Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
.
Bozor
–
pul yordamida ishlab chiqarish va tovar almashinuvi
o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar umumiyligidir.
Bozor iqtisodiy tushuncha sifatida
–
xaridorlar va
sotuvchilar
o‘rtasidagi,
shuningdek savdo vositachilari
щrtasidagi
tovar va pullarning harakati borasidagi aniq
iqtisodiy
munosabatlarning
umumiyligi
bo‘lib,
bozor
munosabatlari
sub’ektlarining
iqtisodiy manfaatlarini aks
ettiradi
va
mehnat
mahsulotlarining
almashinuvini
ta’minlaydi
.
Bozor mexanizmi.
Bozor mexanizmi
– bu narxlarning shakllanishi va resurslarning
taqsimlanishi, sotuvchilar va tovar xaridorlari o‘rtasidagi bozorning uchta
asosiy elementlari: taklif, talab va narxning raqobat sharoitida o‘zaro
aloqasi va o‘zaro ta’siri asosidagi mexanizmini anglatadi.
Bozor iqtisodiyotida narxlar tizimi asosiy tashkillashtiruvchi kuch rolini
bajaradi.
Narx – bu sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (ist’emolchi) uchun
mo‘ljaldir.
Agar narx o‘sgan taqdirda – bu ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan
chorlash, agar narx tushsa – bu qisqartirishga undash bo‘ladi. Narxda
tovar qiymatini belgilashga bo‘lgan barcha uchta yondashuvni aks ettiradi:
imkon qadar foydalilik, ishlab chiqarish chiqimlari, talab va taklif.
Bozor funksiyasi:
1. Axborot fnuksiyasi doimiy
o‘zgaruvchi
narxlar, kredit uchun foiz stavkalari orqali
bozor ishtirokchilarga bozorga etkazilayotgan tovar va xizmatlarning ijtimoiy
zarur
bo‘lgan
miqdori, assortimenti va sifati
to‘g‘risida ob’ektiv
axborotni
taqdim etadi.
2. Bozorning vositachilik funksiyasi sotuvchiga
o‘zi
uchun eng qulay xaridorni
tanlashga imkon beradi,
iste’molchi
esa
o‘ziga
kerakli
bo‘lgan
tovarning eng
qulay etkazuvchisi va sotuvchisini tanlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi
.
3. Narx hosil qiluvchi funksiya ishlab chiqarishda, ehtiyojda va
kon’yunkturadagi
o‘zgarishlarga
sezgir
bo‘lgan
qiymat va narx
o‘rtasidagi
harakatchan aloqani
o‘rnatishga
yordam beradi.
4. Boshqaruvchi funksiya bozorning iqtisodiyotning barcha sohalariga, va
birinchi navbatda ishlab chiqarishga
ta’sir
qilishi bilan
bog‘liq
. Raqobat
mahsulot
birligiga
ketadigan
xarajatlarni
kamaytirish,
mehnat
unumdorligini
o‘stirish,
texnik taraqqiyot, mahsulot sifatini oshirishga
rag‘batlantiradi
. U iqtisodiyotning eng qulay tuzilmasini yaratadi.
Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiyot nafaqat Adam Smit yozgan
“ko‘rinmas
qo‘l”
bilan, balki davlat richaglari orqali ham boshqariladi.
5. Sanatsiya (yaxshilash) funksiyasi. Raqobat yordamida bozor ijtimoiy
ishlab chiqarishni iqtisodiy jihatdan zaif, beqaror va yashashga qodir
bo‘lmagan xo‘jalik
birliklaridan tozalaydi.
Bozor strukturasi (tuzilmasi)
–
bu bozorning alohida
elementlarining ichki tuzilishidir
.
Bozor tuzilmasi turli mezonlar bo‘yicha tasniflanib, ular ichida eng muhimi
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiy maqsadiga ko‘ra tovar va xizmatlar, ishlab chiqarish vositalari,
mehnat, investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, moliya bozorlari farqlanadi.
2.
Jo‘g‘rofiy joylashishiga ko‘ra mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozori
mavjud.
3.
Raqobatning cheklanganligi darajasiga ko‘ra monopolistik, oligopolistik,
erkin va aralash bozorlarga bo‘linadi.
4.
Tarmoqlar bo‘yicha avtomobil, don va shu kabi bozorlar.
5.
Sotuv hususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana bozorni ko‘rsatish mumkin.
Bozor infrastrukturasi va uning tarkibi.
Dostları ilə paylaş: |