavzu

R-n o‘tish toklari. energiyaga ega bo‘lgan ko‘pgina zaryad tashuvchilar (11.3- rasmga qarang) r-n o‘tish orqali qo‘shni sohalarga diffuziya hisobiga r-n o‘tish maydoniga qarama – qarshi ravishda siljiydilar. Ular diffuziya tokini yuzaga keltiradilar. Asosiy zaryad tashuvchilarning r-n o‘tish orqali harakati bilan bir vaqtda, r-n o‘tish ular uchun tezlatuvchi bo‘lib ta’sir ko‘rsatayogan maydon ta’sirida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar ham harakatlanadilar. Asosiy bo‘lmagan zaryad tashuchilar oqimi dreyf tokini yuzaga keltiradi. Tashqi maydon ta’sir ettirilmaganda dinamik muvozanat o‘rnatiladi, ya’ni diffuziya va dreyf toklarining absolyut qiymatlari teng bo‘ladi. Lekin diffuziya va dreyf toklari o‘zaro qarama – qarshi yo‘nalishda yo‘nalganligi uchun, r-n o‘tishdagi natijaviy tok nolga teng bo‘ladi.
R-n o‘tish sig‘imi. Past chastotalarda r-n o‘tish toki faqat elektron – kovak o‘tishning aktiv qarshiliklari hamda yarim o‘tkazgichning r va n –sohalarining qarshiligi (rB) bilan aniqlanadi. YUqori chastotalarda r-n o‘tishning inersiyasi uning sig‘imi bilan aniqlanadi. Odatda r-n o‘tishning ikkita asosiy sig‘imi hisobga olinadi: diffuziya va to‘siq.
To‘g‘ri ulangan r-n o‘tishda qo‘shni sohalarga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar injeksiyalanadi. Natijada r-n o‘tishning yupqa chegaralarida qiymati jihatidan teng lekin qarama-qarshi ishoraga ega bo‘lgan qo‘shimcha asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar QDIF yuzaga keladilar. Kuchlanish o‘zgarsa injeksiyalanayotgan zaryad tashuvchilar soni, demak zaryad ham o‘zgaradi. Berilayotgan kuchlanish ta’siridagi bunday o‘zgarish, kondensator qoplamalaridagi zaryad o‘zgarishiga aynan o‘xshaydi. Bazaga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar diffuziya hisobiga tushganliklar sababli, bu sig‘im diffuziya sig‘imi deb ataladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi
. (11.6)

(11.6) ifodadan ko‘rinib turibdiki, r-n o‘tishdan oqib o‘tayotgan tok va bazadagi zaryad tashuvchilarning yashash vaqti qancha katta bo‘lsa, diffuziya sig‘imi ham shuncha katta bo‘ladi


Ikki elektr qatlamga ega bo‘lgan elektron – kovak o‘tish zaryadlangan kodensatorga o‘xshaydi. O‘tish sig‘imi o‘tish yuzasi S, uning kengligi va dielektrik doimiysi bilan aniqlanadi. O‘tish sig‘imi
Yüklə 160,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin