Tanga regaliyasi– tanga zarb qilish huquqiga ega bо‘lganlarning imtiyoz sifatida zarb qilishdan foyda kо‘rishi. Ba’zan tanga huquqi bilan tenglashgan holatda bо‘ladi.
4. Numizmatika terminologiyasi
Legenda – tangadagi yozuv. Odatda gorizontal, aylana shaklida bir yoki bir necha qatordan iborat bо‘ladi. Ayrim hollarda vertikal va butsimon shaklda bо‘ladi. Ba’zan esa tasvirning о‘ziga yoziladi. Tanga zarb qilingan vaqt ham tanga yozuviga kiradi. XV asrgacha Yevropa tangalarida kamdan – kam hollarda ularning chiqarilgan vaqti yozilgan. Tanganing har ikkala tomoniga rasm va yozuvlar tushirilgan bо‘ladi. Rasm va yozuvlar tasvirlangan maydon “legenda” “tanga maydoni” deb ataladi. Odatda tanga maydoni chiziqli yoki nuqtali, yoki uzun munchoqqa о‘xshash hoshiya bilan о‘ralgan bо‘ladi.

Tanganing maydoni – tanganing yozuvlar va tasvirlar bilan band bо‘lmagan old va orqa tomonining yuzasi.
Nominal –tanga qiymati. Numizmatik adabiyotlarda ma’lum qiymatga ega bо‘lgan tangani bildiradi.
Hisob pul birligi – hisoblashda ishlatiladi, ammo tangada о‘zining buyum shakliga ega emas.
Tanga tо‘plami - ma’lum metall og‘irligiga ega bо‘lgan tangalar miqdori.
Tangani sinash – (proba moneti) - qimmatbaho metall massasining tangani umumiy massasiga nisbati.