Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi
7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko‘rishmaslik bilan bog‘liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o‘zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko‘pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo‘qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg‘uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Er va xotin o‘rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o‘z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu – Don Juan obrazidir. U o‘z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o‘z xohishi yo‘lida ularning his-tuyg‘ularini toptab ketaveradi. Yoki go‘zal va kelishgan ayol o‘z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo‘li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. YA’ni, Shostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo‘ladi.